Madaniyat

Yana shu mavzumi ?

Erkak-u ayollar o‘rtasidagi tenglik, ya’ni bu oilada va jamiyatda ayol bilan erkaklarning teng huquqliligini nazarda tutadigan tamoyil, gender tengligi deb aytiladi. Gender tenglik — muvozanatli, ya’ni hayotning barcha sohalarida (siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy) hokimiyat va qarorlar qabul qilishda erkaklar-u ayollarning bir xil, teng ishtiroki, jinslar oʻrtasidagi tengligi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda siyosiy hamda iqtisodiy institutlarning tenglik darajasi mamlakatlar demokratiyasining koʻrsatkichi hisoblanadi shuningdek bu ma’lumotlar koʻplab xalqaro indekslarga kiritilgan.

Global miqyosda erkaklar siyosatda ayollarga qaraganda koʻproq qatnashadi va lavozimlarni egallaydi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, boshqa barcha kasblar orasida, ayniqsa, siyosat sohasida gender tengligiga erishish juda mushkul. Shunday qilib, jinsiy tafovut boʻyicha global hisobotga koʻra, agar siyosiy vakillikdagi gender tengligining oʻzgarish darajasi hozirgi darajada saqlanib qolsa, dunyoda gender tengligiga erishish uchun oʻrtacha 95 yil, ta’lim sohasida gender tenglikka erishish uchun esa 12 yil kerak boʻladi.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etildi. (Muqaddimaning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022-yil 28-dekabrdagi SQ-682-IV-sonli qarori tahririda) O‘zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o‘ringa ko‘tarildi. Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta’limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi.

Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida “Ayollar daftari” tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili 300 mlrd so‘m mablag‘ ajratib borish yo‘lga qo‘yildi. Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning o‘qish to‘lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6,9 trln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o‘rniga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, Jahon Bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O‘zbekiston 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo‘yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog‘onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston BMT Nizomining maqsad va prinsiplariga hamda xalqaro huquqning boshqa umume’tirof etilgan normalariga sodiq ekanliklarini doimo ko‘rsatib kelgan. BMT Bosh Assambleyasining 2015-yilning sentyabrida Barqaror rivojlanish bo‘yicha o‘tkazilgan sammitida 70-son rezolyutsiyasi qabul qilinib, mamlakatimiz uchun dolzarb hisoblangan 16 ta milliy maqsadga erishish bo‘yicha 125 ta maqsadli vazifa hamda 206 ta indikator ishlab chiqilgan. Xususan, barqaror rivojlanish sohasidagi 5-maqsad — Gender tenglikni ta’minlash va barcha xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish mamlakatimizda xotin-qizlar va erkaklarning teng huquq hamda imkoniyatlarini ta’minlashga qaratilgan islohotlar bilan hamohangdir.

Statistikalar boʻyicha Oʻzbekiston gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-yil holati boʻyicha Oʻzbekistonning gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxatdagi 189 mamlakat ichida 62-oʻrinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamgʻarmasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga koʻra, Oʻzbekistondagi har 100 000 dan 29 ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming oʻspirin qiz uchun tugʻish koʻrsatkichi 23,8% ni tashkil qiladi.

Gender tengligi koʻrsatkichi roʻyxati boʻyicha 62-oʻrinda Oʻzbekiston bilan bir qatorda Kosta-Rika va Urugvay ham 0,28% koʻrsatkichi bilan qayd etilgan. Oʻrta Osiyo davlatlari oʻrtasida Qozogʻiston 44-, Qirgʻiziston 82-, Tojikiston 70-oʻrinlarni egallashgan, Turkmanistonda esa bu roʻyxatda hech qanday maʼlumot koʻrsatilmagan.

Oʻzbekistonda 2019-yil 2-sentabrda 562-sonli Oʻzbekiston Respublikasi „Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida“gi Qonuni qabul qilingan.Oʻzbekistonda Gender tenglik boʻyicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib keladi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasining raisi hisoblanadi.

Norvegiyada teng imkoniyatlar loyihalarini moliyalashtiradigan Shimoliy Gender tengligi instituti (1970-yilda Shimoliy Vazirlar Kengashi koʻmagida tashkil etilgan) mavjud.

BMT maʼlumotlariga koʻra, erkaklar va ayollar ish haqidagi farq oʻrtacha 37,8% ni tashkil etadi (bu koʻrsatkich mamlakatlar boʻyicha juda katta farq qiladi — Buyuk Britaniyada 18,1% dan, Angolada 59,6 % gacha.

