Касбим-фахрим

BUGUN YANGILIKLAR SARI INTILYAPMIZ

Bugun mamlakatimizda davlat organlarining xalq oldidagi hisobdorligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar tobora qizg‘in tus olmoqda. Ayni jarayonda xalq bilan ochiq muloqot o‘tkazish, fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan -masalalarni qonun talablari asosida hal etish va pirovardida inson manfaatlarini ta’minlash muhim o‘rin tutayotir.

Gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarning vaqtida hal etilishiga, ularning ijrosini ta’minlashda, tezkorlik bilan o‘rganib, fuqarolar huquqlarini himoya qilish asosiy maqsadimizlarimizdan biri hisoblanadi.


 Bugun fuqarolar bilan ishlashda asosan nimalarga e’tibor qaratilmoqda?

Iste’molchiga har tomonlama ko‘maklashish bizning asosiy maqsadimiz ekan, bevosita ularning murojaatlarini vaqtida hal etib berishga harakat qilamiz. Albatta, murojaatlar turli yo‘nalishlarda. Ularning hal etilishi esa uzoq muddat emas, balki qisqa vaqtni talab etadi. Shuning uchun ham biz doim faol va tashabbuskor bo‘lishimiz shart. Muhimi, mas’uliyatni his etishimiz darkor. Jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlar Fuqarolar qabulxonasi, elektron pochtasi, (76) 221-05-97 raqami ostidagi “call-centre” xizmati hamda ijtimoy tarmoqlardagi maxsus guruhlar orqali qabul qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi, Bosh vazirning virtual qabulxonasi, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi virtual qabulxonasi hamda “Hududgazta’minot” AJ Boshqaruvi raisi virtual qabulxonalari orqali ham kelib tushmoqda.

  Fuqaro murojaatlarining amaliy yechimining hal etilishi uchun asosan nimalarga e’tibor qaratiladi?

Murojaatlar yuqorida aytib o‘tganimizdek turli manzillardan keladi. Ularni vaqtida hal etish uchun esa biz dastlab bevosita murojaatchining o‘zi bilan bog‘lanib, muammosi bilan yaqindan tanishamiz. Ijrosi belgilab berilgan muddatgacha nazoratga olinadi. Shubhasiz, har bir muammo hamkasblar tomonidan joyida o‘rganiladi. Agar murojaat asosli bo‘lsa o‘z vaqtida, joyida yechiladi. Albatta qonun doirasidan kelib chiqqan holda ko‘maklashamiz. Shuningdek, tushuntirish ishlarini ham olib boramiz.

Ta’kidlash zarur havo haroratining keskin pasayishi natijasida ijtimoiy tarmoqlar orqali soha bilan bog‘liq bir qator murojaatlar kelib tushadi. Ularning amaliy yechimi esa uch kunga qolmay hal etilmoqda. Bu esa fuqarolar uchun juda katta ko‘mak deb o‘ylayman.

Murojaatlarning yechimi bilan bog‘liq muammolar, e’tirozlar ham uchrab turadimi?

Asosiy maqsadimiz – ish metodini mustahkamlash, har bir ishni vaqtida bajarishdan iborat ekan, murojaatlar yechimida ham doim e’tiborli bo‘lib, faoliyatimizni o‘z vaqtida bajarib, xalqqa yaqin bo‘lishimiz kerak deb o‘ylayman. Barchamiz kelib tushayotgan muammolarning aniq yechimini topishga harakat qilamiz. Shuning uchun bugungi kunga qadar bu bilan bog‘liq e’tirozlar kelib tushganicha yo‘q.

Iste’molchilar bilan muloqatni yanada yaxshilash maqsadida:

Gaz ta’minoti xizmatlari sifatini oshirish bo‘yicha taklif va shikoyatlarni o‘rganish, filial hamda mijoz o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilash maqsadida “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining (76) 221-06-14 “Ishonch” telefoni, avariya-dispetcherlik xizmatining “104” va “Call-markaz”ning (76) 221-05-97, (76) 221-25-10 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yaratilgan. O‘zaro ishonchga asoslangan muloqot, albatta, iste’molchi va yetkazib beruvchilarning samarali va teng huquqli aloqalarini ta’minlashga, natijada yuklatilgan vazifalarni bajarib, xalqimiz oldida yuz yorug‘ bo‘lishiga xizmat qiladi.

 Bugun yangilanishlar sari intilyapmiz, murojaatlarni qabul qilishda yana nimalarga e’tibor qaratish zarur deb o‘ylaysiz?

Murojaatlar bilan ishlashda avvalo murojaatchining aniq maqsadi bilan o‘rtoqlashish zarur deb o‘ylayman. Shubhasiz, murojaatlarni qabul qilishda zamonaviy innovasiyaga ko‘proq tayanish vaqti keldi. Bunda esa shubhasiz, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiliklariga yo‘l qo‘yilmaydi. Chunki hal qilingan muammo nafaqat fuqaroning, balki butun bir jamiyatning yashash sharoitiga ta’sir qiladi. Shuning uchun biz tizimda aniqlik va shaffoflikka doim tayanamiz. Muhimi, fuqaro bilan ishlashda ilg‘or innovasion texnologiyalardan foydalanib, gaz ta’minoti tizimida mavjud tushunmovchiliklarni bartaraf etishda intilmog‘imiz lozim. Shundagina muammolar kamayadi, vaqtida hal etilishiga erishiladi.

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida, to‘liq, beg‘araz o‘rganish hamda ular yuzasidan qonuniy choralar ko‘rishda rahbar va mansabdor shaxslar yanada mas’uliyat bilan yondashishi shart ekani alohida ta’kidlandi. Bu esa xalqning adolatga, boshqacha aytganda, davlatga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button