Kasbim-faxrim

Xodimning 1.120.889 so‘m ustama puli sud tomonidan undirib berildi

Da’vogar Adliya bo‘limi, Q.J ni manfaatini ko‘zlab sudga da’vo ariza bilan murojaat qilib, javobgar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga nisbatan ish haqiga qoshimcha to’lanishi lozim bo’lgan 1.120.889 so‘m ustama pullarini undirib berishni so‘ragan.

Aniqlanishicha, mehnat shartnomasi va maktab direktorining buyrug‘iga asosan Q.J 2004 yil 01 avgust kunidan maktabning kimyo fani o‘qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilingan va u hozirda ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.

Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining 2024 yil 12 yanvardagi 01/7-sonli javob xatiga ko‘ra Q.Jga 2020-2021 yillar uchun jami 1.120.889 so‘m ustama so‘m ustama pullari hisoblangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevral kunidagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli Farmonining               7-bandi, “g”- kichik bandida davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat budjetidan, davlat budjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanishi ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 42-moddasida, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Mehnat kodeksining 243-moddasida mehnatga haq to‘lash ish beruvchi tomonidan xodimga uning mehnati uchun to‘lovlar belgilash va ularni amalga oshirish yuzasidan mehnat shartnomasi taraflari o‘rtasidagi mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar va mehnat shartnomasi bilan tartibga solingan munosabatlar tizimidir.

Ish beruvchi tomonidan xodimning malakasiga, bajaradigan ishining murakkabligiga, miqdoriga, sifati va sharoitlariga qarab to‘lanadigan mehnat uchun mukofot summasi, shuningdek kompensatsiya xususiyatiga ega to‘lovlar (kompensatsiya xususiyatiga ega qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar, shu jumladan normal ish sharoitlaridan chetga chiqadigan sharoitlarda ishlaganlik, noqulay tabiiy-iqlim sharoitlarida ishlaganlik uchun shunday qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar hamda kompensatsiya xususiyatiga ega boshqa to‘lovlar) va rag‘batlantiruvchi to‘lovlar (rag‘batlantiruvchi xususiyatga ega qo‘shimcha to‘lovlar hamda ustamalar, mukofotlar va taqdirlovchi to‘lovlar) ish haqidir.

Mehnat kodeksining 244-moddasi birinchi qismi ish beruvchining o‘z moliyaviy ahvolidan qat’iy nazar, qonunchilikda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq to‘lashni amalga oshirish majburiyatini mustahkamlab quyilgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, da’vogar Q.J ga jami 1.120.889 so‘m ustama hisoblangan, ammo javobgar tomonidan to‘lab berilmaganligi sababli sud tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hisobidan Q.J  foydasiga ish haqiga qoshimcha to’lanishi lozim bo’lgan 1.120.889 so‘m ustama puli undirilishi belgilandi.

Xulosa qilib aytganda ish beruvchi xodim bilan mehnat munosabatlariga kirishar ekan, ular mehnat munosabatlarini tartibda soluvchi qonun hujjatlari talablariga rioya etishlari kerak.

           Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Sariosiyo tumanlararo sudi sudyasi                   Q.X.Turanov

Related Articles

Back to top button