Касбим-фахрим

Xodimning ish haqi sudning hal qiluv qaroriga asosan undirib berildi!

Xodimning ish haqi sudning hal qiluv qaroriga asosan undirib berildi!

Adliya bo‘limi da’vogar APning manfaatini ko‘zlab sudga da’vo ariza taqdim etib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limidan qonun talablari asosida tabiiy iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlarga to‘lanishi lozim bo‘lgan ustama pullarini undirib berishni so‘ragan.

Aniqlanishicha, mehnat shartnomasi va maktab direktorining 2018 yil 29 yanvardagi buyrug‘iga asosan AP ushbu kundan maktabning fizika o‘qituvchisi vazifasiga ishga qabul qilingan va u hozirda ushbu lavozimda ishlab kelmoqda.

 O‘zbekiston Respublikasikonstitutsiyasining 42-moddasiga ko‘ra, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Tuman xalq ta’limi bo‘limining 2023 yil 20 apreldagi 01-6/19-sonli javob xatiga ko‘ra, tumandagi ushbu umumta’lim maktabi ishchi xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 06 sentabrdagi 743-son qarori1-ilovasiga asosan 2020-2021 yil xarajatlar smetasida baland tog‘li tumanlarda ishlaganlik uchun barcha iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning xodimlari uchun mablag‘ ajratilmaganligi sababli to‘lov amalga oshirilmaganligi ko‘rsatilgan.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 06 sentabrdagi 743-son qarori bilan tasdiqlangan “Tabiiy iqlim va maishiy sharoitlari og‘ir va noqulay bo‘lgan joylarda ishlovchi xodimlar mehnatiga haq to‘lashga tuman koeffitsentlarini, shuningdek ularga har yili beriladigan qo‘shimcha ta’tilning eng kam muddatini belgilash va qo‘llash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 5-bandida ustama miqdori ish haqining O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq belgilangan va ustama hisoblanadigan oydan keyingi oyning boshida amal qiladigan 2019 yil sentabrdan boshlab mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,4 baravari miqdoridan ortiq bo‘lmagan ish haqi summasidan hisoblanishi, shuningdek qarorda ushbu iqlimda tumanlarda ishlaganlik uchun barcha iqtisodiy tarmoqlari va hududlarning xodimlari uchun dengiz satxidan 2001 metrdan 3000 metrgacha balandlikda mehnatga haq to‘lashda tuman koeffitsentlari bo‘yicha ustamalar miqdori 30 foiz qilib belgilangan.

Viloyat Gidrometeorologiya boshqarmasining javob xatiga ko‘ra, da’vogar ishlab kelayotgan ushbu qishlog‘i dengiz satxidan 2002 metr balandlikda joylashgan.

Ish hujjatlariga ko‘ra, da’vogar APga 2020-2021 yillar uchun jami 1.719.367 so‘m ustama hisoblangan, ammo javobgar tomonidan to‘lab berilmagan.

O‘zbekiston Respublikasi FPKning 226-moddasi 5-qismida, arz qilingan talablar javobgar tomonidan tan olingan va bu sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, ularni qanoatlantirish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi belgilangan.

Sud tomonidan aniqlangan ish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan holatlar da’voni qanoatlantirishga asos bo‘ladi deb ko‘rsatilgan.

Shunga ko‘ra, sud qayd etilgan holatlarni inobatga olib, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hisobidan APning foydasiga 1.719.367 so‘m ustama va pochta xarajati uchun to‘langan 33.000 so‘m, jami 1.752.367 so‘m undirildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha

Sariosiyo tumanlararo sudi sudyasi Q.X.Turanov

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button