Маданият

Maishiy zo‘ravonlik uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan, O‘RQ-829-sonli Qonuni mazmun-mohiyati

Mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan inson huquqlari va erkinliklarining kafolatisifatida adolatli sud-huquq tizimini shakllantirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda Qonun ustivorligini ta’minlash va qonuniylikni mustaxkamlash borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Sudlovning odilligini ta’minlovchi huquqiy maydon–umuminsoniy qadriyatlar va umume’tirof etilgan huquq andozalariga asoslangan, shaklan va mohiyatan yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Ularning asosiga qonuniylik, demokratizm, odillik, insonparvarlik, jinoiy qilmish uchun javobgarlikning muqarrarligi kabi odilona prinsiplar qo‘yilgan.

Mamlakatimizda nafaqat qonunchilik sohasida, balki qonunlarni amaliyotda qo‘llash, jazo tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish sohasida ham jiddiy o‘zgarishlar amalga oshirildi.

O‘tgan shu tarixan qisqa vaqt mobaynida amalga oshirilgan ishlarning salmog‘I beqiyos. Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishida sud islohotlari alohida o‘rin tutadi. U davlatimizdagi uch zabardast hokimiyatning biri sifatida, fuqarolarimizning huquqlari, erkinliklari daxlsizligi, qonun oldida barchaning barobarligi, mamlakat manfaati va el faravonligi yo‘lida qabul qilinayotgan qonunlar va ijroning Konstitutsiyaga muvofiqligini ta’minlash – bir so‘z bilan aytganda jamiyatda qonun va adolat tamoyillarini barqaror tutish kafolatidir.

Prezident tomonidan 11.04.2023 yildagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishvaqo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-829-son Qonun imzolangan.

Hujjat bilan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi huquq va manfaatlarini amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

Xususan, maishiy (oilaviy) zo‘ravonlik uchun javobgarlik belgilandi:

Ma’muriy javobgarlik, maksimal jazo chorasi: BHMning 10 baravaridan
20 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq;

Jinoiy javobgarlik, maksimal jazo chorasi: 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi. Maishiy zo‘ravonlikning og‘ir turlari uchun javobgarlik 14 yoshdan belgilandi.

Shuningdek, quyidagi harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi:

Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (ilgari jabrlanuvchi tariqasida faqat ayol kishi tan olingan, endilikda erkak kishining ham jinsiy erkinligi himoyalanmoqda)

Tazyiqni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyishetish;

Shaxsning sha’nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma’lumotlarni oshkor qilish.

Endilikda jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerakligi to‘g‘risidagi qoida quyidagi jinoyatlarga nisbatan xam tatbiq etilmaydi:

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo‘rlikishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish;

O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish;

Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xudi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish;

Voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish, fohishaxonalarni tashkil etish yoki saqlash.

Yuqoridagi jinoyatlar hamda 18 yoshga to‘lmagan shaxsni jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chorasi qo‘llanilmaydi.

Quyidagi jinoyatlarga jazo choralari kuchaytirilmoqda:

Ayolni o‘ zhomilasini sun’iy ravishda tushirishga majburlashga – BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlar iyoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi;

Nomusga tegish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;

Quyidagi tarzda nomusga tegish jinoyatini sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda:

Nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa (8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish);

18 yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan (ilgari shaxsning 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan holda);

Sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro‘zg‘or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo‘lgan shaxsga nisbatan;

Jabrlanuvchini tarbiyalash, o‘qitish va (yoki) unga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta’lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan (10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish).

Shuningdek, yuqoridagi holatlarda jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirganlik uchun ham jazo choralari kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, haq to‘lanadigan majburiy ishlarga jalb etish ma’muriy jazo chorasi kiritilmoqda. Ushbu turdagi jazo 8 soatdan 240 soatgacha qo‘llaniladi. Ushbu jazo quyidagi shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi:

  • pensiyayoshigayetganshaxslarga;
  • 18 yoshgayetmaganshaxslarga;
  • Homiladorayollarga;
  • 3 yoshgacha  farzandiborayollarga;
  • I va II guruh nogironligi bor shaxslarga;
  • Doimiyishgaegashaxslarga;
  • Harbiyxizmatchilarga

Haq to‘lanadigan jamoatishlariga jalb etiladigan shaxslar ish haqining ellik foizi aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzni to‘lashga yo‘naltiriladi

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aliment to‘lash bo‘yicha majburiyatlarga ega bo‘lgan chet el fuqarolariga  va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi hududidan ma’muriy tarzda chiqarib yuborish qo‘llanilmaydiShuningdek, quyidagilar uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatilmoqda:

Shahvoniy shilqimlik qilish, ya’ni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo‘lgan hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo‘lgan harakatlarni bir marta qo‘polravishda yoki bir necha marta sodir etish (BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha jarima yoki 5 sutkagacha ma’muriy  qamoq)

ota-ona yashash joyida vaqtincha bo‘lmaganda yoxud ular o‘z ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash bo‘yicha majburiyatlarini bajarmasligi uchun (BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima).

Qo‘llanilgan jazo chorasidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o‘ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo‘llanilganligidan qat’i nazar, qasddan odam o‘ldirganlik, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxsni jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan bog‘liq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik yoxud unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xudi shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki saqlaganlik, terrorizm uchun ilgari hukm qilingan shaxslarning ta’lim, tarbiya, bolalar sog‘lomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarida ishlashi hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi taqiqlanmoqda.

Endilikda ota-ona 3 oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o‘z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini ko‘rishi shart.

Ota-ona uch oydan ortiq bo‘lmagan muddatga  yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o‘z bolasini qarindoshlarining yoki  boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi shart.

Ta’qib etish ham tazyiq turiga kiritildi.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda uning xududiy tuzilmalari fuqarolik va ma’muriy sudlarga xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida beriladigan arizalar,  shikoyatlar va da’volar kiritganda davlat bojini to‘lashdan ozod qilinadi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Sariosiyo tumanlararo sudi raisi                                                    M.Nomozov

 

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button