{"id":22260,"date":"2026-10-22T17:45:44","date_gmt":"2026-10-22T14:45:44","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=22260"},"modified":"2026-10-22T17:49:46","modified_gmt":"2026-10-22T14:49:46","slug":"yer-togrisidagi-qonunining-mazmun-mohiyati-dolzarbligi-bugungi-kunda-mamlakatimizda-amalga-oshirilayotgan-huquqiy-islohotlar-doirasida-yer-maydonlaridan-oqilona-va-qonuniy-foydal","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=22260","title":{"rendered":"Yer to\u2018g\u2018risida&#187;gi Qonunining mazmun mohiyati dolzarbligi"},"content":{"rendered":"<p>Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar doirasida yer maydonlaridan oqilona va qonuniy foydalanish, ularning muhofazasi hamda o\u2018zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilishlarning oldini olish davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biriga aylandi.<\/p>\n<p>Zero, yer\u2014bu na faqat iqtisodiy rivojlanish uchun asosiy resurs, balki u millatning istiqboli va avlodlarimizga qoladigan muqaddas merosdir. Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan yerga nisbatan hurmatsizlik bilan qarash, huquqiy savodxonlikning yetishmasligi yoki ba\u2019zan bilib turib qonunni buzish holatlari hozirgi kunda ham kuzatilmoqda.<\/p>\n<p>Jumladan, maxsus ruxsatnomalarsiz yer maydonlarini egallab olish, o\u2018zboshimchalik bilan qurilish ishlarini amalga oshirish, tabiiy muhitga zarar yetkazish holatlari nafaqat qonunbuzarlik, balki jamiyat manfaatlariga qarshi qilingan harakatdir.<\/p>\n<p>Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev rahbarligida qabul qilinayotgan farmon va qarorlarda, jumladan, 2024 yilda yangi tahrirda qabul qilingan &#171;Yer to\u2018g\u2018risida&#187;gi Qonunda yer bilan bog\u2018liq huquqiy munosabatlar aniq belgilab berildi. Bu qonunda yerlarning davlat tomonidan muhofaza qilinishi, ulardan faqat belgilangan tartibda foydalanilishi shartligi hamda o\u2018zboshimchalik bilan yer egallash holati qonun oldida javobgarlikka sabab bo\u2018lishi haqida mustahkam norma va talablar belgilandi.<\/p>\n<p>Xususan, Ma\u2019muriy javobgarlik to\u2018g\u2018risidagi kodeksning 53-moddasida yer uchastkasini o\u2018zboshimchalik bilan egallab olish holati uchun ma\u2019muriy javobgarlik belgilab berilgan bo\u2018lsa, Jinoyat kodeksida ham bunday harakatlar og\u2018ir oqibatlarga olib kelgan holatda jinoiy javobgarlikka tortish masalalari ko\u2018rsatib o\u2018tilgan.<\/p>\n<p>Shuningdek, davlatimizda shaharsozlik va qurilish sohasidagi tartib-intizomni ta\u2019minlash maqsadida qabul qilingan qarorlar asosida, endilikda har qanday qurilish faqat belgilangan rejalar asosida, davlat organlarining maxsus ruxsatlarini olgan holdagina amalga oshirilishi kerak.<\/p>\n<p>Aks holda, qurilgan inshoot qonunsiz deb topilib, buzib tashlanishi va qurilishga sarflangan mablag\u2018larning bekorga ketishi mumkin. Bunday holatda nafaqat qurilish qilgan shaxs, balki uning atrofidagi jamiyat ham qonunbuzarlikning asoratlarini his qiladi. Ayni paytda, davlat organlari tomonidan yer maydonlarini nazorat qilishda zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanilmoqda.<\/p>\n<p>Masalan, havodan dronlar yordamida kuzatuvlar olib borilmoqda, geoaxborot tizimlari (GIS) orqali kadastr ma\u2019lumotlari to\u2018liq raqamlashtirilmoqda. Bu esa har qanday o\u2018zboshimchalik bilan yer egallash yoki noqonuniy qurilishni aniqlash va unga tezkor huquqiy baho berish imkonini yaratmoqda.