O`zbekiston

Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘RQ-1003-sonli qonuni mazmun mohiyati

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga raqamli dalillar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 27-avgustda qabul qilingan bo‘lib,

Senat tomonidan 2024-yil 24-oktabrda ma’qullangan.

Keyingi yillarda mamlakatimizda insonning o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun teng imkoniyatlar yaratish, ishning haqiqiy holatlarini har tomonlama, to‘liq va xolisona aniqlashga doir qonun talablariga so‘zsiz rioya etish, taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi prinsiplarini hayotga tatbiq etish orqali inson huquq va erkinliklari samarali himoya qilinishini ta’minlash bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga jamiyat hayotining turli sohalarini jadal raqamlashtirish, odamlarning axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yanada ko‘proq hamkorlik qilishi va buning oqibatida jinoyatlar sodir etilishi, raqamli muhitda fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari buzilishi hollarining keng tarqalishi raqamli dalillarning institutsionallashtirilishini va ular bilan bog‘lik ishlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari mustahkamlanishini talab etmoqda.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga, Fuqarolik protsessual kodeksiga, Iqtisodiy protsessual kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga va O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksiga raqamli dalillar tushunchasini, raqamli dalillarni to‘plash, taqdim etish, mustahkamlash, ko‘zdan kechirish, tekshirish va baholash, ularni saqlash, qaytarish hamda yo‘q qilish tartibini belgilovchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Bundan tashqari “Notariat to‘g‘risida”gi, “Hakamlik sudlari to‘g‘risida”gi va “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida raqamli dalillarni guvohlantirish va ularni tekshirish tartibi nazarda tutilmoqda.

Ushbu Qonun fuqarolar va tashkilotlarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Surxondaryo viloyat jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati sudyasi J.Xudoyberdiyev

Related Articles

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

Back to top button