Бу қизиқЎзбекистон

2026 yil 14 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga iqtisodiy va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlar uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga hamda odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1165-sonli Qonunning mazmun mohiyati

Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish borasida tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga iqtisodiy va ma’muriy sudlarga murojaat qilishda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan yangi huquqiy institutlarni amaliyotga joriy etish, shuningdek fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida ushbu sudlarning rolini yanada oshirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslariga hamda «Sudlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga iqtisodiy sudlarning ma’muriy boshqaruv tizimini soddalashtirishga va ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi ma’muriy sud tomonidan nizolarni hal etish jarayonida ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish tartibini nazarda tutuvchi norma bilan to‘ldirilmoqda.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksiga eksterritorial sudlovga tegishlilikni joriy etishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga davlat organining mansabdor shaxsi yoki uning vakili ma’muriy sudning majlisida majburiy ishtirok etishini ta’minlash tartibini, ishonchning huquqiy himoyasi prinsipini va dastlabki eshituv institutini kiritish nazarda tutilmoqda.

Shuningdek «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida to‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligi sababli qarzdorga nisbatan qo‘zg‘atilgan boshqa da’volar ko‘rib chiqilmagan hollarda, shuningdek dastlabki eshituv natijalariga ko‘ra ariza ko‘rmasdan qoldirilganda to‘langan davlat boji qaytarib berilishi belgilanmoqda.

Ushbu Qonun fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari uchun sudlarga murojaat qilishda yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga, sudlar faoliyati samaradorligini oshirishga, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan samarali sud nazoratini o‘rnatishga xizmat qiladi.

«24513-modda. Ma’muriy sudlar

Ma’muriy sudlar ma’muriy ishlarning muhokamasi chog‘ida ma’muriy huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda ushbu Kodeksning 180 va 181-moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqadi».

«111-modda. Ishonchning huquqiy himoyasi

Vijdonan harakat qiluvchi shaxsning ma’muriy organning qarori (mansabdor shaxsning harakati) qonuniy ekanligiga bo‘lgan ishonchi qonun bilan qo‘riqlanadi.

Ishonchni huquqiy himoya qilish asoslari va tartibi qonunchilik hujjatlarida belgilanadi»;

3) 33-modda:

quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Ushbu Kodeksning 32-moddasida belgilangan sudlovga tegishlilik arizachining eksterritorial sudlovga tegishlilikni tanlash haqidagi iltimosnomasiga ko‘ra o‘zgartirilishi mumkin. Bunday iltimosnoma mavjud bo‘lgan taqdirda, ariza (shikoyat) ushbu Kodeksning 32-moddasida yoki mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan sudga taqdim etiladi. Ishni ko‘radigan sudni aniqlash avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ushbu Kodeksning 32-moddasida va mazkur moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan sudning tanlanishi istisno etiladigan tartibda amalga oshiriladi»;

ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;

4) 105-modda quyidagi mazmundagi 21-band bilan to‘ldirilsin:

«21) dastlabki eshituv natijasi bo‘yicha arizachi arizani ko‘rmasdan qoldirish haqida arz qilgan bo‘lsa»;

5) 130-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanganida arizaga (shikoyatga) arizachining shu mazmundagi iltimosnomasi ham ilova qilinadi»;

6) 17-bobning nomi «muhokamasiga tayyorlash» degan so‘zlardan keyin «va dastlabki eshituv» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

7) 139-moddaning ikkinchi qismi «ajrimda bayon etilishi mumkin» degan so‘zlardan keyin «bundan dastlabki eshituv o‘tkaziladigan hollar mustasno» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

8) 140-modda quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

«Dastlabki eshituv o‘tkazilgan hollarda ishni sud muhokamasiga tayyorlash muddati yigirma kundan oshmasligi kerak»;

9) 17-bob quyidagi mazmundagi 1401-modda bilan to‘ldirilsin:

«1401-modda. Dastlabki eshituv

Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qonunchilikka mos kelmaydigan hamda fuqarolar yoki yuridik shaxslarning huquqlarini va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzadigan qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi ishni sud muhokamasiga tayyorlash jarayonida dastlabki eshituv o‘tkaziladi.

Sudya dastlabki eshituvni ariza sudga kelib tushgan kundan e’tiboran yigirma kundan kechiktirmay o‘tkazadi, ushbu muddat sud muhokamasi uchun belgilangan muddatga kiritilmaydi.

