O`zbekiston

2026 yil 14 avgustdagi “Odil sudlov — 2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF-160-sonli Qonunning mazmun mohiyati

“Odil sudlov — 2030”: Yangi Oʻzbekistonda inson huquqlarini ishonchli himoya qiluvchi xalqchil va adolatli sud tizimini barpo etish strategiyasi sud-huquq islohotlarining izchil davom ettirilishini taʼminlash, qonun ustuvorligi talablariga, mustaqillik, ochiqlik va samaradorlik tamoyillariga javob beradigan zamonaviy sud tizimini shakllantirish, sudlar imijini yanada yaxshilash, aholining sudlarga boʻlgan ishonchini mustahkamlash maqsadida “Sudlar — xalqchil va adolatli odil sudlov qoʻrgʻoni va Yangi Oʻzbekistonning haqiqat ustuni” shiori ostida ishlab chiqilgan.

Strategiya Yangi Oʻzbekistonda sud hokimiyatini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yoʻnalishlari hamda islohotlar natijasida erishiladigan maqsadlarni belgilaydi.

Yangi Oʻzbekiston sud hokimiyatining yangilangan qiyofasini shakllantirishga qaratilgan islohotlar quyidagi 6 ta ustun asosida amalga oshiriladi:

  1. “Xalqchil sud” — sudlar faoliyatining shaffofligi, sud jarayonlari va sud faoliyatiga oid axborotdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish orqali sud tizimining ochiqligini taʼminlash va jamiyatda sudga boʻlgan mutlaq ishonchni qaror toptirish, sudlarni byurokratiyadan butunlay xoli tizimga aylantirish

1.1. Sudlarning jamoatchilik bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish, aholi bilan qayta aloqani samarali yoʻlga qoʻyish.

1.2. Sudlar faoliyatiga oid dolzarb masalalarni muhokama qilish va ularning yechimini ishlab chiqishda jamoatchilik vakillari ishtirokini yoʻlga qoʻyish.

1.3. Sudlar va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining shaffofligini oshirish, har kim ularning faoliyatiga oid har qanday axborotni qonunga muvofiq olishini taʼminlash.

1.4. Odil sudlov va sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatiga oid milliy va xalqaro reyting hamda indekslardagi koʻrsatkichlarni yaxshilash, ularda yuqori pogʻonalarga erishish.

1.5. Sud-huquq sohasida muhim ahamiyatga ega sana va voqea-hodisalarni nishonlash, sud tizimi rivojlanishida chuqur iz qoldirgan shaxslarning hayotiy va kasbiy tajribasini oʻrganish hamda yosh avlodga yetkazish amaliyotini yoʻlga qoʻyish.

1.6. Sudlarga murojaat qilgan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga zamonaviy standartlarga muvofiq qulayliklar yaratish.

  1. “Adolat qoʻrgʻoni” — inson huquqlari ustuvorligini soʻzsiz taʼminlaydigan, har qanday taʼsir va aralashuvlardan xoli, mustaqil odil sudlov tizimini mustahkamlash
  2. Odil sudlovga erishish darajasini yangi bosqichga olib chiqish

2.1.1. Har bir tuman, shaharda fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarni tashkil etish orqali fuqarolarning odil sudlovga erishish imkoniyatlarini kengaytirish.

2.1.2. Fuqarolik va iqtisodiy sudlarda ortiqcha byurokratik protsessual qoidalarni maqbullashtirish orqali fuqaro va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini tezkorlik bilan tiklashga erishish.

2.1.3. “Yagona darcha” tamoyili asosida daʼvo arizasi (ariza)ni qaytarish institutini isloh qilish orqali sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish.

2.1.4. Iqtisodiy sudlarda transchegaraviy nizolarni koʻrib chiqishning protsessual asoslarini xalqaro standartlar bilan uygʻunlashtirish.

2.1.5. Iqtisodiy sud ishlari yurituviga “iqtisodiy ishlarni proaktiv boshqarish” (Proactive Case Management) standartini joriy etish.

2.1.6. Sud xarajatlarini toʻlash va taqsimlash tartibini yanada takomillashtirish.

2.1.7. Sud ishlarini qayta koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish orqali buzilgan huquqlar tezkorlik bilan tiklanishini taʼminlash.

2.1.8. Sud hujjatlarining soʻzsiz va oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlash, majburiy ijro organlari bilan samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻyish.

  1. Sud amaliyotining yagonaligi va barqarorligini taʼminlash

2.2.1. Sud qarorlarini qabul qilishda nafaqat qonun talablariga, balki adolat, mutanosiblik va oqilonalik kabi prinsiplarga rioya etishni taʼminlashga qaratilgan yondashuvlarni ishlab chiqish.

2.2.2. Qonunchilikning aniq va bir xilda qoʻllanishini taʼminlash maqsadida sud amaliyotini doimiy ravishda tahlil qilishning institutsional tizimini shakllantirish.

2.2.3. Sud hujjatlarini tayyorlashning “soddalashtirilgan sud hujjati” modeliga asoslangan yangi standartlarini joriy qilish, ularning barcha uchun mantiqan tushunarli, qisqa va loʻnda, shuningdek, ijro etish uchun qulay boʻlishini taʼminlash.

