Ўзбекистон

Xotin-qizlar va yoshlar masalalari: O‘zbekiston va Ozarbayjon parlament aʼzolari o‘rtasidagi muloqot

Xiva shahrida Birinchi O‘zbekiston–Ozarbayjon parlamentlararo forumi doirasida ikki mamlakat parlamentlari vakillari o‘rtasida xotin-qizlar va yoshlar masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.

Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar, yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi Orzigul Kozixonova mamlakatimizda xotin-qizlar masalasi bo‘yicha olib borilayotgan siyosat, gender tenglikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, shuningdek, ayollar va bolalarni oilaviy zo‘ravonlikdan himoya qilish yo‘lidagi qonunchilik tashabbuslari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Ozarbayjon Milliy Mejlisi aʼzosi Tanzila Rustamxanli mamlakatimiz parlamentining bugungi faoliyati va tajribasini yuqori baholab, qonunchilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni eʼtirof etdi.

Muzokaralar davomida taʼlim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sohalarda o‘zaro tajriba almashish hamda yoshlar o‘rtasida madaniy-gumanitar loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston parlamenti va Ozarbayjon Milliy Majlisi o‘rtasida qonun ijodkorligi sohasida xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo‘yicha tajriba almashishga kelishib olindi.

Related Articles

Back to top button