YERDAN QONUNGA XILOF FOYDALANISH — MA’MURIY JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI!

O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining
60 va 60¹-moddalari
Hurmatli fuqarolar! Yer uchastkalaridan foydalanishda qonuniylikka rioya qilish, yerning belgilangan chegaralarini saqlash, o‘zboshimchalik bilan yer egallash va noqonuniy qurilishlarning oldini olish muhim ahamiyatga ega.
Yer uchastkasiga egalik qilish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqi qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim.
MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSNING
60-MODDASIGA MUVOFIQ
- Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan qonuniy huquqi bo‘lmagan holda undan foydalanish:
- Fuqarolarga — 30 BHM miqdorida jarima.
- Mansabdor shaxslarga — 70 BHM miqdorida jarima.
- O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yerda, shuningdek ajratilgan yer uchastkasiga tutash yoki tutash bo‘lmagan yer maydonlarida qurilish ishlarini amalga oshirish:
- Fuqarolarga — 200 BHM miqdorida jarima.
- Mansabdor shaxslarga — 400 BHM miqdorida jarima.
- Birinchi marta yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olish holatida qonunda belgilangan shartlar bajarilsa:
Shaxs egallangan yer uchastkasini qaytarishni ta’minlasa va o‘zboshimchalik bilan egallash oqibatlarini bartaraf etsa, ushbu huquqbuzarlik uchun javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
MA’MURIY JAVOBGARLIK TO‘G‘RISIDAGI KODEKSNING
60¹-MODDASI
Sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha yer egasi, yerdan foydalanuvchi yoki ijarachi tomonidan choralar ko‘rilmaganligi, shu jumladan vakolatli organlarni egallash holati haqida xabardor qilmaganlik uchun:
- Fuqarolarga — 20 BHM miqdorida jarima.
- Mansabdor shaxslarga — 50 BHM miqdorida jarima.
FUQAROLAR NIMALARGA RIOYA QILISHI KERAK?
- Yer uchastkasining kadastr hujjatlari va chegaralarini tekshirish.
- Yer maydonini o‘zboshimchalik bilan kengaytirmaslik.
- Davlat va umumiy foydalanishdagi yerlarni egallamaslik.
- Yerga qonuniy huquqni rasmiylashtirmasdan qurilish ishlarini boshlamaslik.
- Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish.
- Yerga oid huquqbuzarliklar aniqlansa, vakolatli organlarga xabar berish.
QONUNI BILISH — HUQUQNI HIMOYA QILISH!
O‘zboshimchalik bilan yer egallash va noqonuniy qurilishlardan tiyiling. Yer resurslarini asrash barchamizning mas’uliyatimiz!
Surxondaryo viloyat
sudining sudyasi
A.O‘taev




