Ўзбекистон

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga oʻz hissamizni qoʻshamiz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son farmoniga muvofiq “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur hujjat kelgusi 7 yilda Oʻzbekistonning asosiy rivojlanish yoʻnalishlarini belgilab beruvchi muhim hujjat hisoblanib, 5 ta ustuvor yoʻnalish doirasida 100 ta maqsadga erishishga qaratilgan. Uning maqsadlari va samaradorlik koʻrsatkichlari aholi tomonidan oson qabul qilinib, tushunish uchun qulay shaklda bayon etilgan.

“Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi mamlakatning barqaror va inklyuziv rivojlanishini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan va Oʻzbekistonning uzoq muddatli rivojlanish yoʻnalishlarini belgilaydi. Unda turli sohalardagi islohotlar, iqtisodiy oʻsish, taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimlarining takomillashtirilishi, ekologik barqarorlikni taʼminlash va davlat boshqaruvini zamonaviylashtirish kabi maqsadlar koʻzda tutilgan.

Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi oʻzida quyidagi asosiy gʻoyalarni aks ettirgan:

  • barqaror iqtisodiy oʻsish orqali daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan davlatlar qatoridan oʻrin olish;
  • aholi talablariga va xalqaro standartlarga toʻliq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
  • aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
  • xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
  • mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash.

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi quyidagi 5 ta ustuvor yoʻnalishdan iborat:

  • har bir insonga oʻz salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish;
  • barqaror iqtisodiy oʻsish orqali aholi farovonligini taʼminlash;
  • suv resurslarini tejash va atrof-muhitni muhofaza qilish;
  • qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish;
  • “xavfsiz va tinchliksevar davlat” tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish.

Yuqoridagilardan koʻrinib taribdiki, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi aholining yashash tarzini yanada yaxshilash, hamda yuqori daromadli mehnat bilan band qilinishi, yurtimiz farovon boʻlishi, yoshlar ilm olishi, atrof-muhitni muhofaza qilish kabi eng dolzarb masalalarning hal etilishi belgilangan.

Biz yoshlar ham Oliy oʻquv yurtlarida barcha bilimlarni mukammal egallab “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasiga oʻz hissamizni qoʻshamiz.

Shapsanov Rustam

O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti

Related Articles

Back to top button