Ўзбекистон

ODIL SUDLOVGA ERISHISHNING IMKONIYATLARINI YANADA KENGAYTIRISHNING USTUVOR YO‘NALIShLARI

  1.  

So‘nggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi. Shu bilan birga “Yangi O‘zbekiston-yangi sud” tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud-huquq tizimini isloh qilishni jadallashtirishni, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni joriy etishni talab etmoqda. 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish maqsadida, 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlangan bo‘lib, Strategiya doirasida quyidagilar odil sudlovni ta’minlashning ustuvor vazifalari etib belgilansin. “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish, adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish, fuqarolar hamda tadbirkorlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish, sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, sud qarorlarining qat’iy ijrosini ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish, sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg‘otish hamda halqning sudga nisbatan ishonch hisini shakillantirish orqali, 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha harakatlar dasturi Prezidentning 11-sonli farmoni asosida tasdiqlangan.

Mazkur farmon yuzasidan tegishli organ rahbarlari shuningdek, mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari Harakatlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o‘z vaqtida va to‘liq bajarilishi uchun shaxsan mas’ul etib belgilangan.  Oliy sud tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi bilan birgalikda jinoyat ishlari bo‘yicha sud qarorlari qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinganligini tekshirishning fuqarolarga qulay va soddalashtirilgan tartibini yaratish maqsadida quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko‘rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko‘rib chiqish, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko‘rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko‘rilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hay’atlarida taftish tartibida qayta ko‘rib chiqish, yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko‘rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilish mas’uliyatini yuklash.

Mazkur farmonga asosan tuzilgan strategiyaga 2023-2026-yillarga mo‘ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Strategiya) sud-huquq tizimining jadal isloh qilinishini ta’minlash, shuningdek, aholining odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Strategiya O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo‘nalishlari hamda istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek, sohaga ilg‘or xalqaro standartlarni yanada keng joriy etish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

  1. Strategiyaning asosiy vazifasi.

 “Inson qadri uchun” g‘oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo‘naltirish, adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o‘zining ishonchli himoyachisini ko‘rishiga erishish, fuqarolar hamda tadbirkorlarga o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyillarini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta’minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish, sudlar faoliyatini to‘liq raqamlashtirish, sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma’lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo‘yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, davlat nomidan sud qarorlarini qabul qilayotgan sudlar va sudyalarga, shuningdek, ularning qarorlariga nisbatan har bir fuqaroda, shu jumladan, barcha darajadagi mansabdorlarda hurmat ruhini shakllantirish, sud qarorlarining qat’iy ijrosini ta’minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas’uliyatini oshirish choralarini ko‘rish, sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg‘otish.    

2) Strategiyaning asosiy yo‘nalishlari

Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish. “Xabeas korpus” institutini yanada rivojlantirish orqali tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish.

Protsessual qonunchilikda advokatning vakolatlarini, shu jumladan dalillarni to‘plash va taqdim etish vakolatlarini kengaytirish.

Nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish. Yarashuv institutini qo‘llash doirasini yanada kengaytirish. Sud ishlari bo‘yicha ayrim toifadagi nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish.

Sud ish yurituvida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyilini amalda ta’minlash uchun ta’sirchan mexanizmlarni yaratish.

3) Odil sudlov sifatini tubdan oshirish

Sud ish yurituvi samaradorligini yanada oshirish choralarini ko‘rish. Yuqori sud instansiyalarining sud qarorlarini qayta ko‘rish faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholi uchun tushunarli va qulay, shuningdek, quyi sud xatolarini o‘z vaqtida to‘g‘rilashga ko‘mak beruvchi mexanizmlarni yo‘lga qo‘yish.

Hududlardagi aholi sonidan kelib chiqib, sudyalik shtat birliklari sonini bosqichma-bosqich oshirib borish.

Sudyalarning ixtisoslashuvi talab etiladigan toifadagi nizolar bo‘yicha ixtisoslashtirilgan sudyalar korpusini kengaytirish choralarini ko‘rish.

Sud ishlarini ko‘rishda yagona sud amaliyotini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rish. Oliy sud Plenumi qarorlariga sharhlarni tayyorlash amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

4) Sud hokimiyati mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish

Sudyalar faoliyatiga har qanday aralashuvlarga, shu jumladan, davlat idoralari va mansabdor shaxslar aralashuvlariga barham berishning qat’iy choralarini ko‘rish, bunday qilmishlar uchun javobgarlikni keskin kuchaytirish.

Sud ishlarini hal etishga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash.

Sudyalar daxlsizligini buzish holatlarida bevosita sudyalar tomonidan o‘z vaqtida ta’sirchan choralar ko‘rish imkoniyatlarini kengaytirish.

Protsessual tartibga rioya qilgan holda kelib tushgan murojaatlarning protsessual qonunchilik asosida ko‘rib chiqilishini ta’minlash.

Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish.

Ilg‘or xorijiy tajriba asosida sudlarning moliyaviy mustaqilligini to‘liq ta’minlash choralarini ko‘rish orqali ular faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag‘larni sudlar tomonidan mustaqil ravishda belgilash mexanizmlarini joriy etish. Bu chora tadbirlarning barchasi provardida odil sudlovni amalga oshirish bilan bir qatorda halqni sudga nisbatan ishonchini hamda qonun va sudga nisbatan xurmat munosabatini shakillantirish, orqali fuqarolarning davlatga nisbatan rozilik hisini uyg‘otgan bo‘lamiz.

Surxondaryo viloyati ma`muriy sudi

sudya katta yordamchisi Sh.Bobomurodov

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button