Dastlabki eshituvni o‘tkazish chog‘ida sudya:

1) arizachining talablarini va javobgarning e’tirozlarini aniqlashtiradi;

2) arizadagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi;

3) talablarni isbotlash uchun arizachiga zarur dalillarni hamda javobgarga fikrini yozma ravishda taqdim etish bo‘yicha tushuntirishlar beradi;

4) arizadagi talablarga va ishdagi dalillarga dastlabki huquqiy baho (ishga daxldor bo‘lmagan taraflarni almashtirish, qo‘shimcha javobgarni jalb qilish va boshqalar) beradi. Bunda ko‘rilayotgan ishning mazmunan hal etilishi bo‘yicha yakuniy fikr bildirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Dastlabki eshituv bo‘yicha majlisning vaqti va joyi to‘g‘risida taraflar buyurtma xat orqali yoki xabardor qilinganligi fakti qayd etilishini ta’minlaydigan aloqa vositalaridan foydalangan holda xabardor qilinadi.

Dastlabki eshituv bo‘yicha majlis o‘tkazilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, unda quyidagilar ko‘rsatiladi: majlis o‘tkazilgan sana va joy; ishni yuritayotgan sudning nomi; sudyaning va majlis kotibining (sudya yordamchisining yoki katta yordamchisining) familiyasi hamda ismi-sharifining bosh harflari; taraflar va ularga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; taraflar tomonidan berilgan tushuntirishlar.

Taraflar kelmagan taqdirda, sudya ushbu Kodeksning 140-moddasida ko‘rsatilgan harakatlarni amalga oshiradi. Bunday holda dastlabki eshituv bo‘yicha bayonnoma tuzilmaydi.

Dastlabki eshituv natijasiga ko‘ra arizani ko‘rmasdan qoldirish yoki kelishuv bitimini tasdiqlash yoxud ish bo‘yicha sud muhokamasini tayinlash to‘g‘risida ajrim chiqariladi»;

10) quyidagi mazmundagi 1481-modda bilan to‘ldirilsin:

«1481-modda. Ma’muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sudga kelmaganligi oqibatlari

Ma’muriy organning qarori yoki uning mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan berilgan arizani (shikoyatni) ko‘rishda mansabdor shaxsning yoki uning vakilining sud majlisidagi ishtiroki majburiy hisoblanadi.

Ushbu arizani (shikoyatni) ko‘rishda mansabdor shaxs yoki uning vakili sud majlisida ishtirok etmagan taqdirda sud muhokamasi keyinga qoldiriladi.

Ma’muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining sud muhokamasida ishtirok etmaganligi sud tomonidan uzrli deb topilmagan taqdirda, sud mansabdor shaxsga nisbatan sud jarimasini qo‘llashga haqli.

Ma’muriy organ mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtiroki ishning har tomonlama, to‘liq va to‘g‘ri hal qilinishiga to‘sqinlik qilmagan taqdirda, ish davlat organi mansabdor shaxsining yoki uning vakilining ishtirokisiz ko‘rib chiqilishi mumkin»;

11) 174-modda:

nomi «Xususiy ajrim» degan so‘zlardan keyin «va qaror» degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

quyidagi mazmundagi oltinchi, yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

«Ishni ko‘rishda mansabdor shaxsning yoki fuqaroning xatti-harakatlarida, ularning ishda ishtirok etishidan qat’i nazar, ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari aniqlansa, agar ushbu ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish qonunda mazkur sudning vakolatiga kiritilgan bo‘lsa, sud ularni ma’muriy javobgarlikka tortish masalasini ko‘rib chiqadi.

Ma’muriy javobgarlikka tortish to‘g‘risida sud qaror qabul qiladi.

Qaror ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin»;

12) 188-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ish ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoki ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakillari ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

Sud majlisining vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tarzda xabardor qilingan fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organining mansabdor shaxsi yoki uning vakili kelmaganligi ishni ko‘rish uchun to‘sqinlik qilmaydi. Biroq sud ushbu shaxslarning sud majlisiga kelishini majburiy deb topishi va ularni tushuntirishlar berish uchun sud majlisiga chaqirishi mumkin.

Ma’muriy organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishni ko‘rib chiqish chog‘ida sud ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari, harakatlar (harakatsizlik) qonuniyligini, ustidan shikoyat qilinayotgan qarorni qabul qilgan yoxud ustidan shikoyat qilinayotgan harakatni (harakatsizlikni) sodir etgan organning yoki mansabdor shaxsning vakolatlarini tekshiradi, shuningdek ustidan shikoyat qilinayotgan qaror yoki uning ayrim qismlari yoxud harakatlar (harakatsizlik) arizachining huquqlari va qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzganligini aniqlaydi.

Manfaatdor shaxsning ishonchi himoya qilinishi lozim bo‘lgan hollarda, sudning hal qiluv qarori asosida ommaviy huquqiy munosabatlar tugatilishi ushbu shaxs o‘z mulkidan mahrum bo‘lishiga yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelmasligi kerak».

Termiz tumanlararo

ma’muriy sudi sudya yordamchisi                                           

M.Jumayev

 

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button