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, huquqbuzarlik holatlarini aniqlash va bartaraf etishda jamoatchilik nazorati, fuqarolarning faol ishtiroki muhim o\u2018rin tutadi. Bugungi kunda joylarda davlat rahbarining topshirig\u2018iga asosan, hokimliklar, Yer resurslari qo\u2018mitasi, prokuratura va ichki ishlar idoralari hamkorligida maxsus ishchi guruhlar tashkil etilgan bo\u2018lib, ular tomonidan noqonuniy yer egallash, begona yerga qurilish olib borish, yerlardan maqsadsiz foydalanish kabi holatlar yuzasidan tekshiruvlar olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Jinoyatlar aniqlangan hollarda esa, huquqiy baho berilib, jazo muqarrar qilinyapti. Buni hayotning o\u2018zi ham tasdiqlamoqda: sudlar tomonidan oxirgi ikki yilda minglab noqonuniy yer egallash holatlari yuzasidan qarorlar chiqarildi va bu holatlar yo\u2018q qilindi. Shu o\u2018rinda bir haqiqatni alohida ta\u2019kidlash joizki, qonunga itoat qilish \u2014 faqat jazodan qochish vositasi emas, balki vatanparvarlik va fuqarolik burchidir. Yerdan noqonuniy foydalanish faqat shaxsiy manfaat emas, balki jamoat va kelajak avlod manfaatlariga qarshi harakat hisoblanadi.<\/p>\n<p>Har bir fuqaro yerdan foydalanishda qonunlarga rioya qilsa, na faqat o\u2018zining huquqiy xavfsizligini ta\u2019minlaydi, balki yurtimizda qonuniylikni mustahkamlashga o\u2018z hissasini qo\u2018shadi. Davlatimizda yer-huquq munosabatlarida adolat, shaffoflik va qonuniylikni ta\u2019minlash, korrupsiya omillarini bartaraf etish va huquqbuzarliklarning oldini olish davlat siyosati darajasiga ko\u2018tarilgan.<\/p>\n<p>Shu maqsadda olib borilayotgan keng ko\u2018lamli targ\u2018ibot-tashviqot ishlari ham aynan shuni ko\u2018zda tutadi. Fuqarolarga tushuntirish, qonun normalarini xalqqa yetkazish, har bir yer maydoni \u2014 umumxalq boyligi ekanini anglatish, inson va jamiyat o\u2018rtasidagi huquqiy madaniyatni yuksaltirish bugun har bir davlat xizmatchisining, har bir huquqshunosning, har bir oqila fuqaroning burchiga aylangan.<\/p>\n<p>Xulosa qilib aytadigan bo\u2018lsak, yer masalasi \u2014 bu faqat geografik yoki iqtisodiy resurs emas, balki jamiyatning huquqiy-axloqiy tarbiyasi, mas\u2019uliyati va kelajak uchun qaratilayotgan e\u2019tiborini ham o\u2018zida mujassam etgan masala hisoblanadi. Yerni asrash \u2014 vatanni asrash, qonunni hurmat qilish \u2014 o\u2018z kelajagini hurmat qilishdir.<\/p>\n<p><strong>Turanov Qahramon Xolnazarovich <\/strong><\/p>\n<p><strong>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha <\/strong><\/p>\n<p><strong>Sariosiyo tumanlararo sudining sudyasi<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlar doirasida yer maydonlaridan oqilona va qonuniy foydalanish, ularning muhofazasi hamda o\u2018zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilishlarning oldini olish davlat siyosatining ustuvor yo\u2018nalishlaridan biriga aylandi. Zero, yer\u2014bu na faqat iqtisodiy rivojlanish uchun asosiy resurs, balki u millatning istiqboli va avlodlarimizga qoladigan muqaddas merosdir. Afsuski, ayrim fuqarolar tomonidan yerga &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21903,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22260"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=22260"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22260\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":22263,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/22260\/revisions\/22263"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21903"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=22260"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=22260"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=22260"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}