Ўзбекистон

Denov tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma’lumot

Kecha, 14-iyun kuni soat 23:08 da Denov tumani Namozgoh mahallasida joylashgan “Denov baraka yashil olami” MChJ hududidagi savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘lgan va bir qatorda joylashgan 5 ta savdo do‘konlarining 100 kvadrat metr maydonidagi oziq-ovqat mahsulotlari yong‘indan zararlangan.

Voqea joyiga Denov, Sho‘rchi, Oltinsoy va Sariosiyo tumanlari FVBlarining 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 23:16 da yetib borib, yong‘in soat 23:25 da qurshab olingan va soat 01:10 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in qutqaruvchilarining say-harakatlari natijasida majmuaning boshqa hududlariga yong‘in tarqalishining oldi olingan va favqulodda holat sodir bo‘lgan qatordagi savdo do‘konlarining 700 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Related Articles

Back to top button