Касбим-фахрим

“HUDUDGAZ SURXONDARYO” GAZ TA’MINOTI FILIALI TOMONIDAN PRESS-TUR O‘TKAZILDI

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillari uchun “Surxondaryo viloyatida gaz ta’minotidagi islohotlar va sohadagi o‘zgarishlar, aholiga bu borada yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar” mavzusida press-tur tashkil etildi.

Press-turda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyati, Toshket shahar, Toshket, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarining gaz ta’minoti filiallari axborot xizmati rahbarlari ishtirok etdi.

Dastlab press-tur ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi “Maxsus iqtisodiy va kichik sanoat zonalari muxandislik-kommunikasiya infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi №PQ-5101-qarori iqtisodiy zonalarni tashqi-muxandislik-kommunikasiya tarmoqlari bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlarning manzilli ro‘yxati “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi hududigacha gaz quvurlarni tortish belgilangan. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 1-2-iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda o‘tkazilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlarida “Termiz” erkin iqtisodiy zonasi va Termiz shahri iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta‘minlash uchun g Angor tumani “Bahor” mahallasi hududida joylashgan “Qoraqir” AGRSdan kesimi d-219 mm bo‘lgan jami 38,9 km yuqori bosimli gaz tarmog‘i qurilishini ta’minlash topshirig‘i berilgan bo‘lib, mazkur ob’yektning loyiha-smeta hujjatlari to‘liq ishlab chiqilib, shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi DUKning Surxondaryo viloyati filialidan ekspertizadan o‘tkazilgan.

Hozirgi kunga qadar ushbu ob’yektda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining mashina-mexanizm hamda qurilish montaj boshqarmasi ishchi xodimlari kuchi bilan L-24 km.dan ziyod quvurlarning qurilishi amalga oshirildi.

 Mazkur ob’yekt qurilishi yakuniga yetgach Termiz shahar aholisini ya’ni, shaharning “Guliston”, “Kattabog‘”, “Gulira’no”, “Surxon Sohili”, “Majnuntol”, “Yulduz”, “Bog‘ishamol”, “Manguzar”, “Chegara”, “Kokildorota”, “Namuna”, “A.Navoiy”, “Tinchlik”, “Jo‘yjangal”, “Ma’rifat”, “Mehrabod” mahallalarni barqaror tabiiy gaz bilan ta’minlashga erishilib, 10 mingtaga yaqin ko‘p qavatli va hovli uylar hamda ko‘plab ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining tabiiy gaz ta’minotini yaxshilanishiga erishilishi mumkin. Ushbu jarayonlar bilan press-tur ishtirokchilari yaqindan tanishibgina qolmay, o‘z ko‘zlari bilan ko‘rib guvohi ham bo‘lishdi.

Shu bilan birga, shahar va qishloqlarda namunaviy loyihalar asosida barpo etilayotgan massivlar, ko‘p qavatli turar joy binolari, ishlab chiqarish korxonalari va boshqa ob’yektlarga gaz tarmoqlari tortish borasida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali tomonidan muayyan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button