Касбим-фахрим

E’tibordan mamnun ko‘ngillar

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali mutaxassislari “Olis manzillar” loyihasi doirasida viloyatning eng chekka va olis qishloqlarida yashaydigan aholiga suyultirilgan gaz ballonlarining yetkazilishi, xizmatlar ko‘rsatish darajasini o‘rganmoqda. Bizning bu safargi manzilimiz  Sho’rchi tumanining “Guluston” mahallasi bo’ldi. Ushbu mahallada 846 nafar suyultirilgan gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, ulardagi maishiy gaz ballonlari soni 988 tani tashkil etadi. 2023-yilning ayni vaqtiga qadar iste’molchilar 39,520 tonna suyultirilgan gaz bilan ta’minlangan bo‘lsa, bugunning o‘zida 118 dona maishiy gaz ballonlarida 2,360 tonna suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Yuqoridagi loyiha orqali mutaxassislarimizning olis va chekka hududlardagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonini kuzatdik. Shu bahona viloyat markazidan juda olisda yashaydigan odamlarning bugungi hayot tarzi bilan ham tanishyapmiz. Olam keng, manzillar ko‘p, odamlar turfa. Yurt kezib, el tanib, fikr qilib yashashning zavqi o‘zgacha ekan. Manzil-u makonlar ichra shundaylari borki, u yerda bir kungina yashasangiz bas, odamlarining samimiy muomalasi va shukrona hissi sizga ham yuqqandek bo‘ladi. Shuuringizda allaqanday pozitiv, yengillik uyg‘onganini sezasiz.

Jamiyatimizda inson qadri yuqori, har bitta inson davlatimiz e’tiborida. Tasvirga olish jarayonida yo’l-yo’lakay Shuhrat aka Rahmonov xonadonida bo’ldik.

Bundan besh-olti yil avval menga juda qiyin edi. Ko’zlarim ko’rmaydi, uyda yolg’iz qolganimda juda qiynalar edim. O’zim uchun choy va ovqat tayyorlash uchun qayerdan o’tin topaman, o’tin topsam ham o’choqni qayday yoqaman degan o’ylar ko’p edi. Gaz degani jonning rohati ekan. Oilam va bolalarim ish va o’qishdan horib kelganida bir zumda ovqatingiz pishadi, choyingiz qaynaydi.

Inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan mamlakatimizda yoshu-keksaning hayotdan rozi bo‘lib yashashi uchun barcha sharoit yaratilmoqda. Bu jarayonda olis, chekka hududlarda yashayotgan yurtdoshlarimizga ham alohida e’tibor qaratilayotgani quvonarlidir. Tuman gaz ta’minoti bo‘limi xodimlari mahalla iste’molchilariga olib kelgan gaz ballonlarini tarqatib bo‘lgunicha olis, chekka manzilda yashayotgan odamlar bilan suhbatlashdik. Ularning turmush tarzi, yuz berayotgan o‘zgarishlarga munosabati bilan qiziqdik. – Gaz ballon ayniqsa, ayollarimiz uchun huzuri jon bo‘ldi, – deydi Boboxonov Abdurashid. – O‘choqqa o‘tin qalab, choy qaynatmaydi, ovqat pishirmaydi. Suyultirilgan gazni lip etkizib yoqib qo‘ysa bas, barchasi bir pasda muhayyo bo‘ladi. Bundan tashqari, xonadonlarimizga toza ichimlik suv quvurlarini ham tortib berishgan. Yo‘llarimiz yaxshilanmoqda. Xizmatlar ko‘rsatish yil sayin o‘sib bormoqda. Bu kabi obodlik va to‘kinlikka faqat shukrona aytish kerak.

 Shuni alohida ta’kidlash joizki, aholiga uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish, ularga qulaylik yaratish, bu boradagi muammolarini bartaraf etish gaz ta’minoti filiali xodimlarining asosiy vazifalaridan biri. Kelgusida filial jamoasi bu borada amalga oshirlayotgan ishlar ko‘lamini yanada yaxshilash barobarida, voha qiyofasini tubdan yangilashga, aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga bel bog‘lashgan. Buning uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button