{"id":20528,"date":"2025-09-22T16:21:11","date_gmt":"2025-09-22T13:21:11","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=20528"},"modified":"2025-09-22T16:30:16","modified_gmt":"2025-09-22T13:30:16","slug":"vasiy-va-homiyning-huquq-hamda-majburiyatlari-vasiylar-oz-vasiyligidagi-shaxslarning-qonuniy-vakili-bolib-ularning-nomidan-yoki-ularning-manfaatlarini-kozlab-barcha-zarur-bitimlarni-tuzadi-homiyl","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=20528&lang=kr","title":{"rendered":"Vasiy va homiyning huquq hamda majburiyatlari"},"content":{"rendered":"<p>Vasiylar o`z vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo`lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini ko`zlab barcha zarur bitimlarni tuzadi.<\/p>\n<p>Homiylar esa o`z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo`lib, homiyligidagi shaxslarga o`z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida ko`maklashadi, shuningdek, ularni uchinchi shaxslar tomonidan bo`ladigan suiiste\u2019molliklardan muhofaza qiladi.<\/p>\n<p>Oila qonunchiligi vasiy va homiylarga bir qator huquq va majburiyatlarni belgilaydi. Xususan, vasiy yoki homiy o`z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning ota-onasi va boshqa yaqin qarindoshlari bilan muloqotda bo`lishiga to`sqinlik qilishga haqli emas, bunday muloqot vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning qonuniy manfaatlariga mos kelmaydigan hollar bundan mustasno.<\/p>\n<p>Vasiy yoki homiy, uning eri (xotini) va yaqin qarindoshlari vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan bitimlar tuzishga, shuningdek vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs bilan vasiyning yoki homiyning eri (xotini), uning yaqin qarindoshlari o`rtasidagi sud ishlarini yuritishda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning vakili bo`lishga haqli emas.<\/p>\n<p>Homiyning o`z homiyligidagi o`n olti yoshga to`lgan shaxsdan alohida yashashiga, basharti bu homiylikdagi shaxsning tarbiyasiga, ta\u2019minotiga va ta\u2019lim olishiga, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishiga salbiy ta\u2019sir ko`rsatmasa, vasiylik va homiylik organlarining yozma ruxsati bilan yo`l qo`yiladi.<\/p>\n<p>Homiy o`z homiyligidagi shaxsdan alohida yashagan taqdirda, uning yashash, ta\u2019lim olish sharoitlarini nazorat qilishi, uni atrofdagilarning salbiy ta\u2019siridan himoya qilishi shart. Muomala layoqati cheklangan fuqarolarning homiylari ularni spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, psixotrop yoki aql-iroda faoliyatiga ta\u2019sir etuvchi boshqa moddalarni iste\u2019mol etishdan, chekishdan himoya qilishga doir zarur chora-tadbirlarni ko`rishi shart.<\/p>\n<p>Vasiyning yoki homiyning o`z vasiyligidagi yoki homiyligidagi shaxsning ta\u2019minotiga doir xarajatlarining o`rni vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs mablag`lari hisobidan qoplanadi, bu mablag`lar yetarli bo`lmagan taqdirda esa, vasiylik va homiylik organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning ta\u2019minoti uchun nafaqa tayinlash maqsadida tegishli organlarga murojaat qiladi.<\/p>\n<p>Vasiylar va homiylarning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning yoxud vasiylarning yoki homiylarning yashash joyidagi vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi. Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslar vasiyning yoki homiyning harakatlari (harakatsizligi) ustidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoxud sudga shikoyat qilishga haqli hisoblanadilar.<\/p>\n<p>Vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxslarning hayotiga yoki sog`lig`iga bevosita tahdid tug`ilganligi to`g`risida, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi haqida o`ziga ma\u2019lum bo`lib qolgan shaxslar bu haqida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning haqiqatda turgan joyidagi vasiylik va homiylik organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart.<\/p>\n<p>Bunday ma\u2019lumotlarni olgan vasiylik va homiylik organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir zarur choralar ko`rishi shart.<\/p>\n<p>Vasiylik va homiylik organlarining g`ayriqonuniy qarorlari yoxud ular mansabdor shaxslarining g`ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) natijasida vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsga yetkazilgan zararning o`rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi zarur.<\/p>\n<p>Vasiy va homiyning g`ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxs, davlat organlari va muassasalari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari hamda vasiylikdagi yoki homiylikdagi shaxsning yashash joyidagi fuqarolar tomonidan tegishli vasiylik va homiylik organiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Surxondaryo viloyat sudi <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>sudiya katta yordamchisi <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>J.X.Primov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Vasiylar o`z vasiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo`lib, ularning nomidan yoki ularning manfaatlarini ko`zlab barcha zarur bitimlarni tuzadi. Homiylar esa o`z homiyligidagi shaxslarning qonuniy vakili bo`lib, homiyligidagi shaxslarga o`z huquqlarini amalga oshirishida va majburiyatlarini bajarishida ko`maklashadi, shuningdek, ularni uchinchi shaxslar tomonidan bo`ladigan suiiste\u2019molliklardan muhofaza qiladi. Oila qonunchiligi vasiy va homiylarga bir qator huquq va majburiyatlarni belgilaydi. &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20531,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20528"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20528"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20528\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20532,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20528\/revisions\/20532"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/20531"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20528"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20528"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20528"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}