{"id":22304,"date":"2026-11-11T03:57:15","date_gmt":"2026-11-11T00:57:15","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=22304"},"modified":"2026-11-11T03:57:15","modified_gmt":"2026-11-11T00:57:15","slug":"odil-sudlovga-erishish-imkoniyatlari-yanada-kengaymoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=22304&lang=kr","title":{"rendered":"ODIL SUDLOVGA ERISHISH IMKONIYATLARI YANADA KENGAYMOQDA"},"content":{"rendered":"<p>Odil sudlovga erishish imkoniyati huquqiy davlatning asosiy o\u02bblchov mezonlaridan biridir. Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq har kimga o\u02bbz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.<\/p>\n<p>Biroq bu huquq sudga murojaat qilish imkoniyati bilan cheklanmaydi: u ishning xolis sud tomonidan ko\u02bbrilishini va qarorning mustaqil yuqori instansiya tomonidan qayta ko\u02bbrib chiqilishini ham qamrab oladi. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to\u02bbg\u02bbrisidagi xalqaro paktning 14-moddasi 5-bandi ushbu qayta ko\u02bbrish huquqini alohida kafolat sifatida belgilaydi.<\/p>\n<p>Shu bois, qayta ko\u02bbrib chiqish tizimining institutsional tuzilishi &#8212; qaysi sud, qaysi tartibda va kimning qarorini tekshirishi masalasi \u2013 odil sudlov sifatining hal qiluvchi omil hisoblanadi.<\/p>\n<p>Sud xolisligi ikki o\u02bblchovda talqin qilinadi: subyektiv (sudyaning shaxsiy manfaatdorligi yo\u02bbqligi) va obyektiv (sudning xolisligiga tashqi ta\u2019sirlarning yo\u2018qligi). BMTning Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari va Bangalor sud xulq-atvori prinsiplari xolislikni mustaqillik bilan teng darajadagi asosiy qadriyat sifatida belgilaydi. Konstitutsiyaning 136-moddasi sudyaning faqat Konstitutsiya va qonunlarga bo\u02bbysunishini mustahkamlagan.<\/p>\n<p>Muhimi shundaki, sud mustaqilligi tashqi (boshqa hokimiyat tarmoqlaridan) mustaqillik bilan bir qatorda ichki \u2013 sud tizimining o\u02bbzi ichidagi ierarxik ta\u02bcsirdan xoli bo\u02bblishni ham anglatadi. Agar tekshiruvchi va tekshiriluvchi sud bir tashkiliy makonda, bir rahbariyat va bir korporativ muhitda faoliyat yuritsa, obyektiv xolislik talabi zaiflashadi.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda bu yo\u02bbnalishda jiddiy islohotlar amalga oshirildi. 2023-yil 16-yanvardagi PF-11-son Farmon bilan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlandi. 2023-yil 27-sentabrdagi O\u02bbRQ-869-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksiga, 25-dekabrdagi O\u02bbRQ-887, O\u02bbRQ-888 va O\u02bbRQ-884-son qonunlar bilan esa Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslariga hamda Ma\u02bcmuriy javobgarlik to\u02bbg\u02bbrisidagi kodeksga o\u02bbzgartirishlar kiritilib, nazorat instansiyasi o\u02bbrniga taftish instansiyasi joriy etildi, kassatsiya vakolatlari viloyat sudlariga o\u02bbtkazildi, ishni quyi sudga qaytarish amaliyoti tugatilib, har bir instansiya zimmasiga yakuniy qaror chiqarish majburiyati yuklatildi.<\/p>\n<p>Ushbu o\u02bbzgarishlar ish ko\u02bbrish muddatlarini qisqartirgan bo\u02bblsa-da, tizimda tarkibiy ziddiyat saqlanib qoldi: viloyat sudida apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko\u02bbrilgan ishlar aynan o\u02bbsha sudning o\u02bbzida taftish tartibida qayta ko\u02bbrildi.<\/p>\n<p>Darhaqiqat, yuzaga kelgan muammolardan biri \u2013 hududiy o\u02bblchov: taftish yuklamasining markazlashuvi fuqaroni \u00abadolat izlab\u00bb poytaxtga borishga majbur qilib, iqtisodiy va geografik to\u02bbsiqlarni kuchaytiradi. Shu bilan birga eng muhim muammolardan biri \u2013 sudya faoliyatini baholashda bekor qilingan qarorlar ulushidan foydalanish, bu sudyani yuqori sud pozitsiyasiga oldindan moslashishga undaydi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 14-avgustdagi Farmoni bilan tasdiqlangan \u00abOdil sudlov \u2014 2030\u00bb strategiyasi 57 ta vazifa, 2026\u20132028-yillarga mo\u02bbljallangan 160 ta chora-tadbir va 2030-yilgacha 33 ta maqsadni belgilaydi. Tahlil uchun eng ahamiyatli qoida shundan iboratki, 2027-yil 1-iyuldan yurisdiksiyasi bir necha ma\u02bcmuriy-hududiy birlikni qamrab oladigan hududlararo sudlar tashkil etilib, viloyat sudlarida apellyatsiya va kassatsiya saqlangan holda taftish vakolati shu sudlarga o\u02bbtkaziladi. Bu bilan sudning o\u02bbz qarorini o\u02bbzi qayta ko\u02bbrib chiqishiga chek qo\u02bbyiladi \u2013 ya\u02bcni obyektiv xolislik muammosi institutsional darajada hal etiladi.