2015-yilda Pokiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va ayollarning huquqlarini kengaytirish boʻyicha boʻlimi tomonidan hisobot tayyorlandi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, rivojlangan mamlakatlarda gender tengligi holati ham ideal darajadan uzoq emas. Masalan, Shvetsiya va Fransiyada ayollarning erkaklarnikiga nisbatan maoshlaridagi farq 31 foizga kam, Germaniyada 49 foizga kamroq, Turkiyada esa 75 foizga teng. Hisobot mualliflarining fikriga koʻra, gender tengsizligiga qarshi kurashning asosiy choralari butun dunyo boʻylab ayollarni yaxshi ish joylari bilan taʼminlash huquqi kerak.

Ushbu kontseptsiyani tanqid qiluvchilar asosiy postulatlarni keltirib, tenglik tushunchasi hamma uchun teng imkoniyatlar berishdir, deb taʼkidlaydilar. Gender tengligi kontseptsiyasini tanqid qiluvchilar buni deyarli imkonsiz deb bilishadi, chunki „erkak va ayol bir-biridan farq qiladi va nafaqat fiziologik, balki ruhiy jihatdan ham“ va shuning uchun „tenglik“ haqida gap borganda „hech qanday savol boʻlishi mumkin emas“, chunki jamiyat erkaklarni ayollar sevadigan ishlariga majbur qilsa (doʻkonlarga borish, kiyim-kechak sotib olish, yuzlarini kosmetika bilan bezash, bolalarga gʻamxoʻrlik qilish, uyni shinam qilish) ular baxtli boʻlolmaydi. Ayol, oʻz navbatida, jamiyat uni faqat erkaklar ishini bajarishga majbur qilsa: baxtli boʻlmaydi: oʻtin kesish, mashinalarni  taʼmirlash, buldozer haydash. Biroq, gender tengligi nazariyasining tarafdorlari, bu fikr koʻp avlodlar davomida patriarxal taʼlim va insonlarning ilmga qarshi nazariyalar, stereotiplar va jamoatchilik fikrlarini idrok etishiga katta taʼsirga ega deb taʼkidlaydilar. Baʼzi sotsiologlarning fikriga koʻra, zamonaviy jamiyatda psixika, xulq-atvor motivlari va fikrlash uslubi jinsga bogʻliq degan fikr hukmronlik qilmoqda.

Tenglik tushunchasini tanqid qiluvchilar, umuman tushunchaning mohiyatini tan olsalar-da, unga yana bir taʼrif berishadi: Gender tengligi — bu ayolning ayol sifatida, erkak esa erkak sifatida rivojlanish imkoniyatidir. Ayollar ham huddi erkaklar kabi ish yuritishni, muhofaza qilishni yaxshi bilishadi. Lekin nega koʻpincha ayollarni emas balkim erkaklarni ishga olishadi, ayollar ham shu sohada yaxshi-ku,  balkim erkaklardan koʻra yaxshiroqdir. Ular ham yuqori maoshli joylarga ishga joylashishga hattoki, direktor lavozimiga tayinlanishga haqlidir.

Darhaqiqat, mavzu markaziy muommolardan biri ayollarni ish bilan taʼminlash masalasi edi. Gender tenglikni targ’ib etuvchilar fikriga koʻra, oliy maʼlumotli ayollar soni tarixiy maksimal darajaga yetganiga qaramay, ularning ish bilan taʼminlanish holati achinarli koʻrinishga ega. Universitetlarni imtiyozli diplom bilan tugatgan yosh qizlar, ayniqsa, tibbiyot va matematika kabi fanlardan yosh yigitlarni tobora ortda qoldirishlariga qaramay, ish topa olmaydilar. Hatto ish topishga muvaffaq boʻlganlar ham har doim ham ijtimoiy ishonchsizlik tufayli oʻzlarini ishonchli his qila olmaydilar. Ushbu masala rivojlanayotgan mamlakatlarda ayniqsa dolzarb boʻlib, ularda ayollarning 75 foiz ish oʻrinlari, ish beruvchi tomonidan qonuniy majburiyatlari himoyalanmaganini tashkil etadi.

Sevinch Ahmadjonova

ЎзДЖТУ Халқаро Журналистика факултети

Related Articles

Back to top button