Boy ta’lim
Ta’lim tizimi qandayligi davlatlarning asosan boy yoki qashshoqligini ko‘rsatib beradi. Hamma mamlakatda ta’lim tizimi va unga sarflaydigan mablag’lari har xil. O‘tgan yilgi ma’lumotlarga ko‘ra ta’limga eng ko‘p pul sarflaydigan davlatlar reytingida Norvegiya hali hamon birinchi. Bu mamlakatning ta’limi haqida so‘z borganda nafaqat yutuqlar darajasida,balki mamlakatning ushbu sohaga sarmoya kiritishi uchun sarflaydigan mablag’lari bo‘yicha ham boshqa davlatlarga qaraganda katta tafovut bor. Norvegiya o‘zining YaIM ning katta eng ulushini talimga sarflaydi.
Masalan boshqa rivojlangan mamlakatlarni olaylik: Amerika yoki Rossiya. Rossiya Federatsiyasi YaIM ning bor yo‘g’i 3.4 foizini sarf qilar ekan. Norvegiyaning ta’limga sarflaydigan mablag’i Rossiyanikidan deyarli 2 barobar ko‘p 6.7 foiz. Afrikadagi ta’limda eng qoloq davlatlar ham 1 yildagi YaIM ni 6.7 foizini sarflasa Norvegiyaning ta’limdagi ko‘rsatkichi bilan teng bo’lib qoladimi? Albatta yo’q. Hatto bizning mamlakatimiz ham YaIM ni 6.7 foizini sarflagani bilan ta’lim darajamiz Norveglarnikidek bo‘lolmaydi. Chunki bu ikki davlatning YaIM teng emas. 2023 yilgi hisob kitoblarga ko‘ra Norvegiya o’sha yilning o’zida ta’limga 437 milliard dollar ajratdi
Azamat JUMAYEV
O‘zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi