Madaniyat

YER UCHASTKASINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLGANLIK UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK

Yerdan qonuniy va oqilona foydalanish, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilish hamda yer qonunchiligi buzilishining oldini olish muhim ahamiyatga ega. Qonunchilikda yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 229¹-moddasi 1-qismiga muvofiq, yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan unga nisbatan qonuniy huquqlar mavjud bo‘lmagan holda undan foydalanish xuddi shunday harakat uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin yana sodir etilsa, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ushbu qilmish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima, uch yilgacha axloq tuzatish ishlari, besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 91-moddasiga muvofiq, o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari tegishliligiga ko‘ra qaytariladi. Yerni foydalanishga yaroqli holatga keltirish, shu jumladan noqonuniy qurilmalarni buzish bilan bog‘liq xarajatlar ham qonunchilikda belgilangan tartibda yerni egallab olgan shaxs zimmasiga yuklanishi mumkin.

Shu sababli fuqarolar yer uchastkasini egallash yoki unda qurilish ishlarini boshlashdan oldin yerga bo‘lgan huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlarni tekshirishlari lozim. Yerdan foydalanishda qonun talablariga rioya qilish huquqiy nizolar va javobgarlikning oldini olishga xizmat qiladi. Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olish qonunchilikda belgilangan hollarda jinoiy javobgarlikka olib keladi. Yerga oid qonun talablariga rioya qilish har bir fuqaroning mas’uliyatidir.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Uzun tuman sudining raisi

F.Mirzakulov

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Check Also
Close
Back to top button