<\/p>\n<p>Strategiyada boshqa mexanizmlar ham nazarda tutilgan: 2027\u20132030-yillarda fuqarolik ishlari bo\u02bbyicha tuman va shahar sudlarini tashkil etish; \u00abyagona darcha\u00bb tamoyili va noto\u02bbg\u02bbri sudga berilgan arizani fuqaroga qaytarmasdan tegishli sudga yuborish; tergov sudyasi vakolatlarini kengaytirib \u00abasosli gumon\u00bb (prima facie) standartini joriy etish; ochiq \u00abpretsedentlar reyestri\u00bb; 2028-yildan \u00absud ma\u02bcmurchiligi\u00bb instituti. Ushbu chora-tadbirlar odil sudlovga erishishning geografik, protsessual va axborot to\u02bbsiqlarini bir vaqtda kamaytirishga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Bu tahlillar natijasiga ko\u2018ra, quyidagi taklif va tavsiyalarni amaliyotga tadbiq etish Odil sudlovning amalga oshirilishiga ko\u2018maklashadi. Protsessual kodekslarga hududlararo sudlarning taftish vakolatiga doir normalar kiritilishi bilan bir qatorda, \u00absud o\u02bbzi apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko\u02bbrgan ishni taftish tartibida qayta ko\u02bbra olmaydi\u00bb degan taqiq alohida norma sifatida bayon etilishi lozim. Bu strategiya g\u02bboyasini tashkiliy chora emas, barqaror protsessual kafolat darajasiga ko\u02bbtaradi.<\/p>\n<p>Asoslanganlik standartini majburiyat darajasida mustahkamlash. Yuqori instansiya sudi ish natijasiga ta\u02bcsir qilishi mumkin bo\u02bblgan har bir dalilni qarorda alohida tahlil qilishi shartligi belgilanishi kerak.<\/p>\n<p>Sudyani baholash mezonlarini qayta ko\u02bbrib chiqish. Bekor qilingan qarorlar ulushi hal qiluvchi mezon sifatida qo\u02bbllanilmasligi, uning o\u02bbrniga qaror asoslanganligi, muddatlarga rioya va protsessual madaniyat mezonlari joriy etilishi lozim.<\/p>\n<p>Monitoring va oshkoralik. Strategiyaning 33 ta maqsadi doirasida ochiq ko\u02bbrsatkichlar tizimi (bekor qilish darajasi, ish ko\u02bbrish muddatlari, elektron murojaatlar ulushi, aholi ishonchi so\u02bbrovlari) yo\u02bblga qo\u02bbyilib, yillik hisobotlar Oliy sud saytida e\u02bclon qilinishi maqsadga muvofiq.<\/p>\n<p>Muxtasar aytganda, taftish vakolatining apellyatsiya va kassatsiya bilan bir sud doirasida jamlanishi obyektiv xolislik talabiga to\u02bbliq javob bermas edi. \u00abOdil sudlov &#8212; 2030\u00bb strategiyasi bilan bu vakolatning hududlararo sudlarga o\u02bbtkazilishi mazkur ziddiyatni institutsional darajada bartaraf etuvchi asosli yechimdir. Islohotning amaliy natijasi esa uning protsessual qonunchilikdagi ifodasiga \u2013 instansiyalarning ajratilganligi, taftish asoslarining aniqligi, ishlarni tasodifiy taqsimlash va qaror asoslanganligi standartiga bog\u02bbliq bo\u02bbladi.<\/p>\n<p><strong>A\u2019zamberdi Aliqulov,<\/strong><\/p>\n<p><em>Jinoyat <\/em><em>ishlari bo\u2018yicha <\/em><\/p>\n<p><em>Uzun tuman tergov <\/em><em>sudyasi<\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Odil sudlovga erishish imkoniyati huquqiy davlatning asosiy o\u02bblchov mezonlaridan biridir. Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq har kimga o\u02bbz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari va mansabdor shaxslarning qonunga xilof qarorlari, harakatlari va harakatsizligi ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi. Biroq bu huquq sudga murojaat qilish imkoniyati bilan cheklanmaydi: u ishning xolis sud tomonidan ko\u02bbrilishini &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22240,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22304"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22304"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22304\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22305,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22304\/revisions\/22305"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/22240"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22304"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22304"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22304"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}