{"id":21156,"date":"2026-01-27T16:59:00","date_gmt":"2026-01-27T13:59:00","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=21156"},"modified":"2026-01-27T16:59:04","modified_gmt":"2026-01-27T13:59:04","slug":"farzandlikka-olish-tartibi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=21156&lang=kr","title":{"rendered":"Farzandlikka olish tartibi"},"content":{"rendered":"<p>O`zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida yaqin vaqtlarga qadar farzandlikka olishning ma\u2019muriy tartibi amal qilgan. Ma\u2019muriy tartibda farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning arizasiga, vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko`ra, tuman, shahar hokimi qarori bilan amalga oshirilar edi.<\/p>\n<p>Oila qonunchiligining rivojlanishi farzandlikka olish institutiga ham ta\u2019sir ko`rsatdi va ma\u2019muriy tartib o`rniga farzandlikka olishning sud tartibi joriy qilindi<sup>1<\/sup>. O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining arizalari bo`yicha farzandlikka olish haqidagi ishlar farzandlikka olinayotgan bolaning yashash yoki turgan joyidagi fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudloviga taalluqli hisoblanadi.<\/p>\n<p>Ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan farzandlikka olinuvchining sog`lig`i tegishli tartibda tekshiriladi va bu haqida tibbiy ma\u2019lumot pediatr, nevropatolog, xirurg (ortoped-travmatolog), oftalmolog, otolaringolog, logoped tomonidan tuziladi.<\/p>\n<p>Farzandlikka olish bilan bog`liq ishlarning sudlarda ko`rib chiqilishida ishtirok etuvchilar ro`yxati ham belgilangan. Ya\u2019ni, farzandlikka olish to`g`risidagi ishlar farzandlikka oluvchilar (oluvchi), vasiylik va homiylik organlarining vakillari, shuningdek, prokuror albatta ishtirok etgan holda ko`rib chiqiladi. Zarur hollarda sud farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasini (otasini yoki onasini), uning qarindoshlarini va boshqa manfaatdor shaxslarni, shuningdek, o`n yoshga to`lgan bolaning o`zini ishda qatnashishga jalb qilishi mumkin.<\/p>\n<p>Shuni ta\u2019kidlash lozimki, farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) vakolati tegishli tartibda rasmiylashtirilgan vakili borligi, ularni (oluvchining) sudda hozir bo`lish majburiyatidan ozod etmaydi. Mazkur toifadagi ishlar bo`yicha farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) vakili ularning shaxsiy ishtirokisiz sudda ishni ko`rish bosqichidan tashqari harakatlarni olib borishga, xususan, zarur dalillarni yig`ish va taqdim etish, ishni sudda ko`rishga tayyorlashda ariza yuzasidan tushuntirishlar berish, sudyaning talabi bo`yicha qo`shimcha dalillar taqdim etish, yozma va ashyoviy dalillarni talab qilib olishga yordam ko`rsatish masalasini qo`yishga haqli bo`ladi.<\/p>\n<p>O`n yoshga to`lgan bolani ishga qatnashishga jalb qilish masalasini hal etishda, sud bola har qanday sud muhokamasi davrida so`zlashga haqliligini nazarda tutuvchi Oila kodeksining <a href=\"http:\/\/www.lex.uz\/pages\/getpage.aspx?lact_id=104720%23159014\">68-moddasi<\/a> qoidalaridan kelib chiqib ish ko`rishi lozim. Bolaning sudda ishtiroki unga noxush ta\u2019sir etishi mumkinligini ko`rsatuvchi asoslar mavjud deb hisoblanganda, sud ushbu masala bo`yicha vasiylik va homiylik organining fikrini aniqlamog`i kerak.<\/p>\n<p>Muayyan holatlarda chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs bo`lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bola O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olinishi mumkin. Bunda bola doimiy yashayotgan davlatning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, farzandlikka olinayotgan bola yetim va farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) yaqin qarindoshi bo`lgan yoki o`z vatanida turli sabablarga ko`ra farzandlikka olinishi mumkin bo`lmagan hollarda amalga oshiriladi. Shuningdek, chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs bo`lib, boshqa davlat hududida doimiy yashayotgan bolani O`zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan farzandlikka olishda farzandlikka olinayotgan bolaning O`zbekiston Respublikasiga kirishi va O`zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashashi uchun O`zbekiston Respublikasi vakolatli organining ruxsatnomasi talab qilinadi (Oila kodeksining 161<sup>1<\/sup>-moddasi).