Tabiat odami — Nazar Eshonqul
U kim edi? U to’laligicha adabiyot bo’lgan shaxs. U o’zi deb, o‘zgalarni qurbon qilmagan. Uning har bir qadamidan adabiyot nafasi taralgan. Boysun tog’larining qirlarida varrak uchurib, maysalarida mol boqqan, chillak o‘ynab, katta bo‘lgan barcha inson borki, adabiyot yarata oladi. Sababi, bunday go‘zal osmon bilan yashash, bunday tabiatda ulg’ayish xohlamasangiz ham sizni ijodkor qilib tarbiyalaydi. Ustoz, adib Shukur Xolmirzayev ham Boysunning keng paxtazorlarida chopishib, qo’ylar galasida oyog’ini qovushturguncha, ochiq osmon tagida kitob o‘qib katta bo’lgan shaxs edi. Uning tabiati boshqalarga qaraganda nozik, har bitta so’zi o‘ylovga botirilgan holda taqdim etilgan. Shukur Xolmirzayev yoshligidan adbiyot farzandi bo’ldi. U kitob bilan yashaganini, do‘stlari davrasidan ajralsa ham, kitobdan ajralmaganini bot-bot ta’kidlab o‘tgan. Yosh adib yigirma yoshli yigit chog’larida gurs etib adbiyotga kirishni boshladi. U o‘zi xohlagan tabiatni turli ko’rinishlarda, odamni zeriktirmaydigan uslublarda yozib, o’qishga majbur qiladigan ijodkor bo’lib yetishdi. Yo‘q. U yetishmadi. Uni Boysun yetishtirdi. Boysunlik Usmon Azim aytganidek “Hamma yo’llar ijodkor uchun Boysunga eltadi” Shukur Xomirzayev ham Boysunning jaydari bolasi. Uning adabiyotdagi qadamlari faqatgina hikoyalar bilan o’lchanmaydi. U yigirma ikki, yigirma uch yoshlarida yetarli salohiyatga ega bo’lgan qissalari ham mavjud. “Oq oltin”, “To’lqinlar”, “O‘n sakkizga kirmagan kim bor?” qissalarini eshitmaganlar kam bo’lsa kerak. Ha, bu qissalarni ijodkor aynan, yogirma uch-yigirma to’rt yoshlarida yozgan.
Bu uning adabiyot ekanligini to‘liq ochib beradi. Uning har bir asari realizmga bog’langan, har bittasida qishloq talqini yotadi. Badiiy tasvirga berilish hamma asarda ham (ba’zan biz tanigan mashxur ijodkorlarning yoziqlarida ham) yaxshi natija bermagan, lekin Shukur Xolmirzayevning badiiy go‘zalligi xuddi yozilgandek emas, yaratilgandek. Uni o‘qimaslik esa, xatoday tuyilib qoladi. Adabiyotimizning Shukuri bir kun ustoz Nazar Eshonqulning “Asarlaringizdagi badiiylikni olib tashlasa, qanday bo’ladi?”, degan savoliga shunday javob beradi: “Aylanayin, shu hikoyalar o‘sha gaplar bilan tug’ilganda ularni qanday olib tashlay, ularsiz hikoya to‘kis bo‘lmaydi”. Darhaqiqat, uning shu gaplar bilan tug’ilgan hikoya, asarlarni o’ldirib bo’lmaydi. Ular yo’qotilsa, asar ham o’z xolini yo’qotadi, nazarimda. Shukur Xolmirzayevning asarlarining barisi adabiyot uchun yaratilgan. Bugun o’zbek adabiyotini, hikoyachiligini Shukur Xolmirzayevsiz tasavvur etishning imkoni yo’q. Uning biz bilgan, sevgan asarlari haqida gapirishning hojati yo‘q. Vaholanki, bular haqida adabiyot gapiradi. Shunday bo’lsa ham, bir narsani yodda tutishimiz shart! Adabiyotda kimdir paydo bo’lsa, osmonda yongan kichik nuri ham so’nmaydi, o’lmaydi. Shukur Xolmirzayev ham porlab qoldi. U o’z yulduzini Boysun tog’lari aro olib kelib, adabiyot osmoniga mahtal qilib mixlab qo’ydi.
Tabiatning jonlanishini har kun, har soniya ham ko’ravermaymiz. Bugungi kunda eng zamonaviy kameralar bilan ularning bir necha kunlik harakatini bir nechta tezlashtirilgan jadrlar orqali payqashimiz oson. Ko’rmasdan-chi? Shukur Xolmirzayev, tabiatni o’zidan ayro tutmagan adib, bizga mana shu baxtni ato etib ketgan. Uning ko’plab hikoyalarida tabiat mavzusi, mehribonlik, jonivorlarga bo’lgan munosabat doimo yuqori o’rinda turgan. Sh. Xolmirzayevning “Ot egasi”, “Podachi” hikoyalarida insonning hayvonga muhabbati “Ko’kboy” hikoyasida
hayvonning insonga sadoqatini ko’ramiz. “Adabiyotda Surxon kolorintini-o’zi tug’ilib o’sgan Boysun tog’larining manzaralarini, surxandaryoliklar hayotini, udumlarini, betakror so’zlash tarzini, dialektini olib kirdi”,-deb Shukur Xolmirzayevga ta’rif beradi professor Normatov. Gapni ko’paytirmay uning bitta hikoyasida shu ta’rif urg’usini chaqaylik.
