Din manqurtlari oramizda!
Shakllanish bosqichiga ko‘ra insoniyat o‘zaro jamoa bo’lib yashashni afzal deb biladi. Buning bugungi kundagi zamonaviy ko’rinishi, oila yoki maxalladir. Bir-biriga mehr-oqibatli bo’lib yashaydigan insonlar davr qancha o’zgarmasin, jabr-zulmlar ostida hayot kechirmasin, tarix sinovidan o’tgan o’z qadriyatlariga sodiq bo’lib yashashni ma’qul ko’radilar. Buni zamonaviy fikrlaydigan, dunyoga teran nigoh bilan boqadigan odam to’g’ri tushunishi, tan olishi va uni hurmat bilan qabul qilishi lozim.
Ming afsuski, mana shunday tarixiy xaqiqatni anglamaydigan kuchlarning g’arazli maqsadlari ba’zi-ba’zida o’z bo’y-bastini namoyon etib qoladi. Va eng qiziq tomoni o’z yot qarashlarini bizning hayotimizga majburan singdirishga urinishadi. Ochik so’z bilan aytadigan bo’lsak diniy ekstremizm ana shunday ma’naviyatimizga qaratilgan hurujlardan biri.
Nimaga aynan ma’naviyatga degan xaqli savol tug’iladi. Yana tarixga nazar tashlaymiz. Dunyodagi qaysi bir tajovuzkor, zo’ravon kuchlar bo’lmasin, eng birinchi o’rinda egallamoqchi bo’lgan davlatlarini qurolsizlantirish emas, aksincha, ma’naviyatini egallash, diniy qadriyatlaridan qolaversa, e’tiqodlaridan tondirish, milliy tuyg’ulari, madaniyatidan judo qilishga urinadi. Shu bois ham bugun butun dunyo davlatlari eng sovuq qurollardan emas, inson ma’naviyatini, milliy mafkurasini, yashash g’oyasini uzgartiruvchi qurollardan qo’rqadi. Achinarlisi, bu qurollar sirasiga din ham kirmoqda. Aynan buzg’unchi g’oyalarni olg’a suruvchilar tomonidan o’z maqsadlari singdirilgan, asliyatdan ancha uzoq taomillar kiritilgan va buzib talqin qilingan taomillarga boy din.
Olimlarning kuzatuvlari shuni ko’rsatmoqdaki, bugun o’z xamyoni dardida yelib yugurayotgan, ma’lum bir davlatlarda avj oladigan notinchliklar evaziga moddiy naf ko’rishni maqsad qilgan ko’poruvchilik harakatlari aynan samoviy dinlardan niqob, kerak bo’lsa qurol sifatida foydalanishmoqda. Xalifalik davlatini barpo etish vaji bilan qanchadan qancha insonlarning qonini to’kayotgan manqurtlar armiyasi odatda tajovuz qilgan davlatining amaldagi konstitutsion tuzumini izdan chiqarishga harakat qiladi. Ko’ziga qon to’lgan olomon yoqlaydigan “jixod” esa qattik ishonch va zaif e’tiqodning mevasi holos. Shuni ham unutmaslik kerakki, xox u islom, xox xristianlik dini bo’lmasin, e’tiqod muxim axamiyat kasb etadi. Oxirat va savob, din uchun xizmat qilish g’oyasi insonning kungil extiyoji bilan uzviyligini hisobga olsak, bugun xavflilik darajasiga ko’ra missionerlik yoki sektalar ham bir chekkada jimgina qarab turgani yo’q. Qay yo’l bilan bo’lmasin moddiy imkoniyatlarini oshirishni maqsad qilgan tudalar insonlarning ongini boshqarishga, diniy qarashlari bilan boglik e’tikodlariga putur yetkazishga harakat kilyapti. “Agar sen bizning dinimizga o’tsang unday bo’ladi. Uning taomillariga to’liq rioya etsang bunday bo’ladi”, singari da’vatlar ortida nimalar yashiringanligini esa ular tomonidan amalga oshirilayotgan xunrezliklar ko’p bora fosh etib ko’ymoqda. Xususan “Iegova shoxidlari”, “Masixiylar”, “Baptistlar”, “Ellikchilar” singari noislomiy diniy tashkilotlarning aldovlari shunchaki magzi puch xurofotdan boshqasi emasligi deyarli xammaga ayon. Ming afsuski, “deyarli”, so’zini ishlatishdan o’zga choramiz yo’q. Chunki butun dunyo ularni tuzog’iga tushib qolmaslik uchun ma’naviy qo’llanayotgan, ogoh bo’layotgan bir paytda e’tiqodi sust, oyat bilan suraning, ok bilan qoraning farqiga bormaydiganlar ham uchrab turibdi. Ismi sharifini shartli ravishda o’zgartirgan suhbatdoshimiz “Munisaxon” ham ana shunday ishonuvchan insonlardan biri. Bir muddat oldin u o’zi e’tiqod etadigan dinidan voz kechib, “masixiylik” dinini qabul qilgan va keyinchalik missionerlik harakatlariga qo’shilib qolganligini anglab yetgan. Uch nafar farzandning onasi, oliy ma’lumotli va yaxshigina hunarning sohibasi boshdan kechirganlari xaqida quyidagilarni xikoya kilib berdi.
