Ўзбекистон

Bilib qo‘ygan yaxshi!

2024-yil 27-dekabr kuni «Davlat sirlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi (O‘RQ-1016).

Qonunga ko‘ra, davlat sirlari – davlat tomonidan qo‘riqlanadigan va sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga kiritilgan, oshkor etilishi O‘zbekiston xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan davlat ahamiyatiga molik sir va (yoki) xizmat sirini tashkil etuvchi ma’lumotlar va axborotlardir. Bunda davlat ahamiyatiga molik sir – oshkor etilishi respublikaning mudofaa qobiliyati, davlat xavfsizligi, iqtisodiy va siyosiy manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardir.

Qonun bilan qonunning amal qilish sohasi, asosiy tushunchalar hamda davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning davlat sirlari sohasidagi vakolatlari belgilangan.

Shuningdek, turli sohalarda davlat sirlariga taalluqli ma’lumotlar ro‘yxati keltirilgan, ma’lumotlarni davlat sirlariga kiritish tartibi va tamoyillari, sir saqlashning asoslari va muddatlari, shuningdek sir saqlanmaydigan ma’lumotlar belgilangan.

Hujjat bilan sir saqlashdan chiqarish asoslari va tartibi, ruxsatnoma berish tartibi, uni berish talablari, rad etish asoslari shuningdek, davlat sirlariga egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish, ularni uzatish tartibi, davlat sirlarini himoya qilish talablari, himoya tadbirlarini moliyalashtirish manbalari belgilangan.

Qonunda davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar xodimlari uchun imtiyozlar ham nazarda tutilgan.

Qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga;

— O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga;

— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlariga;

— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolariga;

— O‘zbekiston Respublikasi sudyalariga;

— O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan saylangan yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylangan va tayinlangan shaxslarga;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatiga lavozimga tayinlangan shaxslarga;

— O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga lavozimga tayinlangan shaxslarga;

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlangan shaxslarga davlat sirlaridan foydalanishga doir tegishli shakldagi ruxsatnoma tekshiruv tadbirlari o‘tkazilmasdan rasmiylashtirilishi  belgilab qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz ushbu qonun 2025-yil 29-mart kunidankuchga kiradi.

 

Surxondaryo viloyat sudining

sud statistikasini tizimli tahlil

qilish bo‘limi bosh konsultanti M.Mamatqoriyev

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button