2.2.4. Sud ishlarini yuritishda oqilona muddat tamoyili asosida ishning imkon qadar qisqa muddatda koʻrib chiqilishini taʼminlash.

2.2.5. Sud protsessida taraflar tengligi tamoyilining toʻlaqonli amalga oshirilishini taʼminlash.

  1. Sud tizimining institutsional asoslarini takomillashtirish

2.3.1. Milliy sud-huquq tizimiga odil sudlov sifatini oshirish boʻyicha xalqaro standartlarni implementatsiya qilish.

2.3.2. Sud nazoratini kuchaytirgan holda ayrim toifadagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatini sudlardan tegishli davlat organlariga oʻtkazish.

2.3.3. Jamiyatdagi ehtiyoj va zamon talablaridan kelib chiqqan holda sudyalarni muayyan yoʻnalishlar boʻyicha ixtisoslashtirish.

2.3.4. Sudya yordamchisi va sud majlisi kotibining huquqiy maqomini mustahkamlash, ularning tashkiliy va protsessual funksiyalarini ajratish.

  1. Sudyalarning oʻzini oʻzi boshqarish doirasini kengaytirish va sudlarni odil sudlov bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalardan ozod qilish

2.4.1. Sudlarni odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlmagan vazifalardan ozod qilish va sud boshqaruvining zamonaviy modeli — sud maʼmurchiligi institutini joriy etish.

2.4.2. Tuman, shahar sudlarida boshqaruv tizimini maqbullashtirish orqali sudyalarga taʼsir oʻtkazish omillarini bartaraf etish.

2.4.3. Sudyalarga nisbatan intizomiy ishlarni yuritish tartibini xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtirish.

2.4.4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining Rayosatiga sudlov hayʼatlari tarkibini mustaqil shakllantirish vakolatini berish.

2.4.5. Sud hokimiyatining mustaqilligini taʼminlashga toʻsqinlik qilayotgan omillarni bartaraf etish.

III. “Kafolatlangan adolat” — qonuniy, adolatli va asoslantirilgan sud qarorlarini qabul qilish, ularning sifati va barqarorligini taʼminlash orqali fuqarolarning buzilgan huquqlarini sudda tiklash kafolatlarini kuchaytirish

  1. Jinoyat ishlarini yuritishda inson huquqlari kafolatlarini yanada mustahkamlash

3.1.1. Jinoyat sud ishlarini yuritishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida xalq vakillari hayʼati institutini (jury) joriy etish.

3.1.2. Shaxsning huquqlarini cheklash va unga nisbatan protsessual majburlov choralarini qoʻllash ustidan sud nazoratini kengaytirish.

3.1.3. “Xabeas korpus” instituti doirasini kengaytirish maqsadida tezkor-qidiruv tadbirlari hamda tergovga qadar, surishtiruv va tergov harakatlarini oʻtkazish ustidan sud nazoratini kuchaytirish.

3.1.4. Ayblanuvchiga nisbatan muqobil ehtiyot choralarini qoʻllash amaliyotini kengaytirish.

3.1.5. Jinoyat sud ishlarini yuritish tizimini yanada liberallashtirish maqsadida yarashuv va aybga iqrorlik kelishuvi institutlarini qoʻllash tartibini takomillashtirish hamda ularning doirasini kengaytirish.

3.1.6. Jinoyat sud ishlarini yuritishda xalqaro standartlar asosida inson huquqlarining himoyasini yanada kuchaytirish.

3.1.7. Sud qarorlarining ijrosini taʼminlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish.

  1. Maʼmuriy organlar faoliyati ustidan samarali va taʼsirchan sud nazoratini oʻrnatish

3.2.1. Davlat organlari faoliyatida fuqaro va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilishining oldini olish ustidan sud nazoratini kuchaytirish.

3.2.2. Maʼmuriy sudlarga taalluqli boʻlgan nizolar doirasini kengaytirish orqali fuqarolar va yuridik shaxslarning sud himoyasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish.

3.2.3. Fuqaro va yuridik shaxslarning davlat bilan munosabatlarida oʻz huquqlarini samarali himoya qilishini taʼminlashning zamonaviy institutlarini joriy etish.

3.2.4. Maʼmuriy sud hujjatlarining soʻzsiz va belgilangan muddatlarda majburiy ijrosini taʼminlashga qaratilgan taʼsirchan mexanizmni joriy etish.

  1. Nizoni hal qilishning muqobil usullaridan foydalanishni keng joriy etish

3.3.1. Fuqarolik va iqtisodiy sudlarda taraflarni yarashtirish tartibining samaradorligini oshirish maqsadida sud tarkibida sud mediatsiyasi institutini joriy qilish.

