KONSTITUSIYA HUQUQIY DAVLATNING ASOSI
Davlat va jamiyat qadimdan bir-biri bilan o‘zaro uyg‘unlikda rivojlanib kelgan ijtimoiy birliklari hisoblanadi. Kishilik jamiyatining vujudga kelishi va shakllanishi davlatning vujudga kelishiga turtki bo‘lgan. fuqarolik jamiyati hamda huquqiy davlat insoniyat tomonidan asos solingan davlat va jamiyat hayotining eng oliy shakllaridir. Bu borada Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining davlatimiz, jamiyatimizdagi ulkan ahamiyatiga yuqori baho berar ekan, “Har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi – Asosiy qonunida mustahkamlab oladi. Binobarin, o‘z xalqining xohish-irodasi, dili va tilidagi ezgu niyatlariga hamohang Konstitutsiyaga ega bo‘lgan mamlakat o‘zi belgilagan yuksak marralardan hech qachon og‘ishmasdan, doimo oldinga qarab boradi”.
Tarixga nazar solsak, asrlar davomida shakllangan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va insonning tabiiy huquqlari sivilizatsiya jarayonlari natijasida Konstitutsiya shakliga kelganini ko‘ramiz.Konstitutsiya bashariyat hayotida ilk bor insonning ozod va erkin yashash, mulkka ega bo‘lish, ta’lim olish, mehnat qilish, saylash va saylanish kabi huquqlarini, so‘z hamda e’tiqod erkinliklarini oliy qadriyat darajasiga ko‘tardi” degan edilar.
Huquqiy davlat jamiyat hayotidagi aksariyat ijtimoiy munosabatlar oqilona va adolatli xalq irodasini ifoda etuvchi qonunlar bilan tartibga solingan hamda qonunlarning lozim darajada bajarilishi ta’minlangan insonparvar demokratik davlatdir. Fuqarolik jamiyatining tushunchasi borasidagi faylasuflar va huquqshunoslarning fikrlarida o‘ziga xoslik va shu bilan birga muayyan umumiylik mavjud. O‘ziga xoslik avvalo ularning qaysidir belgilariga e’tibor ko‘proq berilganligida namoyon bo‘lsa, umumiylik ularning barchasida shaxs va uning manfaati asosiy qoida sifatida talqin etiladi.
Fuqarolik jamiyati shaxsning bir tomondan davlatga mansubligini bildirsa, ikkinchi tomondan shaxsning erkin jamiyat a’zosi ekanligidan dalolat beradi. Umuman olganda, fuqarolik jamiyatida davlatning roli ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida sezilarli darajada jamiyatga taqdim etilishi kuzatiladi. Bunday jamiyatda yuksak huquqiy ong va huquqiy madaniyatga ega bo‘lgan komil insonlar yashaydi. Shu o‘rinda ta’kidlash joiz, bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy sohalarni erkinlashtirish borasidagi islohatlar fuqarolik jamiyatiga erishish yo‘lidagi dadil qadamlardir.
Yangi tahriridagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida shaxsni ushlash chogʻida unga tushunarli tilda uning huquqlari va ushlab turilishi asoslari tushuntirilishi shartligi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarga oʻziga qarshi koʻrsatma bermaslik (xalqaro eʼtirof etilgan “Miranda qoidasi”), sukut saqlash huquqi berildi.
Har kimning yozishmalari, telefon orqali soʻzlashuvlari, pochta, elektron va boshqa xabarlari sir saqlanish huquqiga ega ekanligi belgilandi. Bunday huquqlarning cheklanishiga yoki uy-joyda tintuv oʻtkazishga faqat qonunga muvofiq va sudning qaroriga asosan yoʻl qoʻyilishi belgilab qoʻyildi. Yoshlar huquqlari himoyalanishi va ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirokini ragʻbatlantirish kafolatlandi. Jumladan,
– davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini taʼminlaydi;
– davlat yoshlarning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini ragʻbatlantiradi;
– davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratadi;
– davlat yoshlarning taʼlim olishga, sogʻligʻini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga boʻlgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi;
– davlat va jamiyat yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga boʻlgan mehr-muhabbat tuygʻularini shakllantirish toʻgʻrisida gʻamxoʻrlik qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ommaviy axborot vositalariga oid belgilangan muhim qoidalar:
– davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini kafolatlaydi;
– davlat ommaviy axborot vositalarining axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga boʻlgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi;
– ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga toʻsqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi;
– ommaviy axborot vositalari oʻzi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgarligi[1] ko‘rsatib o‘tilgan.
Xulosa oʻrnida aytish joiz, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining, ikkinchi qismida belgilangan “O’zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi asosida va uni ijro etish yuzasidan qabul qilinadi. Birorta qonun yoki boshqa normativ-huquqiy hujjat Konstitutsiyaning printsip va normalariga zid bo’lishi mumkin emas” mazmundagi konstitutsiyaviy normani amaldagi ijrosini ma’minlash noramativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqiga ega bo’lgan organlar va mansabdor shaxslarni asosiy vazifasi boʻlmogʻi lozim.
A.Imomov
Jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudi
Sudya yordamchisi