Ўзбекистон

Bilib qo‘ygan yaxshi!

O‘zbekistonda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishda ilk bor majoritar-proporsional (aralash) saylov tizimidan foydalanish rejalashtirilmoqda.

Majoritar tizim — bu o‘z saylov okrugida eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar saylangan deb topiladigan saylov tizimidir.

Masalan, Qonunchilik palatasiga 150 nafar deputatlarni saylashda 150 ta hududiy saylov okrugi shakllantiriladi. Ularning har biri fuqarolar ovoz beradigan saylov uchastkalariga bo‘linadi. Har bir saylov okrugidan bittadan deputat saylanadi.

Proporsional tizim — bu har bir partiya parlamentda qo‘lga kiritadigan o‘rinlar soni saylovda unga berilgan ovozlar soniga ko‘ra belgilanuvchi saylov tizimidir. Uning majoritar tizimdan farqi shundaki, bunda saylovchilarga partiyadan muayyan nomzodga emas, partiyaning o‘ziga ovoz berish taklif qilinadi.

Masalan, har bir partiya deputatlikka nomzodlar ro‘yxatini ovozga qo‘yadi. Partiyalar ro‘yxatlarni mustaqil ravishda tuzadilar, ularga eng faol, eng taniqli siyosiy arboblarni kiritadilar.

Deputatlikka nomzodlar ro‘yxatlari bilan tanishib chiqqach, saylovchi ulardan bittasi, o‘z navbatida, muayyan partiya foydasiga tanlov qiladi.

Partiyalarning parlamentdagi o‘rinlari soni saylovda qancha ovoz to‘plashiga bog‘liq. Masalan agar bir partiyani 30 foiz, ikkinchi partiyani esa 25 foiz saylovchilar qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Qonunchilik palatasida birinchi partiya 30, ikkinchi partiya 25 o‘ringa ega bo‘ladi va partiyalar bu o‘rinlarni o‘z ro‘yxatidagi nomzodlar o‘rtasida taqsimlaydi.

Aralash tizim — bu tizimda saylov okruglari bir mandatli va yagona saylov okruglariga bo‘linadi. Parlament quyi palatasi deputatlarining 75 nafari bir mandatli saylov okruglari bo‘yicha majoritar tizim, qolgan 75 nafari proporsional tizim bo‘yicha saylanadi.

Partiya ro‘yxatiga kiritilgan nomzodlar ushbu siyosiy partiyaning a’zolari yoki partiyasiz bo‘lishi mumkin. Boshqa siyosiy partiyaning a’zolari ushbu ro‘yxatga kiritilishi mumkin emas, deputatlikka nomzodlarni tanlash tartibi siyosiy partiyalar tomonidan belgilanadi.

Сурхондарё вилоят суди девонхона

катта консультанти М.Маматқориев

Related Articles

Back to top button