Kasbim-faxrim

OLIS TOGʻ HUDUDLARIGA SUYULTIRILGAN GAZ BALLONLARI O‘Z VAQTIDA YeTKAZILMOQDA

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan viloyatning olis tog‘li hududlarida yashovchi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlari maxsus yo‘l tanlamas “Kamaz” va “MAN” rusumli avtotransport vositalari orqali o‘z vaqtida yetkazib berilmoqda. Ular orqali qo‘shimcha aylanma maishiy gaz ballonlari yig‘ib olinib shu zahotiyoq gaz to‘ldirilgan boshqa gaz ballon berilib kelinmoqda. Bu orqali iste’molchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishda muddat 50 kundan 40-35 kungacha qisqaribgina qolmay, iqtisodiy jihatdan avtoulovlarning kunlik bosib o‘tadigan masofasi va yoqilg‘i sarfi 1,5-2 barobarga qisqarishiga erishildi. Olis tog‘li qishloq aholisi esa bundan mamnun.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, tog‘li «Chosh» mahallasi aholisiga ham qulaylik va zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida sohadagi islohotlar, yangiliklar ularga ham yetkazilmoqda. Viloyatimizda 471 mingdan ortiq iste’molchilari bo‘lsa, ularning barchasi ID-kartalardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Sariosiyo tumanidagi «Chosh» mahallasi tuman markazidan 120 km uzoqlikda joylashgan ailoyat markao‘idan esa 320 km uzoqligda bo‘lib, qishlog‘da 292 ta xonadon mavjud bo‘lib, ushbu xonadonlarga «Sariosiyotumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 215 dona maishiy gaz ballonlar yetkazilmoqda. Co‘zimizni yana bir hududlarga qaratsak. Boysun tumanida joylashgan Dug‘oba va Dexbola qishloqlari viloyatimiz markazidan qarib 230 km uzoqlikda, Uzun tumanida joylashgan Bobotog‘ tog‘ oldi hududi viloyatimiz markazidan 250 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu yerni o‘zida 4 ta mahalla aholisiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkaziladi.

 Eng qizig‘i Sariosiyo tumanidagi «Turmushobod» mahallasiga qarashli «Kundajuvoz» qishlog‘ida 45 ta xonadon mavjud bo‘lib, ushbu xonadonlarga «Sariosiyotumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan 127 dona maishiy gaz ballonlar yetkazib berilmoqda. «Kundaijuvoz» qishlog‘i Sariosiyo tumani markazidan 70 km uzoqlikda joylashgan. Qishloqqa yetib borish uchun avtomobil yo‘li orqali 50 km, To‘palang daryosida harbiy qayiqda

15 km va piyoda 5 km masofani bosib o‘tish lozim. «Kundajuvoz» qishlog‘idagi aholi xonadonlariga 40-45 kun oralig‘ida suyultirilgan gaz yetkazib berilmoqda.

«Hududgaz Surxondaryo» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button