{"id":21120,"date":"2026-01-21T17:02:54","date_gmt":"2026-01-21T14:02:54","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=21120"},"modified":"2026-01-21T17:02:56","modified_gmt":"2026-01-21T14:02:56","slug":"xar-bir-fuqaro-korrupsiyaga-qarshi-kurashi-zarur-2","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=21120","title":{"rendered":"XAR BIR FUQARO KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHI ZARUR"},"content":{"rendered":"<p>Korrupsiya jamiyatni yemiruvchi illat bo\u2018lib, u ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlanishga, demokratiya asoslariga va qonun ustuvorligiga to\u2018sqinlik qiladi.<\/p>\n<p>Korrupsiya so\u2018zi &#8212; lotincha \u201cpora berib sotib olish\u201d ma\u2019nosini anglatib, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi. Korrupsiya jinoyat qonunchiligida o\u2018zi mustaqil jinoyat tarkibi bo\u2018lmay, balki bir qator mansabga oid jinoyatlarni qamrab oluvchi umumlashgan tushunchadir.<\/p>\n<p>Xususan, uning tarkibiga mansab vakolatini suiiste\u2019mol qilish, hokimiyat harakatsizligi, pora olish, berish va boshqa bir qator jinoyatlar kiradi.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash lozimki, korrupsiya, eng avvalo, inson huquqlarini ta\u2019minlashga monelik qilib, ijtimoiy tengsizlikni keltirib chiqaradi. Erkin bozor iqtisodiyotining rivojlanishiga, hayot darajasining pasayishiga olib keladi. Shu bilan bir qatorda korrupsiya fuqarolarning davlat boshqaruvi idoralariga bo\u2018lgan ishonchi yo\u2018qolishiga olib kelib, uyushgan jinoyatchilikning avj olishiga zamin yaratadi va insonlarning xavfsizligiga tahdid soladi.<\/p>\n<p>Ya\u2019ni har qanday salbiy holat singari korrupsiya ham jamiyat rivojiga to\u2018sqinlik qilmoqda. Shu boisi mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi\u00a0 keksin va murosasiz kurash olib borilmoqda. Jumladan, buning asosi sifatida \u201cKorrupsiyaga qarshi kurashish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonunni va O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 iyundagi \u201cKorrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to\u2018g\u2018risidagi \u201dgi Farmonning qabul qilinishi, korrupsiyaga qarshi kurash bo\u2018yicha idoralararo komissiyasining\u00a0 tashkil etilishi, shuningdek korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha davlat Dasturining tasdiqlanishi mamlakatimizda korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan chora\u2013tadbirlar, vazifalarni amalga oshirishni ta\u2019minlashga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda alohida ta\u2019kidlash lozimki, so\u2018nggi yillarda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning davlat siyosati darajasiga ko\u2018tarilgani e\u2019tirofga molik.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash joiz, korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi. Davlatning konstitutsiyaviy asoslarini, qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida, inson huquq va erkinliklarining poymol bo\u2018lishiga olib keladi.<\/p>\n<p>Shu bois, korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa bo\u2018lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo\u2018llash samarali hisoblanmaydi, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat va jamiyatning o\u2018zaro jipsligi talab etiladi.<\/p>\n<p>Korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar quyidagilar hisoblanadi:<\/p>\n<p>Aholi huquqiy savodxonligining pastligi &#8212; aholi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o\u2018zining shaxsiy manfaati yo\u2018lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi.<\/p>\n<p>Ikki xil ma\u2019noni anglatuvchi qonunlar &#8212; ushbu vaziyat huquqni qo\u2018llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo\u2018llash imkonini yaratadi.<\/p>\n<p>Korrupsiya &#8212; taraqqiyot kushandasi ekan bunga qarshi barchamiz\u00a0 kurashib, bu borada o\u2018z xissamizni qo\u2018shishimiz, buni o\u2018zimizning xatti harakatlarimiz, bilimimiz va targ\u2018ibot qilishimiz, hammamiz bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat yuritishimiz lozim.<\/p>\n<p>Shunday ekan, o\u2018zimizga xulosa qilishimiz, kelajakni korrupsiyasiz birgalikda qurishimiz, buning uchun avvalo o\u2018zimizni o\u2018zimiz tarbiya qilishimiz, korrupsiyanining har qanday ko\u2018rishnishini bartaraf qilish uchun birgalikda kurashishimiz zarurdir. Qabul qilingan farmon va qonun esa davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta\u2019sir etuvchi mazkur illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Xulosa sifatida aytish lozimki, korrupsiyaga sezilarli zarba berish uchun, eng avvalo, jamiyatdagi barcha fuqarolar o\u2018z huquq va burchlarini bilishlari bilan bir qatorda, unga shaxsan rioya qilish va boshqalardan ham shuni talab qilish hamda mansabdor shaxslarning faoliyati ustidan jamoat nazoratini kuchaytirish lozimdir.<\/p>\n<p><strong>X<\/strong><strong>URSHID <\/strong><strong>UMBAROV<\/strong><strong>,<\/strong><\/p>\n<p><em>J<strong>inoyat ishlari bo\u2018yicha Boysun tuman<\/strong><\/em><strong> <em>sudining raisi <\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Korrupsiya jamiyatni yemiruvchi illat bo\u2018lib, u ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy rivojlanishga, demokratiya asoslariga va qonun ustuvorligiga to\u2018sqinlik qiladi. Korrupsiya so\u2018zi &#8212; lotincha \u201cpora berib sotib olish\u201d ma\u2019nosini anglatib, mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquq va imkoniyatlardan shaxsiy boylik orttirish maqsadida foydalanishni ifodalovchi siyosiy yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat tushuniladi. Korrupsiya jinoyat qonunchiligida o\u2018zi mustaqil jinoyat tarkibi &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":21121,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21120"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=21120"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21120\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":21122,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/21120\/revisions\/21122"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/21121"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=21120"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=21120"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=21120"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}