3.3.2. Ayrim toifadagi ishlar boʻyicha nizoni sudgacha hal qilishning majburiy tartibini joriy etish.

  1. “Adolat posbonlari” — xalq xizmatida boʻlgan, yuksak maʼnaviy va professional fazilatlarga ega, adolat mezonlariga qatʼiy rioya qiluvchi sudyalar korpusini shakllantirish
  2. Sud tizimini malakali kadrlar bilan toʻldirish

4.1.1. Odil sudlov tizimi uchun uzluksiz kadrlar tayyorlash zanjirini (Pipeline model) joriy etish.

4.1.2. Sudyalikka nomzodlar, sudyalar va sud apparati xodimlarining kasbiy kompetensiyalar profilini shakllantirish dasturini ishga tushirish.

4.1.3. Odil sudlov akademiyasini xalqaro standartlar va ilgʻor xorijiy tajriba asosida transformatsiya qilish orqali uni mamlakatimiz va xalqaro miqyosda tan olingan nufuzli taʼlim muassasasiga aylantirish.

4.1.4. Zamonaviy sharoitlarda dolzarb masalalar boʻyicha sudyalar va sud apparati xodimlarining bilim hamda koʻnikmalarini oshirish tizimini yoʻlga qoʻyish.

4.1.5. Odil sudlov va sudyalar hamjamiyati yoʻnalishida rivojlangan xorijiy davlatlarning ilgʻor tajribasini tizimli va izchil oʻrganish hamda uni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish ishlarini yoʻlga qoʻyish.

4.1.6. Sudyalar, ayniqsa, quyi sudlarda faoliyat yuritadigan sudyalar va sud apparati xodimlarini xorijiy mamlakatlarning sud kadrlarini tayyorlovchi taʼlim muassasalari, sohaviy ilmiy-tadqiqot institutlari, sudlar va sudyalar hamjamiyati organlarida stajirovkadan oʻtkazish va malakasini oshirish amaliyotini tizimli ravishda tashkil etish.

4.1.7. Odil sudlov sifatini tubdan oshirish maqsadida sud tizimiga yuqori malakali kadrlarni jalb etish mexanizmlarini takomillashtirish.

4.1.8. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2025-yil 4-martda qabul qilingan “Sudyalar va sud xodimlari farovonligi xalqaro kuni toʻgʻrisida”gi rezolyutsiyadagi tavsiyalarni bosqichma-bosqich amalga oshirish maqsadida sudyalar va sud apparati xodimlarining farovonligini taʼminlash, sogʻligʻini muhofaza qilish choralarini koʻrish.

  1. Halollik standartlari va korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasizlikka asoslangan sud tizimini yaratish

4.2.1. Sudyalar va sud apparati xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va bartaraf etish, manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiyaning boshqa koʻrinishlariga qarshi kurashish boʻyicha zamonaviy va samarali tizimni joriy etish.

4.2.2. Sud hokimiyatida komplayens nazorat tizimi va halollik standartlarini keng joriy etish, sudyalar va sud apparati xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va koʻnikmalarini doimiy ravishda oshirib borish.

  1. “Raqamli odil sudlov” — sud ish yurituvini toʻliq raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali fuqarolar uchun ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, qulay va tezkor sud muhokamasi imkoniyatini yaratish

5.1. “Raqamli sud” konsepsiyasi asosida sud ishlarini yuritishda qogʻoz shaklidan voz kechish, sud ishlarining yuritilishi, hujjat aylanmasini toʻliq elektron shaklga oʻtkazish va raqamli transformatsiyani yakunlash.

5.2. Sudlar faoliyatida raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish orqali jismoniy va yuridik shaxslarga odil sudlovdan foydalanish imkoniyatini kengaytirish.

5.3. Sudyaning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha mutlaq vakolatini saqlab qolgan holda sunʼiy intellekt texnologiyalaridan xavfsiz, masʼuliyatli va maqsadli foydalanishni taʼminlash.

  1. “Xalqaro eʼtirof” — inson huquqlari sohasidagi ilgʻor xalqaro standartlarni milliy sud amaliyotiga implementatsiya qilish va mamlakatning xalqaro maydondagi nufuzini yuksaltirish

6.1. Sud va sudyalar hamjamiyati organlarining xorijiy davlatlarning tegishli organlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va oʻzaro manfaatli munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish.

6.2. Oʻzbekiston fuqarolari koʻp boʻlgan va iqtisodiy hamkorlik jadal rivojlanayotgan davlatlarning sud va adliya organlari bilan hamkorlikni kuchaytirish.

6.3. Odil sudlov va sudyalar hamjamiyatining yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan hamkorligini faollashtirish, ushbu tashkilotlarga, shu jumladan, ularning boshqaruv organlariga Oʻzbekiston vakillarini ilgari surish.

Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi 2030-yilga kelib aholining ishonchiga sazovor boʻlgan, sifatli va barqaror odil sudlovni amalga oshiradigan, inson huquqlari va erkinliklarini samarali himoya qiladigan, zamonaviy raqamli texnologiyalar hamda sunʼiy intellekt asosida faoliyat yuritadigan, shuningdek, davlat hokimiyatining korrupsiyaga nisbatan mutlaqo murosasizlik, yuksak professionalizm va ochiqlik namunasi boʻlgan boʻgʻiniga aylanishi maqsad qilingan.

Termiz tumanlararo

ma’muriy sudi sudya yordamchisi                           

M.Jumayev

 

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button