<\/p>\n<p>O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 279-moddasiga muvofiq, sud tomonidan alohida ish yuritish tartibida ko`riladigan ishlar toifasiga bolani farzandlikka olish to`g`risidagi ishlarni kiritadi. Oila qonunchiligida bo`lgan o`zgarishlar natijasida fuqarolik protsessual qonunchilikda ham bu borada muayyan o`zgarishlar kiritilib, FPKning alohida 31<sup>1<\/sup>-bob farzandlikka olishga bag`ishlandi.<\/p>\n<p>Bu o`rinda chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlarda, chunonchi, farzandlikka olish istagini bildiruvchi O`zbekiston Respublikasi fuqarosi bo`lgan bolani farzandlikka olishni istagan O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashovchi O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslarga ham bu borada muayyan tartib belgilangan.<\/p>\n<p><em>O`zbekiston Respublikasi <\/em><em>Oliy <\/em><em>sudi Plenumining \u201cSudlar <\/em><em>tomonidan farzandlikka olish haqidagi ishlar bo`yicha qonunchilikni qo`llash amaliyoti to`g`risida\u201dgi 2013- il 11-dekabrdagi 21-son qarorida ko`rsatilishicha, O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining arizalari bo`yicha farzandlikka olish haqidagi ishlar farzandlikka olinayotgan bolaning yashash yoki turgan joyidagi fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari sudloviga taalluqlidir.<\/em><\/p>\n<p><em>O`zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida doimiy yashab kelayotgan O`zbekiston Respublikasi fuqarosi, shuningdek, qayerda doimiy yashayotganliklaridan qat\u2019i nazar, chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxslarning farzandlikka olish\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 haqidagi arizalari farzandlikka olinayotgan bolaning yashash yoki turgan joyidagi, tegishlicha Qoraqalpog`iston Respublikasi fuqarolik ishlari bo`yicha Oliy sudiga, fuqarolik ishlari bo`yicha viloyatlar yoki Toshkent shahar sudi sudloviga taalluqli bo`ladi.<\/em><\/p>\n<p><em>Farzandlikka oluvchilarning biri boshqa davlat fuqarosi bo`lganda ham, farzandlikka olish haqidagi ariza ushbu sudlarga taalluqlidir.<\/em><\/p>\n<p>Farzandlikka olish to`g`risidagi arizada farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinayotgan bola haqidagi ma\u2019lumotlar ko`rsatilgan bo`lishi shart. Bunday ma\u2019lumotlar jumlasiga farzandlikka oluvchilarning (oluvchining) familiyasi, ismi, otasining ismi, ularning (uning) yashash joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning familiyasi, ismi, otasining ismi va tug`ilgan sanasi, uning yashash (turgan) joyi, farzandlikka olinayotgan bolaning ota-onasi to`g`risidagi, aka-uka va opa-singillari bor-yo`qligi haqidagi ma\u2019lumotlar, farzandlikka olish haqidagi iltimosini asoslovchi holatlar va mazkur holatlarni tasdiqlovchi dalillar ko`rsatiladi. Farzandlikka olish istagini bildiruvchi shaxslar nikohda turgan yoki turmaganligini, tegishli tibbiy ma\u2019lumotnomalar, ish haqi yoki boshqa daromad manbalarini, turar joyga bo`lgan mulk huquqini yoki turar joydan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni ham ilova qiladilar.<\/p>\n<p><strong><em>Surxondaryo viloyat sudi <\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>statistika bo`limi bosh konsultanti <\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>J.Primov<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>\u00a0<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O`zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida yaqin vaqtlarga qadar farzandlikka olishning ma\u2019muriy tartibi amal qilgan. Ma\u2019muriy tartibda farzandlikka olish bolani farzandlikka olishni xohlagan shaxslarning arizasiga, vasiylik va homiylik organlari tavsiyasiga ko`ra, tuman, shahar hokimi qarori bilan amalga oshirilar edi. Oila qonunchiligining rivojlanishi farzandlikka olish institutiga ham ta\u2019sir ko`rsatdi va ma\u2019muriy tartib o`rniga farzandlikka olishning sud tartibi joriy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21157,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21156"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21156"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21156\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21158,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21156\/revisions\/21158"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/21157"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21156"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21156"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21156"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}