Касбим-фахрим

AHOLI XONADONLARI VA ULGURJI ISTE’MOLCHILARIGA ZAMONAVIY “AQLLI” ELEKTRON GAZ HISOBLAGICHLAR O‘RNATILMOQDA

Keyingi yillarda malakatimizda energiya ta’minoti — xususan, aholiga gaz yetkazib berishda zamon talablariga muvofiq, eng ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash tizimi joriy etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4388-son qarori, hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1062 — sonli qaroriga ko‘ra, “Hududgazta’minot” AJ tomonidan respublikamizning barcha hududlaridagi aholi xonadonlari va ulgurji iste’molchilariga zamonaviy “AQLLI” elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilmoqda.

Mazkur jarayonlar Surxondaryo viloyatining barcha hududlarida xususan, Termiz shahar, Angor tumani, Sherobod tumanlarida ham jadal sur’atlarda davom etmoqda.

Termiz shahrida 26727 ta tabiiy gaz iste’molchilari mavjud bo‘lib, hududda gaz hisoblagichlarini o‘rnatish ishlari bugungacha shahardagi 25472 ta xonadonlarga zamonaviy hisoblagichlar o‘rnatildi.

-“Aqlli” gaz hisoblagichlarni o‘rnatishga Termiz shahrida shartnoma asosida malakali gaz payvandchilardan iborat 23 ta brigada jalb etilgan. Ayni kunlarda shaharning Jomiy, Sahovat, Shifokor mahallalarida hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari davom etmoqda, deydi,- “Termizshahargaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Husniddin Berdimurodov.

— Aholi xonadonlariga gaz hisoblagichlar o‘rnatish “Hududgazta’minot” AJ tomonidan mutlaqo bepul bo‘lib, u iste’molchi uchun ham ta’minotchi uchun ham qulay imkoniyatlarga ega, -deydi “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta’minoti filialining Tabiiy gazni hisobga olishni nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish xizmati bo‘limi mutaxassisi Mamurbek Kattayev. — Bu tabiiy gazni to‘liq, aniq va ishonchli hisobga olinishini ta’minlash, shuningdek, tabiiy gaz ta’minotidagi yo‘qotishlarni kamaytirish va iste’molchilarning to‘lov madaniyatini oshirishga xizmat qiladi. Hisoblagichlar o‘rnatilgandan so‘ng xonadon egasi o‘z hisobidan onlayn tarzda xabardor bo‘lib boradi va faqat iste’mol qilgan gaz uchun haq to‘laydi. Bundan tashqari, laboratoriya davlat qiyoslov ko‘rigi ham o‘n yil deb belgilangan. Davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish ham bepul bo‘lib ortiqcha ovvoragarchiliklar talab qilinmaydi.

Bugungacha Angor tumanida 2519 ta xonadonlarga , Sherobod tumanida esa 4000 ga yaqin xonadonlarga zamonaviy “smart” gaz hisoblagichlar o‘rnatib bo‘lindi. Jarayonlar davom etmoqda.

Endi, gaz uchun to‘lovlarni uydan chiqmagan holda “Apelsin”, “Paynet”, “Payme”, “Joyda”, “Oson”, “Upay”, “Ipoteka Mobile”, “Davr Mobile” kabi mobil to‘lov tizimlari orqali amalga oshirish mumkin.

 Shuningdek, “Mikrokreditbank”, “Qishloqqurilishbank”, “Asakabank”, “Savdogarbank”, “Trastbank”, “Tenge Bank”, “Xalq banki”, “O’zsanoatqurilishbank”, “Ipotekabank” hamda “Davr bank” tijorat banklarining to‘lovlarni qabul qilish punktlari orqali amalga oshirish imkoniyati mavjud.

“Hududgazta’minot” AJ iste’molchilar to‘lovni amalga oshirishda gaz ta’minoti tashkilotlariga borib, qimmatli vaqtlarini ketkazishga hojat yo‘qligini ma’lum qilib, yaratilgan imkoniyatlardan keng foydalanishni tavsiya etadi.

“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati

Related Articles

Back to top button