Bu qiziq

Advokat maqomini to’xtatib turish va qayta tiklash asoslari va tartibi tahlili

Kirish

Yurtimizda so’ngi yillarda olib borilayotgan islohotlar hech bir sohaning chetlab o’tmayabdi desak mubolag’a bo’lmaydi. Shunday sohalardan biri bu advokaturadir. Mustaqillikga erishgach 1996-yilda ,,Advokatura to’g’risidagi’’ qonun qabul qilindi va bu yurtimida Advokatura institute rivoji uchun ulkan odimlaran biri bo’ldi.  Keyingi yillarda ham advokatura sohasini tartibga soluvchi qonunlar takmillashib borishda davom etdi, soha vakillariga bir qator huquq va vaklatlar berildi.

,,Advokatura to’g’risidagi’’ qonunda shuningdek sohaga oid boshqa qonun hujjatlarida advokatlik maqomini to’xtatib turish va qayta tiklash tartibi aniq belgilab qo’yilgan.

I.Advokatura va advokat maqomi tushunchasi

Advokatlik maqomiga ega bo’lgan shaxs zimmasiga jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish, shaxsning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishdek muhim konstitutsiyaviy vazifa yuklatilgan. Sud jarayonlarida himoya va ayblov tarafining tengligini ta’minlash odil sudlovning muhim shartlaridan biridir.

Ilgari Konstitutsiyada sud protsessining ayblov tarafi hisoblangan prokuratura institutiga oid qoidalar alohida bobda batafsil berilgan, biroq advokaturaga oid qoidalar bir jumlada keltirib o‘tilgan edi. 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada esa advokaturaning maqomi yanada mustahkamlanib, hujjat “Advokatura” nomli 24-bob bilan to‘ldirildi Advokatura sohasining prokuratura singari Konstitutsiyada alohida bobda berilishi ularning konstitutsiyaviy maqomini oshirdi. 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilangan advokaturaga oid qoidalarni tahlil qiladigan bo‘lsak, jismoniy va yuridik shaxslarga malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun advokatura faoliyat ko‘rsatadi. 

Advokatura faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish prinsiplariga asoslanadi. Advokaturani tashkil etish va uning faoliyati tartibi qonun bilan belgilanadi. 

Advokaturaning faoliyati qonuniylik, mustaqillik va o‘zini o‘zi boshqarish tamoyillariga asoslanishi Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi. Bunda, advokatura faoliyatining qonuniyligi, deganda advokatlik faoliyati faqat qonunga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshirilishi tushuniladi. 

“Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasiga asosan, advokatning mustaqilligi unga qonunda belgilangan tartibda advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun ijozat berish, bu faoliyatni to‘xtatib turish va tugatish, advokatning daxlsizligi, advokatlik sirini oshkor etishni talab qilishni man etish, advokat olib borayotgan ishlarga aralashganlik yoxud advokatning daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik, davlat tomonidan unga advokatlik faoliyati kafolatlari berilishi hamda ijtimoiy himoyalanishi orqali ta’minlanadi. 

Advokaturaning o‘zini o‘zi boshqarish, deganda, O‘zbekistonda xususiy advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi advokatlar o‘z faoliyatini nodavlat kasbiy birlashma orqali boshqarishi, ularning boshqaruviga oid masalalarga davlatning aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi tushuniladi. 

bugungi kunda Advokatlar palatasi o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi. 

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 142-moddasiga asosan, advokat o‘z kasbiy vazifalarini amalga oshirayotganda uning faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmaydi. Advokatga o‘z himoyasidagi shaxs bilan to‘siqlarsiz va holi uchrashish, maslahatlar berish uchun shart-sharoitlar ta’minlanadi. Advokat, uning sha’ni, qadr-qimmati va kasbiy faoliyati davlat himoyasida bo‘ladi va qonun bilan muhofaza qilinadi. Advokatning kasbiy faoliyatiga aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi kuchli advokatura tizimini yaratishning asosiy omili bo‘lib xizmat qilad.

  1. II. Advokat maqomini to’xtatib turish va qayta tiklash asoslari va tartibi

Advokatura to’g’risidagi qonunga ko’ra advokat maqomini to’xtatib turish va qayta tiklash malaka komissiyasining qarori amalga oshadigan jarayon hisoblanadi. Dastlab malaka komissiyalari va ularning huquqlari haqida biroz to’xtalsak: Advakatura to’g’risidagi qonuning 13-moddasiga ko’ra Advokatlar malaka komisiyasi quydagi maqsadlarda tuziladi:

1.Zaruriy bilimlar va kasbiy malakaga ega bo’lgan shaxslarga litsenziya berish masalasini hal etish.

