{"id":22274,"date":"2026-10-22T18:14:25","date_gmt":"2026-10-22T15:14:25","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=22274"},"modified":"2026-10-22T18:20:06","modified_gmt":"2026-10-22T15:20:06","slug":"sud-ocherki-adolat-qaror-topganda-mehnat-huquqi-himoyasi-mehnat-inson-hayotida-nafaqat-tirikchilik-manbai-balki-uning-qadr-qimmati-jamiyatdagi-orni-va-ertangi-kunga-ishonchini-be","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=22274","title":{"rendered":"Sud ocherki\u2014 adolat qaror topganda-mehnat huquqi himoyasi !"},"content":{"rendered":"<p>Mehnat inson hayotida nafaqat tirikchilik manbai, balki uning qadr-qimmati, jamiyatdagi o\u2018rni va ertangi kunga ishonchini belgilaydigan muhim omildir. Shu bois xodimning mehnat qilish huquqini himoya qilish, mehnat munosabatlarida qonuniylik va adolatni ta\u2019minlash sudlar faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Fuqaro XNAning ishga tiklanishi bilan bog\u2018liq fuqarolik ishi ham qonun ustuvorligi va buzilgan huquqni tiklashning amaliy ifodasi bo\u2018ldi. XNA 2025-yil 2-iyunda Qishloq xo\u2018jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligida ishga qabul qilingan. Biroq Agentlik direktorining buyrug\u2018i bilan u egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va mehnat shartnomasi bekor qilingan.<\/p>\n<p>Xodim mazkur qarorni qonunga xilof deb hisoblab, o\u2018z huquqlarini tiklash maqsadida sudga murojaat qilgan. Da\u2019vogar sudda mehnat vazifalarini halol va vijdonan bajarib kelganini, ishga qabul qilinish vaqtida tegishli hujjatlari ish beruvchi tomonidan o\u2018rganilganini bildirgan. Javobgar vakili esa ishga qabul qilish jarayonida avvalgi sudlanganlik holati haqida ma\u2019lumot berilmagani va qonunchilik talablari buzilgani haqida vajlar keltirib, da\u2019voni rad etishni so\u2018ragan. Shu tariqa sud oldidagi asosiy masala \u2014 ish beruvchining buyrug\u2018i qonun talablariga muvofiq chiqarilganmi va xodimning mehnat munosabatlarini davom ettirishiga qonuniy to\u2018siq mavjudmi, degan savol bo\u2018ldi.<\/p>\n<p>FIB sudi ish materiallarini, taraflarning tushuntirishlarini va taqdim etilgan dalillarni har tomonlama o\u2018rgandi. Sud O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasida belgilangan munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash hamda mehnati uchun adolatli haq olish huquqiga tayandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari va ish beruvchining buyrug\u2018ini rasmiylashtirishga oid Mehnat kodeksi normalari tahlil qilindi. Sud aniqlaganidek, ish beruvchining buyrug\u2018ida mehnat shartnomasini bekor qilishning huquqiy asosi tegishli bandlari va aniq ta\u2019rifi bilan to\u2018liq ko\u2018rsatilmagan.<\/p>\n<p>Mehnat munosabatlarini davom ettirishga monelik qiluvchi holatlar yetarlicha asoslanmagan, xodimni boshqa ishga o\u2018tkazish yoki unga mavjud boshqa ishni taklif etish choralari ham ko\u2018rilmagan. Sud, shuningdek, ish materiallaridagi ma\u2019lumotlar va sud hujjatlarini baholab, da\u2019vogarning sudlanganlik holati mavjud emasligi to\u2018g\u2018risidagi ma\u2019lumotni ham inobatga oldi. Natijada 2026-yil 10-iyunda sud da\u2019vo talablarini qanoatlantirish haqida hal qiluv qarori qabul qilgan. Agentlik direktorining 2026-yil 27-yanvardagi buyrug\u2018i g\u2018ayriqonuniy deb topilib, bekor qilingan.<\/p>\n<p>XNA avvalgi \u2014loyiha ofisi bosh mutaxassisi lavozimiga ishga tiklandi. Shu bilan birga majburiy bekor yurgan vaqti uchun 69 236 024 so\u2018m ish haqi, 21 000 000 so\u2018m ma\u2019naviy zarar va 41 200 so\u2018m pochta xarajati undirish belgilandi. Qarorning ishga tiklash qismi darhol ijroga qaratilishi ko\u2018rsatildi. Birinchi instansiya sudining xulosasi javobgar tomonidan qabul qilinmadi va Agentlik kassatsiya shikoyati bilan murojaat qilgan.. Shikoyatda ish holatlariga to\u2018liq baho berilmagani hamda moddiy va protsessual huquq normalari buzilgani ta\u2019kidlanib, hal qiluv qarorini bekor qilish so\u2018raldi.