Tamom bo‘lmagan jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish

Jinoyat kodeksi maxsus qismining zaruriy belgisi tugallangan jinoyatlarni o‘z ichiga oladi. Lekin amaliyotda ko‘p uchraydigan jinoiy xatti-harakatlar aybdorning ixtiyori va ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan hollarda maqsad oxiriga yetkazilmaydi. Shaxs qurolni egallash vaqtida ushlansa, jinoyat quroli, kvartirani buzish vaqtida va boshqa holatlarda jinoyat qasddan amalga oshiriladi. Qonunchilikda, sud amaliyotida, jinoyat huquqi nazariyasidagiga o‘xshab jinoyat bosqichlari ko‘proq qasddar sodir qilingan jinoyatlardan iborat. Jinoyat sodir etish bosqichlari- bu turli xil bosqichlarda aybdorning xatti-harakatlari sifatini, qilmish qasdning turli holatlarini xarakterini izoxlaydi.
Qonunda jinoyat bosqichlari 3 ta deyilgan:
tugallangan jinoyatlar;
jinoyatga tayyorgarlik;
jinoyatga suiqasd.
Tugallangan jinoyatlar agar voyaga yetgan shaxslar tomonidan sodir etilsa jinoyatning barcha belgilarini tashkil etadi deyilgan. Jinoyat kodeksida subyektning miyada qasdning birdan paydo bo‘lishi: janjal vaqtida o‘ldiradigan darajada pichoqni taqishi. Qachon jinoiy chilmish hamma bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin: shaxs boshida puxta tayyorlanadi, masalan, o‘g‘irlikda (tayyorlov) keyin xatarni bartaraf etadi (suiqasd) va oxirida mol-mulk o‘g‘irlanadi. Bu yerda tayyorlov va suiqasd bosqichi tugallangan jinoyatlarni singdiradi.
Tugallangan jinoyatlarni qonuniy xarakteri obyektiv tomoniga bog‘liqligi bilan ifodalanadi. Tulallangan jinoyatlar kutilgan natijaga erishmaslikdan guvohlik beradi, maqsadning aniqligi harakatning boshlanishi va bajarilishi natijasi, normani dispozitsiyasida beriladi. Bularni jinoyat tuzilishi tarkibida kelgusi qonunimizda inobatga olinadi. Moddiy tarkibli jinoyatlar tarkibi jinoyat boshlangan paytdan oxirigacha tugallangan hisoblanadi. Masalan, talonchilikda moddiy zarar yetkazilishi shart. (mol-mulk olinsa va aybdor haqiqiy imkoniyatlaridan kelib chiqib idrok qiladi).
Formal tarkibli jinoyatlarda tugallangan jinoyatlar dispozitsiyasida ko‘rsatilgan bo‘ladi, bu mazmuniga ta’sir qilmaydi, subyektning ko‘zlangan natijaga erishishi ahamiyatsiz. Masalan, bosqinchilik jinoyatida zo‘rlik ishlatish bilan hujum qilinadi, bu sog‘liq va hayot uchun xavfli yoki bosqinchilik harakatini sodir etib, zo‘rlik ishlatish bilan jinoyat tugallangan hisoblanadi.
Jinoyat kodeksi 25-moddasiga ko‘ra tugallangan jinoyatlarni barchasi jamiyat uchun xavfli bo‘lib, JK maxsus qismi bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Jinoyat kodeksining 25-moddasida ko‘rsatilishicha, tugallanmagan jinoyatlar, jinoyatga tayyorgarlik va jinoyatga suiqasdda ifodalanadi. Tayyorgarlik va suiqasd obyekttiv belgilari bilan chegaralanadi. Subyektiv tomondan esa faqat to‘g‘ri qasd bilan ifodalanadi. Tayyorgarlik va suiqasdda jinoyatni sodir etishni imkoni bo‘lmaydi, jinoyat ehtiyotsizlikdan yoki egri bilvosita qasdda ifodalanadi.
Tugallanmagan jinoyatlarda jinoiy javobgarlik masalalari JK maxsus qismida ko‘rsatilganidek, nazarda tutilgan javobgarlik tugallangan jinoyatlarda ham JK 25-moddasi bilan ifodalanadi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish- bu izlanishdir. Jinoyat sodir etish uchun jinoyat qurolini tayyorlash yoki uni moslashtirish jinoyatchilar guruhini izlash, shu jinoyatni sodir etishga kelishish yoki qasddan sharoit yaratishni jinoyat sodir etuvchi shaxsning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan hollarda jinoyatni oxiriga yetkazilmaganligi tushuniladi.
Shaxsning qasddan qilinadigan jinoyatni sodir etishi yoki yashirishi uchun shart-sharoit yaratuvchi qilmishi o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra sodir etilishi boshlangunga qadar to‘xtatilgan bo‘lsa, bunday qilmish jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish deb topiladi.