-Ishim uyimda tikuvchilik bilan shug’ullanishimga halakit bermas edi. Ro’zg’orimiz men va turmush o’rtog’imning topganlari bilan farovon bo’lib, mijozlarim ishimga qarab xaq tulardi. Ayniqsa ular orasida “Natalya” mexnatimni yaxshi baxolar, suhbatlarimiz orasida mexnatkashligimni ko’p bor e’tirof etardi. U bilan munosabatlarimiz juda qalin bo’lib ketdi. Xatto bir necha bor uning uyiga mexmonga xam borganman. “Natalya” pulni ayamasdi. Kam mexnat qilib, ko’p pul topishini aytib maqtangan hollari xam bo’lgan. Odatda uning uyiga borgan vaqtlarimiz xushbo’y mushklardan tutatar, asabni tinchlantiradigan spirtsiz ichimliklardan taklif etardi. Muattar bo’ydan bahra olib, orombaxsh ichimliklardan iste’mol qilib dildan gaplashib utirar edik. Kunlarning birida u masixiylik dinini qabul qilishni taklif etdi. Boshda norozi bo’ldim. Keyin qachon uchrashsak faqat shu mavzuda gan ochadigan bo’ldi. Men o’zim bilmagan holda unga itoat etdim. Boshqa dinga o’tganligimni esa turmush o’rtog’imdan yashirdim va agar u kishi mening bu qarorimni bilsa ajrashib ketishimiz tayinligini yaxshi bilardim.
“Dinni qabul kilish shunchaki ibodat bilan kifoyalanmaydi. Dinga biz ham o’z hissamizni qo’shishimiz kerak. Jamoadoshlarimiz bilan katta bir xayrli ishni boshlaganmiz. Seni ham ulushing bormi?”, deya kunlarning birida so’rab qoldi u. Men xech ikkilanmay o’yimizni sotib, pulini unga berishga qaror qildim. Chunki uning ko’pgina tanishlari bilan uchrashgan vaqtimiz ular muqaddas Iso uchun shunday qilish kerakligini, ozgina uylanib, taklifni muxokama etsa osiy bo’lishni tushuntirishgan edi. Uyni sotish xaqidagi gan og’zimdan chiqqani hamon turmush o’rtog’imdan baloga qoldim. U nima uchun uyni sotamiz, buncha pul senga nima uchun kerak, uyni sotsak kaerda yashaymiz, kimlar bilan uchrashayapsan, kabi savollari bilan meni ko’mib tashladi. Men jazavaga tushdim va xatto dinimni o’zgartirganimni ham ro’y rost aytdim.
Shundan so’ng erim menga nisbatan jiddiy chora ko’rishga majbur bo’ldi. Uning birinchi bo’lib qilgan ishi xuquqni muxofaza qiluvchi idoralarga habar berish edi. Men esa shunda ham erimni etiqodsizlikda, mening qarorimni hurmat qilmaslikda ayblabman. Oradan biroz vaqt o’tgach “Natalya”ning aslida firibgar ekanligini, odamlarni aldab mol-mulkiga tajovuz qilishini anglab yetdim. Uning jinoiy harakatlari yuzasidan bo’lib o’tgan sudga meni ham chaqirishdi va o’zim kabi aldangan o’nlab odamlarni ko’rdim. Sudda “Hatalya” xar bir qarmog’iga ilingan odamni xushbo’y xidli mushk va salkin ichimliklari bilan o’ziga bo’ysundirishini aytdi.
“Munisaxon” hikoyasiga yakun yasar ekan, qattik pushaymonlik bilan ogir xo’rsindi. So’ng adashgan ayolning ko’zlarida yosh xalqaladi. Aslida esa bunday holat nafaqat “Munisaxon” balki “Men bilan bunday holat xech qachon bo’lmaydi”, deya o’ziga ishonch bilan gapiruvchi istalgan inson bilan ham yuz berishi mumkin. Chunki ezgulik va yovuzlik yonma-yon yashab kelgani kabi, insonni to’g’ri yo’ldan chalg’ituvchi omillar ham nihoyatda ko’p. Vaziyatga oqillik bilan baho beruvchi, doim ogoh va yuksak ma’naviyatli insonlargina nafaqat avliyo niqobidagi iblislarning chirkin to’riga ilinmaydi, balki ularga qarshi qurashishga ham tayyor bo’ladi.
B.Baratov