<\/p>\n<p>Da\u2019vogar esa sud qarorini o\u2018zgarishsiz qoldirishni so\u2018rab, e\u2019tiroznoma taqdim etdi. 2026-yil 18-sentabrda viloyat sudining sudlov hay\u2019ati ishni kassatsiya tartibida ko\u2018rib chiqdi. Hay\u2019at birinchi instansiya sudining dalillarga bergan bahosini va qonun normalarini qo\u2018llashini tekshirib, ish beruvchi buyrug\u2018ida bekor qilish asoslari aniq va to\u2018liq ko\u2018rsatilmagani, xodimga boshqa ish taklif etish choralari ko\u2018rilmagani kabi holatlarni e\u2019tiborga oldi.<\/p>\n<p>Kassatsiya shikoyatida keltirilgan vajlar hal qiluv qarorini bekor qilish yoki o\u2018zgartirish uchun asos bo\u2018la olmasligi haqida xulosaga kelindi. Shu asosda viloyat sudi sudlov hay\u2019atining ajrimi bilan sudining 2026 yil 10 iyundagi hal qiluv qarori o\u2018zgarishsiz qoldirildi. Bu xulosa ishni ko\u2018rishda qonun talablariga amal qilish, ish beruvchi qarorining asosliligini tekshirish va xodimning buzilgan mehnat huquqlarini samarali himoya qilish muhimligini yana bir bor ko\u2018rsatdi. Ushbu ishning ahamiyati faqat bir xodimning ishga qaytarilgani yoki unga tegishli to\u2018lovlar belgilanganidagina emas.<\/p>\n<p>U har qanday mehnat munosabatida ish beruvchi ham, xodim ham qonun talablariga rioya etishi shartligini eslatadi. Mehnat shartnomasini bekor qilishda umumiy vajlar bilan cheklanib qolish mumkin emas: qaror qonuniy asosga ega bo\u2018lishi, buyruqda tegishli asos va uning mazmuni aniq ko\u2018rsatilishi, qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillarga amal qilinishi lozim. Sudlar tomonidan dalillarni xolisona baholash va qonun normalarini izchil qo\u2018llash orqali fuqarolarning huquqlari tiklanishi jamiyatda qonun ustuvorligiga bo\u2018lgan ishonchni mustahkamlaydi.<\/p>\n<p>Mazkur hal qiluv qaror bilan xodimnining ishi ham shu haqiqatni namoyon etdi: huquq buzilgan deb hisoblagan shaxs sudga murojaat qilish orqali o\u2018z manfaatlarini himoya qilish imkoniga ega, sud esa har bir holatni qonun va dalillar asosida baholashi shart. Adolat \u2014 faqat qabul qilingan qaror emas, balki insonning huquqi e\u2019tirof etilib, uni tiklash uchun qonuniy chora ko\u2018rilganida namoyon bo\u2018ladi. Birinchi instansiya sudining ishga tiklash haqidagi hal qiluv qarori viloyat sudi kassatsiya instansiyasida ham o\u2018zgarishsiz qoldirilgani mehnat huquqlarini himoya qilishda sud nazoratining ahamiyatini tasdiqladi. Eng muhimi, ushbu ishda qonun ustuvorligi va xodimning mehnat huquqlarini himoya qilish tamoyili o\u2018z ifodasini topdi.<\/p>\n<p><strong>Nomozov Muzaffar Ergashovich<\/strong><\/p>\n<p><strong>Surxondaryo viloyat sudining sudyasi. <\/strong><\/p>\n<p><strong>22.10.2026-yil<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mehnat inson hayotida nafaqat tirikchilik manbai, balki uning qadr-qimmati, jamiyatdagi o\u2018rni va ertangi kunga ishonchini belgilaydigan muhim omildir. Shu bois xodimning mehnat qilish huquqini himoya qilish, mehnat munosabatlarida qonuniylik va adolatni ta\u2019minlash sudlar faoliyatida alohida ahamiyat kasb etadi. Fuqaro XNAning ishga tiklanishi bilan bog\u2018liq fuqarolik ishi ham qonun ustuvorligi va buzilgan huquqni tiklashning amaliy ifodasi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":22277,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[5],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22274"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22274"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22274\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22278,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22274\/revisions\/22278"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/22277"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22274"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22274"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22274"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}