Birinchidan, jinoyat sodir etishga “tayyorlanish” tushunchasi negizida konkret harakat yotibdi. Demak, jinoyatga tayyorgarlik vaqtida shu jinoyatni sodir etish uchun shunchalmk niyat emas, balki haqiqiy harakat turadi. Lekin bu harakatlar jinoyat qonuni bilan muhofaza qilinuvchi jamiyatga xavfi yo‘q. Jinoyat sodir etish natijasini yaratadi. Bu harakatlar ma’lum vaqt va masofa o‘rtaligini talab qiladi.
Keyingi o‘ziga xos belgisi- jinoyat oxirigacha sodir etilmagan, jinoyatchiga bog‘liq bo‘lmagan holatga (yangi qiyinchiliklar paydo bo‘lgan, kuchaytirilgan quriqlov, huquqni muhofaza qilish organlarini nazariga tushsa va boshqalar).
Suiqasddan sodir etilga jinoyatlar uchta obyektiv belgisi mavjud:
suiqasd qilinganda suiqasdning obyektiv tomoni rivojlanadi, jinoyat sodir etish, masalan, o‘g‘ri o‘ziga tegishli bo‘lmagan mulkni o‘g‘irlash uchun birovni xonadoniga kiradi, qotillik sodir etadi va hokazo. Ushbu belgi bilan suiqasd tayyorgarlikdan chegaralanadi.
suiqasd qilinganda obyektv tomon to‘liq rivojlanmaydi. Jinoyatni tarkibiga ko‘ra konstruksiyani tashkil topishidan jinoyatni to‘liq amalga oshmaganligi yoki jinoiy holatlarni kelib chiqmaganligida belgilanadi. Masalan, rahbar lavozimida ishlab turgan shaxsga pora berishga harakat qilishda lekin rahbarning pora olmasligi, o‘ldirishga qasd qilib otishi, lekin o‘lmasdan yarador bo‘lib qolishi.
Ko‘rilayotgan belgilar suiqasd qilish tugallangan jinoyat bilan ajralib turadi. Bu qonuniy tuzilish tarkibiga ko‘ra belgilanadi. Moddiy tarkibli jinoyatlarning qonun bilan belgilangan jinoyatning obyektiv tomonidan oqibat talab qilish bilan belgilanadi. Formal tarkibli jinoyatlarda qonunda nazarda tutilgan obyektiv tomondan jinoyat sodir etmaganligi hamma harakatlarni amalga oshirmaganligida ifodalanadi.
qasddan sodir etilayotgan jinoyat shaxsga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra oxiriga yetkazilmaydi, bu holatlar quyidagilar: jinoyatchi xonadonga kirish vaqtida ushlanadi, o‘q otuvchi qurolning osechka berilishi yoki o‘q nishonga tegmasligi. Bu holatlar jinoyatchini ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlardir. Manashunisi bilan jinoyatdan ihtiyoriy qaytishdan farqlanadi.
Demak jinoyatni sodir etish bo‘yicha yukorida keltirilgan 3 ta obyektiv belgilar xizmat rolini bajaradi: Belgilangan bosqichga baho berilishi bir vaqtda yondash tushunchadan chegaralaydi, (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyatni oxiriga yetkazish, jinoyatdan ixtiyoriy qaytish).
Jinoyat sodir etishning subyektiv tomoni to‘g‘ri kasd bilan belgilanadi. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish bilan birgalikda maqsadli faoliyatni qamrab oladi. Jinoyat sodir etgan shaxs jinoyat qilganligini anglaydi, jamiyat uchun xavfli bo‘lishini ko‘ra biladilar va oxiriga yetkazishga harakat qiladi.
Jinoyat qodeksida jinoyat sodir etilishi bo‘yicha jinoyatni belgilayotganda uning turlarini belgilamaydi. Nazariyada hamda sud amaliyotida jinoyatni bir necha xilini ko‘rsatilgan: tugallangan, tugallanmagan, yaroqsiz suiqasd.
Tugallangan suiqasd (tugallangan jinoyat bilan adashtirmaslik kerak) – bu jinoyat sodir etish uchun va oxiriga yetkazish uchun jinoyatchi tomonidan ishlarni amalga oshirish holatini bajaruvchi ammo u natijada jinoyatchiga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga binoan amalga oshmaganligini masalan, jinoyatchi qotillik sodir qiladi bu holat bilan jabirlanuvchi o‘limi uchun hamma choralarni ko‘radi, lekin otish paytida ballistika qonunlariga rioya qilmasligi, qo‘li titrashi yoki jabirlanuvchi harakatlanishi natijasidajabirlanuvchi yaralanadi, hayotdan ko‘z yummaydi yoki o‘q nishonga tegmaydi, bu harakatlarni barchasi tugallangan suqasd holatida amalga oshiriladi.