“O’zbeklar” ijodkor paxta siyosati, bizning mehmondo’stligimiz, tanti o’zbek tushunchasini mana shu hikoyada jamlagan. Surxon etaklarida paxta terishga chiqqan talabalarning hayoti, umuman, paxta davridagi xos xunrezliklar, hammasi aytilgan. Dastlab, shoirtabiat qahramonimiz Egamqul hammani yaxshi ko’radi. Bog’larni ham, tog’-u adirlarni ham, Botir aka va boshqalarni ham. Hikoyada Botir aka (cho’pon)ning uyi bir ahvoldaligini ko’rib, rahmi kelgan dilovar Egamqul ularning tantiligiga tan bergan. Ularni hurmat qilganidan, go’yo, u bir burda non yesa ham, ahvollari og’irlashib qolishidan qo’rqib, bir burda ham yemaydi. Ammo kursdoshlari kun ora to’da-to’da bo’lib, cho’ponni uyidan ovqatlanishar, bechora cho‘pon esa, bunda faqat xursand bo’lar edi. Paxta bolalarni bora-bora o’g’rilikka o’rgatdi. Hammasi ochlikdan. Ular bilib, bechora cho’ponning yo’qolgan qo’zisigacha bo’gizlashdi. Egamqul bo’lsa, gapirolmadi, bir tugun harom go’shtni og’ziga sololmadi. O’zini kasalga solib faqat tomi sarg’aygan qamish bilan yopilgan xujrada yotar edi. U qo’rqar, qanday qilib, Botir aka chaqirganda uyiga chiqishga, uning ko’zlariga qarashga dosh berolmas edi. Shunda qahramonimiz faqat biz aytgan tabiat bilan dardlasha olar, ichidagini gulga ingan shabbodalarga to’kar edi, xolos. Ketayotgan chog’larida Botir aka va ayoli undan nafratlanishdi. Uni kiborli, bizni ovqatimizni mensimaydi deb, undan xafa bo’lsihdi. Tomoqqa nimadir tiqiladi. Bechora “shoirsifat” qahramonimiz esa, indamay boshini xam qilguncha, osmondan bittalab to’kilayotgan qorlarga termulguncha, aftobusga o’tiradi.
Bu hikoyani aytib berib bo’lmaydi, buni faqat o’qib, mazza qilish mumkin. Haqiqiy “tabiatxo’r”, “mehmonxo‘r” insonlarni shu hikoyadan topsih mumkin. Shukur Xolmirzayev shunaqa ulkan qarashli inson. U bizga o‘xshagan jo‘n emas, ikkita misrada qotib qolmaydi. Bir tabiat atrofini ellikta yo’ldan ellik xil uslubda ko’rsata oladi. Mana haqiqiy “tabiatxo‘r”. Boysun etaklarida yiqilib, yiqilib katta bo’lgan yana bir ijodkor Erkin Azam ham Shukur Xolmirzayev haqida “Ijodkorning bog’i” hikoyasini yozgan. Unda ham tabiat bilan tillasha oladigan adibning kechilmalari, bog’ni sevishi, o’zi yaratgan go’zallikdan hech qachon ajralgisi kelmasligi haqida yozib o’tilgan. Umuman, ijodkor borki, tabiatni sevadi. Xohlasa ham, xohlamasa ham. Uning qoni shunga moslashgan. Ba’zida u olis-olislardagi gulni o’pgisi, ba’zida yomg’irni bittalab ushlagisi keladi. Tabiatni his qilgan ijodkordan esa, go’zal va o’lmas asarlar yaratiladi. Shukur Xomirzayev ham bizga o’zining tabiatni baham ko’rib kelmoqda.
Boshida aytganimizdek, har bitta ijodkorning dunyosi, tabiati bo’lakcha. Shukur Xolmirzayev Boysun kenliklar odami. Uning asarlarida Jek London, Ernest Xemenguey kabi ijodkorlarning qalami ham bilinib turadi. Har bitta ijodkor kimdandir oziq olishi kerak. Mening fikrimcha, Shukur Xolmirzayevning asosiy ba’zasi jahon adabiyoti durdonalaridan yig’ilgan. Uning o’ylov mezonlari keng yaylovga o’xshaydi. Bu bo’yicha bir necha olimlar o’z fikrini keltirib o’tgan. Tangidchi U.Normatov “Zaminda yashaymiz, zaminni o’ylaymiz” maqolasida
Sh. Xolmirzayev hikoyalariga xos mazkur xususiyat haqida shunday deydi: “Inson va tabiat munosabati Sh. Xolmirzayev hikoyalarining yetakchi leytmotiviga aylanib qoldi.
Shunisi xarakterliki, yozuvchining so’nggi yillarda yaratgan deyarli barcha hikoyalari shu mavzu atrofida aylansa-da, ular bir-birini takrorlamaydi, har gal avtor masalaning yangi qirrasini kashf etadi, yang xarakter yaratadi, xarakter qalbining yangi tomonini ochadi…”. Adabiyotning ham o’z me’xonlari bo’lganidek, adib ham o’z mezonlaridan chiqib ketishga harakat qilmagan. Uni shu mezonlar tarbiyalagan axir. Hayoti davomida shu qolipda ko’plab hikoyalar yaratdi va adib o’zidan boy adabiy merosni bizga tashlab ketdi. Uning shogirti, hamnafas do’sti Nazar Eshonqul aytadi: Shukur akadek insonlar kam tug’iladi. Ular o’z nomi bilan o’z dunyosini qura olgan INSON”. Umumiy qilib aytganda, Shukur Xolmirzayevdek o’z yo’lini yaratib, keyin takrorlanmas qilib ketadigan adiblar juda kam.
G’afurova Go’zal
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi