AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASH YO‘LIDA
Aholini uzluksiz ravishda tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash soha xodimlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali tomonidan aholining “zangori yoqilg‘i” bilan barqarorligini ta’minlashga asosiy e’tibor qaratilgan.
Ayni paytda “Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali tomonidan gaz ta’minotini yaxshilash choralari ko‘rilib, eskicha usulda ishlashning har qanday shakllaridan to‘laligicha voz kechilmoqda.
Jumladan, aholiga suyultirilgan hamda tabiiy gazni o‘z vaqtida yetkazib berish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, gaz quvurlarini mukammal ta’mirlash ishlarini muddatida bajarish va gaz taqsimlash punktlarini doimiy nazorat qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning eng samaralisi Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan «Obod qishloq», «Obod mahalla», «Obod markaz» dasturlari ijrosini ta’minlashdagi xizmatlardir.
Xususan, dasturga kiritilgan hududlarda tabiiy hamda suyultirilgan gaz ta’minotini yaxshilash bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Unga muvofiq, o‘tgan 2020 yilda chekka hududlardagi xonadonlar, ijtimoiy va iqtisodiy ob’yektlar ro‘yxati shakllantirilib, belgilangan chora-tadbirlarga muvofiq gaz ta’minoti uzluksizligini ta’minlashga erishilmoqda. Bundan tashqari, tabiiy gaz ta’minotini yaxshilash uchun gaz quvurlarini ta’mirlash, gaz quvurlarini bosim ostida sinash va gaz taqsimlash punktini texnik taftishdan o‘tkazish hamda gaz quvurlarini bo‘yash ishlari rejalashtirildi. Mazkur ishlar joriy yilda ham amalga oshirilishi belgilangan.
Bilamizki, iste’molchilarning kundalik hayotda maishiy ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan ta’minotlardan biri bu tabiiy hamda suyultirilgan gazdir.
«Hududgaz Surxondaryo» gaz ta‘minoti filiali tomonidan ham bu borada zaruriy barcha profilaktik chora tadbirlar olib borilmoqda.
Jamiyatining barcha ishchi xodimlari gaz iste’molchilariga «zangori olov» ni yetkazib berishi uchun tinim bilmay harakat qilishmoqda. Ayniqsa, sinovli kunlarda o‘z vazifalarini xar doimgidanda to‘laqonli, astoyidil bajarishga kirishganmiz. Viloyat aholi xonadonlari uchun 2021 yil 3 choragi davomida 19 927,5 tonna suyultirilgan gaz fondi ajratilgan bo‘lib, amalda 17 842,3 tonna yetkazib berildi, yoki rejani 90% bajardik, -deydi «Hududgaz Surxondaryo» gaz ta‘minoti filiali Suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha direktor o‘rinbosari O‘tkir Turdiyev.
Aytish kerak, gaz ta’minoti filiali tomonidan iste’molchilarga karantin vaqtida xotirjam uylarida o‘tirishlari, ular uchun tabiiy va suyultirilgan gaz ta’minotida uzulishlar bo‘lmasligiga asosiy e’tiborni qaratilib, buning uchun qo‘shimcha chora-tadbirlar qo‘llanilmoqda.
— Gapning ochig‘ini aytganda, avvallari aholining viloyatda gaz ta’minotiga noto‘g‘ri munosabatda bo‘lib kelingan edi, -deydi muzrabotlik Ramazon Xasanov.
— Aholi tomonidan yuzaga kelgan noto‘g‘ri munosabatning asosiy sabablaridan biri chekka hududlarga gaz yetib bormasligidan edi. Bugungi kunda mazkur muammo bartaraf etildi va chekka hududlarga o‘z vaqtida suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilmoqda. Soha xodimlariga katta rahmat.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, aholiga uzluksiz tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berish, ularga qulaylik yaratish, bu boradagi muammolarini bartaraf etish gaz ta’minoti filiali xodimlarining asosiy vazifalaridan biri. Kelgusida filial jamoasi bu borada amalga oshirlayotgan ishlar ko‘lamini yanada yaxshilash barobarida, voha qiyofasini tubdan yangilashga, aholining turmush madaniyatini yuksaltirishga bel bog‘lashgan. Buning uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan.
“Hududgaz Surxondaryo” gaz ta‘minoti filiali matbuot xizmati