Tugallanmagan suiqasd – bu jinoyat sodir etuvchi tomonidan jinoyatni oxiriga yetkazish uchun zarur bo‘lgan holatlarni amalga oshmaganligi. Masalan, o‘g‘ri omborxonadan moddiy boyliklarni o‘g‘irlashga harakat qiladi, ammo bu harakat amalga oshmaydi. Chunki qulflarni ochish uchun tayyorlangan moslamalar uni ocha olmaydi. O‘ldirish uchun, tugallangan jinoyat deb quyidagi holatga baho beriladi. Suiqasd qiluvchi jabrlanuvchiga nisbatan qurolni nuqtalib turganda quroldan o‘q otilmasligi yoki shu paytda yo‘lovchi tomonidan qo‘liga urilib tushib ketishi va xakazo.
Jinoyat ishtirokchilarining qilmishini kvalifikatsiya qilish
Hozirgi kunda jinoyat huquqida dolzarb mavzulardar biri hisoblangan jinoyatda ishtirokchilikka qarshi siyosiy ko‘rash olib borilmoqda. Ishtirokchilikdp jinoyatilikni sodir etishda uyushgan guruh ahamiyatlidir. Bunday jinoyatlar jamiyat uchun xavfli, qo‘pol, qurol ishlatish bilan jinoyat sodir etish kam uchraydi. Shuning uchun ham yangi jinoyat kodeksida uyushgan jinoyatchilikka javobgarlik tartibi tizimi va meyorlari aniq ko‘rsatiladi.
Jinoyat kodeksining 27-moddasida jinoyatda ishtirokchilik tushunchasi berilgan, unga ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishiga aytiladi. Qonunchilikdagi bunday kichkina ta’rifga ko‘ra obyektiv va subyektiv belgilar tartibga solinmog‘i lozim.
Ishtirokchilikning asosiy tuzilishi tushunchasi ishtirokchilik turlari, shakllari va ishtirokchilikda jinoiy javobgarlikni belgilanishini ko‘rsatadi.
Obyektiv tomondan ishtirokchilikda sifat va miqdor belgilari o‘ziga xosdir. Miqdor belgisiga ko‘ra 2 yoki undan ortiq shaxsni birgalashib jinoyat sodir etishi ko‘rsatiladi. Jinoyatda ishtirokchilikda ishtirokchi shaxslarning yoshi ahamiyatli ya’ni sodir etgan jinoyatlariga yarasha jazo belgilashda uyushgan jinoyatchilarni zimmasiga yuklatilgan vazifa ko‘rsatiladi. Xar qanday yoshdagi shaxs ham jinoyatda ishtirokchi bo‘la olmaydi. Masalan, voyaga yetgan shaxs 13 yoshli bolani o‘g‘irlik jinoyati sodir qilishga jalb qildi. Bunday hollarda jinoyat huquqi bo‘yicha ishtirokchilik deb tan olinmaydi.
Sifat belgisi- bunda uyushib ishtirok etgan shaxs jinoyatni subyekti bo‘ladi. Uyushgan ishtirokchilikda faoliyat ishtirokchilarining barchasini roziligida amalga oshiriladi. Ular jinoyat sodir etishga qattiq birlashadilar, bir-birini to‘ldiradilar: bir shaxs o‘g‘irlik qilishga boshqasini jalb qiladi, boshqasi jinoyat qurolini yasaydi, uchinchisi jinoyat qurolini ishlatadi, o‘g‘irlikni sodin etadi.
Keyin jinoiy uyushma aniq jinoiy natijaga erishishini mo‘ljallaydi. Ishtirokchilikda shaxslarni bir maqsad birlashtirmaydi, ya’ni ularni maqsadi boshqa boshqa bo‘lishi mumkin, ammo ularni natija birlashtiradi. Masalan, biznesdagi raqobatchisini o‘ldirish uchun buyurtmachi topshiriq beradi, bajaruvchi bo‘lsa ishi uchun pul talab qiladi. Ammo jinoiy natija bitta odam o‘ldirish. Oxir oqibat uyushga jinoyatchilikda ular faoliyat olib borishga birlashadilar va aniq jinoiy natija asosida aloqa olib boradilar. Ishtirokchilikda asosiy aloqa yoyish va uni qabul qilish asosiy ehtiyojidir. Lekin bu uning turlanishiga olib keladi, tashkilotchi, dalolatchi, yordamchilar faoliyati o‘rtasida sababiy bog‘lanish aniq natijaga erishishda qo‘shimcha pog‘onadagi faoliyatda bajaruvchi turadi.
Obyektiv tomondan tasniflanishiga birgalikda jinoiy harakatlarni sodir etish, umumiy, yagona jinoiy natija hamda qilmish bilan uning oqibatlari o‘rtasidagi sababiy aloqadan iborat. Bu holat jinoyatni kvalifikatsiyasiga katta ta’sir ko‘rsatadi, asosan qo‘riqlanadigan xududdagi o‘g‘irlikda.
Bunday holatlarda uyushgan jinoyatchilikda bir birini tushunish, o‘zaro aloqa va bular o‘rtasidagi aniq natijaga erishishning asosidir.
Qonun shuni ta’kidlaydiki, ishtrokchilik faqat qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda ifodalanadi, ishtirokchilik hech qachon ehtiyotsizlikda mavjud emas.
Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari buyicha sudlov hay’ati sudya katta yordamchisi
J.Ubaydullayev