{"id":21348,"date":"2026-03-18T13:04:06","date_gmt":"2026-03-18T10:04:06","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=21348"},"modified":"2026-03-18T13:04:08","modified_gmt":"2026-03-18T10:04:08","slug":"nikoh-shartnomasining-ozgartirilishi-va-bekor-qilinishi-uni-haqiqiy-emas-deb-topish","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=21348","title":{"rendered":"Nikoh shartnomasining o`zgartirilishi va bekor qilinishi, uni haqiqiy emas deb topish"},"content":{"rendered":"<p>Oila kodeksining 32-moddasiga muvofiq, nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuviga ko`ra istalgan vaqtda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bunda nikoh shartnomasini o`zgartirish va bekor qilish to`g`risidagi kelishuv nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo`lsa shu shaklda amalga oshirilishi kerak, ya\u2019ni majburiy ravishda notarial guvohlantiriladigan yozma shaklda tuzilishi lozim. Agar kelishuvdan yoki shartnomani o`zgartirish xususiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, nikoh shartnomasini o`zgartirish yoki bekor qilishga kelishgan paytdan boshlab, er-xotinning majburiyatlari o`zgartirilgan yoki bekor qilingan hisoblanadi (Fuqarolik kodeksining 385-moddasi 3-qismi).<\/p>\n<p>Oila kodeksining 32-moddasi 2-qismiga ko`ra, nikoh shartnomasi er-xotindan birining talabi bilan o`zgartirish asosi va tartibi shartnomani o`zgartirish va bekor qilish to`g`risidagi fuqarolik qonunchiligining tegishli normalari, ya\u2019ni O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 382-385-moddalari bilan belgilanadi. Sudning qaroriga ko`ra nikoh shartnomasini o`zgartirish yoki bekor qilishning majburiy sharti bo`lib, nikoh shartnomasi tomonlari, ya\u2019ni er va xotin o`rtasida bevosita sudgacha nizoni hal etish taomiliga rioya etilganligi hisoblanadi. Nikoh shartnomasini o`zgartirish yoki bekor qilish to`g`risidagi talab er yoki<br \/>xotindan biri tomonidan faqat ikkinchi tomon nikoh shartnomasini o`zgartirish yoki bekor qilishni rad etganda yoxud taklifda yoki nikoh shartnomasida belgilangan, agar belgilanmagan bo`lsa, o`ttiz kunlik muddatda (Fuqarolik kodeksining 384-moddasi 2-qismi) javob qaytarmaganda sudga berilishi mumkin.<\/p>\n<p>Amaliyotda sudlar tomonidan fuqarolik kodeksida belgilangan, nikoh shartnomasini bekor qilish yoki o`zgartirish to`g`risidagi qaror qabul qilish uchun asoslarni belgilash qiyinchiliklar tug`dirayotgan holatlar ko`plab uchraydi. Shunday asoslardan biri er yoki xotindan birining nikoh shartnomasini jiddiy buzishi hisoblanadi (Fuqarolik kodeksining 382-moddasi 1-qismi 2-bandi). Bunda shunday buzilish tushunilishi lozimki, uning natijasida er yoki xotin nikoh shartnomasi tuzish paytida olishni ko`zda tutgan manfaatdan sezilarli darajada mahrum bo`lishi lozim.<\/p>\n<p><em>Masalan, nikoh shartnomasini jiddiy buzish deganda er-xotindan birining ikkinchisini normal yashash sharoitlarini\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 ta\u2019minlamaganligi (turar-joyni <\/em><em>bermaganligi, pul ta<\/em><em>\u2019minotini to`lamaganligi va shu kabilar) bilan bog`liq shartnoma <\/em><em>shartlarining bajarmasligini tushunish mumkin.<\/em><\/p>\n<p>Nikoh tugatilgan paytdan boshlab nikoh shartnomasining amal qilishi ham tugaydi, nikoh shartnomasida nikoh tugatilganidan keyingi davr uchun nazarda tutilgan majburiyatlar bundan mustasno. Ya\u2019ni, nikoh tugatilgandan so`ng er yoki xotindan birining ikkinchisiga to`lashi lozim bo`lgan moddiy ta\u2019minoti masalasiga oid nikoh shartnomasining shartlari amal qilishda davom etaveradi.