Hodisalar

Avtomashina salonidan telefon apparati, pul va fuqarolik pasporti solingan hamyonni yashirin ravishda oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

R.O. ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 21-may kuni nomaʼlum shaxs Navbahor koʻchasida joylashgan savdo kompleksi oldida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “Damas” rusumli avtomashinasi salonidan narxi 1.000.000 soʻmlik “Redmi” rusumli uyali telefon apparati, 800.000 soʻm pullari va fuqarolik pasporti solingan ayollar hamyonini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni D.A. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Related Articles

Back to top button