Ўзбекистон

“O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1084-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati

Keyingi yillarda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklari, uning shaxsiy hayoti daxlsizligi, shaxsiy hamda oilaviy siri, shaʼni va qadr-qimmati ishonchli himoya qilinishini taʼminlashga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi.

Hozirgi vaqtda protsessual kodekslarda yopiq sud majlislarida ishtirok etgan shaxslar maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik haqida ogohlantirilishi koʻrsatilgan. Biroq, qonunchilikda bunday maʼlumotlarni oshkor qilganlik uchun javobgarlik choralari nazarda tutilmagan. Shu munosabat bilan yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni joriy etish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Shu munosabat bilan, Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 22-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-460-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 24-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-461-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 25-yanvarda qabul qilingan OʻRQ-462-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilib, mazkur Qonun bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlarini hamda tafsilotlarini oshkor qilishga yoʻl qoʻyilmasligi haqida ogohlantirilgan yopiq sud majlisida ishtirok etayotgan shaxslar tomonidan ularni sudning ruxsatisiz oshkor qilganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Ushbu Qonun sud protsessida shaxsning huquq va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga, shuningdek yopiq sud majlisi muhokamasi maʼlumotlari hamda tafsilotlari oshkor etilishining oldini olishga xizmat qiladi.

Termiz tumanlararo

ma’muriy sudi arxiv mudiri                                      

M.Jumayev

Related Articles

Back to top button