Musiqa – insonning ko‘rinmas ozuqasi
Hayotimizda musiqa juda ko’p uchraydi g’amgin holimizda mayus og’ir musiqalarni tinglaymiz go’yoki faqat musiqa bizni tushunayotgandek, dardimizga darmon bo’layotgandek tuyulaveradi. Xursandchiligimizda ham sho’x shodon musiqalar tinglaymiz, to’yu tomosholarimiz ham musiqasiz o’tmaydi albatta. Shu birgina musiqa odamni hayolot dunyosiga cho’mishiga undaydi. Birgina musiqa bir necha yillik xotiralarni yodga solishi mumkin.
Odamzod yaralibdiki musiqa bilan birga, u bilan hamnafas. Bugungi kunda musiqa barcha sohalarga kirib bordi va alohida bilim sifatida hali — hamon o’rganib kelinmoqda. Qadimgi davrlarda musiqa ilmiga muhabbat nihoyatda yuqori bo’lgan. Ko’plab sharq ijodkorlari musiqaga nafis san’at sifatida yondashishgan. Mutaffakkir Alisher Navoi shoh va shoir Zahriddin Muhammad Bobur musiqa va she’riat olamiga o’z hissalarini qoshgan buyuk shaxslar hisoblanadi.
Musiqa inson tanasi , uning vujudi , aqli – hayolini ta’sirlantirib , insonga ba’zi hollarga yechim bo’lsa ba’zi hollarda bizning hursandchiligimizga sherik bo’ladigan yagona hamroh bo’la oladi. Ammo taqdiqotlarga qaraganda g’amgin musiqa insonni ko’proq ruhlantirishi musiqa ixlosmandlari orasida g’amgin musiqa doim birinchi o’rinda bo’lishi hayratlanarli holat.
Odatda insonlar hafa bo’lmasligi uchun yuqotishlarni unitishi uchun yana g’amgin musiqa tinglashadi va musiqa ularga qayg’usiga sherik bo’lgandek tasalli beradi hamda ko’p hollarda dipressiya vaqtida uzviy ravishda musiqalar tinglanadi huddiki musiqa inson qalbining jonli ohangi vazifasini o’taydi. Yevropa musiqa san’atiga nazar tashlasak , Amuel Barberning “Adagi” va Motsartning “Rekviyem” va “Lacrimosa but humanity has ended” deb nomlangan musiqalari shuningdek, Sherali Jo’rayev ,Ortiq Otajonov , Muhridin Xoliqov ka’bi el suygan san’atkorlarimiz kuylagan klassik musiqalar bunga yaqqol misol bo’la oladi.
So’nggi tadqiqotlar shuni ko’rsatdiki, ko’p odamlar ma’yus kuylarni salbiy his-tuyg’ular bilan bog’lamaydilar. Aksincha, ular g‘amgin musiqa tinglovchilarda yoqimli sog‘inch va inson miyya tizimida salbiy hissiyotlardan vos kechilishiga olib kelinishi aniqlangan. Bu » zavqli qayg’u paradoksi » deb ataladigan tushunchadir.
Keling,ushbu mavzuni biologik nazariya bilan davom ettirsak. Haqiqiy hayotdan mahrum bo’lganimizda yoki boshqa birovning og’rig’iga hamdard bo’lganimizda , bizda prolaktin va oksitotsin kabi gormonlar chiqariladi. Bu kabi garmonlar yo’qotish va og’riqni yengishga yordam beradi. Ular buni bizni xotirjam, tasalli va qo’llab-quvvatlashni his qilish orqali ta’sir qiladilar. Shuningdek , bu mavzu psixologik qarashlar bilan ifodalansa ,g’amgin musiqa bizni chuqur «harakatga soladi» deb ta’rif beriladi. Bu tajriba ba’zan «kama muta » deb nomlanadi , bu sanskritcha atama «sevgi bilan harakatlangan» degan ma’noni anglatadi. Harakatlanish tuyg’usi titroq, g’ozi urishi, his-tuyg’ular to’lqini (shu jumladan, romantik ), ko’kragimizdagi iliqlik va ko’tarilishni o’z ichiga olishi mumkin .
So’vornomalarda atiga 25% insonlar faqatgina g’amgin musiqa eshitganda baxtsiz his etishlarini aytib o’tgan va bu qolganlari boshqa, ko’pincha bir-biriga bog’liq bo’lgan his-tuyg’ularni, ko’pincha nostaljini boshdan kechirishini aytgan. Bu nostalji tuyg’u bizning ijtimoiy bog’liqlik tuyg’usini oshirishga, ma’nosiz tuyg’ularni yumshatishga va tashvishlarni kamaytirishga yordam beradi .
Rustam Sharipov
O’zbekiston Jahon tillari universiteti
Xalqaro Jurnalistika fakulteti talabasi
Sunnatullo Qo’ychiyev
O’zbekiston Jahon tillari universiteti
Xalqaro Jurnalistika fakulteti talabasi