<\/p>\n<p>Nikoh shartnomasi sud tomonidan O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan asoslar bo`yicha to`la yoki qisman haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Fuqarolik kodeksining IX bobi 2-\u00a7i da belgilangan bitimning haqiqiy emaslik asoslaridan kelib chiqib, nikoh shartnomasining qonun talab qiladigan shakliga rioya etmaslik, voyaga yetmagan shaxs bilan, yanglishish, aldash, zo`rlik, qo`rqitish, bir taraf vakilining ikkinchi taraf bilan yomon niyatda kelishishi yoki og`ir holatlar yuz berishi ta\u2019sirida tuzilgan nikoh shartnomasi sud tomonidan haqiqiy emas deb hisoblanadi yoki o`z-o`zidan haqiqiy emasdir.<\/p>\n<p>Shu bilan birga nikoh shartnomasi Oila kodeksining 31-moddasi 5-qismida belgilangan, nikoh shartnomasiga kiritilishi mumkin bo`lmagan shartlar kiritilganda to`liq yoki qisman haqiqiy emas, deb topilishi mumkin.<\/p>\n<p>Oila kodeksining 35-moddasiga muvofiq, er (xotin) nikoh shartnomasi tuzayotgani, uni o`zgartirayotgani yoki bekor qilayotgani to`g`risida o`z kreditorini (kreditorlarini) xabardor qilishi shart. Ushbu majburiyatni bajarmagan taqdirda er yoki xotin, nikoh shartnomasi mazmunidan qat\u2019i nazar, o`z majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`ladi.<\/p>\n<p>Qarzdor er (xotin)ning kreditori (kreditorlari) sharoit jiddiy o`zgargani tufayli nikoh shartnomasining shartlarini qonunda belgilangan tartibda o`zgartirish yoki bekor qilishni talab qilishga haqli.<\/p>\n<p>Er-xotin qonunda yo`l qo`yiladigan barcha mulkiy-shartnomaviy munosabatlarga o`zaro kirishishga haqlidir. <em>Masalan, er xotiniga muayyan bir <\/em><em>mol-mulkni hadya qilishi va uning nomiga rasmiylashtirib berish, avtomashinani boshqarishga doir ishonchnoma berishi mumkin.<\/em><\/p>\n<p>Er-xotin o`rtasida tuzilgan, ulardan birining huquqlarini cheklashga qaratilgan kelishuvlar haqiqiy hisoblanmaydi.<\/p>\n<p><strong><em style=\"font-size: revert; color: initial;\">Surxondaryo viloyat sudi <\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em style=\"font-size: revert; color: initial;\">sud statistikasini tizimli tahlil qilish bo`limi bosh konsultanti <\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em style=\"font-size: revert; color: initial;\">J.X.Primov<\/em><\/strong><\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oila kodeksining 32-moddasiga muvofiq, nikoh shartnomasi er-xotinning kelishuviga ko`ra istalgan vaqtda o`zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Bunda nikoh shartnomasini o`zgartirish va bekor qilish to`g`risidagi kelishuv nikoh shartnomasi qanday shaklda tuzilgan bo`lsa shu shaklda amalga oshirilishi kerak, ya\u2019ni majburiy ravishda notarial guvohlantiriladigan yozma shaklda tuzilishi lozim. Agar kelishuvdan yoki shartnomani o`zgartirish xususiyatidan boshqacha tartib anglashilmasa, nikoh &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21349,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21348"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21348"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21348\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21350,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21348\/revisions\/21350"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21349"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21348"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21348"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21348"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}