Касбим-фахрим

Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya so‘zi lotincha “corruptio”, ya’ni “buzish, sotib olish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’nolarni anglatadi. Korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish demakdir.

Qonun nuqtai nazaridan ta’rif beradigan bo‘lsak, korrupsiya – davlat organlari xodimlari moddiy yoki mulkiy yo‘sinda, g‘ayriqonuniy shaxsiy naf ko‘rish maqsadida, o‘z xizmat mavqeidan foydalanishida ifodalanadigan ijtimoiy hodisadir​.

Aslida korrupsiya biror mansabdor shaxsning qonunchilik va axloqqa zid ravishda o‘zining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlar maqsadida foyda olishidir.

«Asr vabosi» – ya’ni, korrupsiyaning kelib chiqishi inson nafsidanmi? Albatta, bizning bu ehtimolimiz bejizga emas. Chunki insoniyat paydo bo‘libdiki, uni nafsi bor, nafs bo‘lgan joyda suiiste’molchiliklar bor.

O‘z o‘rnida aytish joizki korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan.

Ma’lumki, korrupsiya o‘ziga tamagirlikni qamrab olgan holda jamiyatning ma’naviy ustunlari hamda demokratiyani yemirib, mamlakatning iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy taraqqiy etishi uchun ulkan xavf tug‘diradi.

Ushbu illatning oldirini olish, unga qarshi kurashish esa nafaqat huquqni muxofaza qiluvchi organlarning balki, har bir fuqaroning burchi xisoblanadi. Jaxon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, butun bir jamiyat yagona musht bo‘lib korrupsiyaga qarshi kurashsagina ushbu illatni tag tomiri bilan quritib tashlash mumkin bo‘ladi.

 

Mamatqoriyev Mo‘minjon Mamasharib o‘g‘li.

Surxondaryo viloyat sudi devonxona katta konsultanti

Related Articles

Back to top button