2.Advokat qasamyodini qabul qilish

3.Advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishni olib borish

Malaka komisiyalari hamkasblari orasida hurmatga sazovor advokatlar shuningdek huquqning boshqa sohasidagi tajribali mutaxasislar toq miqdorda, advokatlar palatasining hududiy boshqarmalarining hamda adliya organlarining qarorlari bilan tuziladi. Malaka komissiyalarining vakolatlari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishgan xolda belgilanadi.

Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan apellatsiyalarni ko’rib chiqish malaka komissiyalarining ishlarini tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida oliy malaka komissiyalari tuziladi. Oliy malaka komissiyalarining tarkibi hamkasblari orasida hurmatga sazovor bo’lgan advokatlar hamda huquq sohasida malakasi yuqori bo’lgan boshqa mutaxasislar bilan shakillantiriladi.

Advokatura to’g’risidagi qonunning 13/1-moddasiga ko’ra Advokatlik maqomi quydagi hollarda to’xtatib turiladi:

1.Advokatlik faoliyati bilan birga olib borib bo’lmaydigan doimiy lavozimga saylangan yoki tayinlanganda.

2.Talim muassasalariga, jumladan kadrlar malaksini oshirish va ularni qaytatayorlash kurslariga o’qishga kirganda )uch yildan ko’p bo’lmagan muddatga)

3.Homiladorlik, tug’ish uch yoshgacha bo’lgan bolani parvarish qilish bo’yicha tatillar berilganda.

4.Advokat va uning yaqin qarindoshi og’ir kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobilyatsizligi to’g’risda tibbiy xulosa taqdim etganda )ko’pi bilan bir yilga).

5.Advokat bedarak yo’qolgan deb topilganda

6.Advokat harbiy xizmatga chaqirilganda va harbiy xizmatni o’tash davomida

7.Sud tomonidan advokatga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburlov chorasi qo’lanilganda.

8.Advokatlik tizilmasi tugatilganda yoki advokat undan chiqqanda

9.Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda

Advokatlik maqomini to’xtatib turish haqidagi qaror qabul qilinga kundan boshlab advokatlik maqomi to’xtatib turiladi, shuningdek adliya organi uch kunlik muddat ichida advokatlik guvohnomasini olib qo’yishi kerak. Advokatlik maqomi to’xtatilgandan so’ng hududiy adliya bo’limlariga habar berilishi kerak. Advokatlik maqomi to’xtatib turilganda advokatlik maqomini to’xtatish uchun sabab bo’lgan holat tugagandan so’ng uch oy ichida advokatlik faoliyatini qayta boshlashi kerak aks holda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda advokatlik litsenziyasining bekor bo’lishiga olib keladi.

Yani advokatlik maqomini qayta tiklashda asosiy urg’u beriladiga jihat bu uni vaqtincha tugatish uchun asos bo’lgan holat tugallangan bo’lishi kerak, masalan shaxsning advokatlik maqomi uning harbiy xizmatga chaqirilganligi uchun to’xtatilgan bo’lsa u xarbiy xizmatni tegishli tartibda o’tab bo’lgandan so’nggina advokatlik maqomini qayta tiklay oladi.

Advokatlik maqomining to’xtatilishi advokatlar palatasiga azolikning to’xtatilishiga olib keladi. Bundan tashqari ushbu maqomning to’xtatilishi advokatga qonunda belgilangan kafolatlarning to’xtatilishiga olib keladi.

  1. Xulosa

Advokat maqomi va uning to’xtatish va tiklash tartibi advokatura institutida juda muhim ahamiyatga ega. Advokatlar jamiyatda adolatni ta’minlash, huquqlarni himoya qilish va qonun ustuvorligini saqlashda beqiyos xissa qo’shmoqda. Ular o‘z fuqarolarning manfaatlarini himoya qilib, huquqiy masalalar bo‘yicha maslahatlar beradilar va sud jarayonlarida ishtirok etadilar. Advokatning maqomi, nafaqat uning huquqiy bilimlari, balki yetuk tamoyillar va professionallikni ham o’z ichiga oladi. Advokatlar o‘z ishini bajarishda mustaqil, adolatli va halol bo‘lishlari zarur, chunki bu ularning ishonchliligini va jamoatdagi obro‘sini ta’minlaydi.

Advokatning maqomini to’xtatib turish va tiklash ushbu institut samarali ishlashiga ta’sir ko’rsatadi. advokatning maqomi nafaqat uning shaxsiy muvaffaqiyatiga, balki huquqiy tizimning ishonchliligi va adolatli ishlashiga ham bog‘liq.

Toshkent davlat yuridik universiteti 3-kurs talabasi

Xolmuratov Mansur

Related Articles

Back to top button