{"id":20272,"date":"2025-07-18T06:48:03","date_gmt":"2025-07-18T03:48:03","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=20272"},"modified":"2025-07-18T07:00:10","modified_gmt":"2025-07-18T04:00:10","slug":"jinoyatchi-shaxsining-tuzilishi-shaxsda-jinoiy-xatti-harakatlarni-yuzaga-keltiruvchi-jamiyat-manfaatlariga-yot-bolgan-qarashlar-konikmalar-odatlar-va-moyilliklar-oz-mohi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=20272","title":{"rendered":"Jinoyatchi shaxsining tuzilishi"},"content":{"rendered":"<p>Shaxsda jinoiy xatti-harakatlarni yuzaga keltiruvchi, jamiyat manfaatlariga yot bo\u2018lgan qarashlar, ko\u2018nikmalar, odatlar va moyilliklar, o\u2018z mohiyatiga ko\u2018ra o\u2018zgacha tus olgan salbiy ehtiyojlar, ularning qasdi va maqsadlarini atroflicha tahlil etish katta ahamiyatga egadir. Shu orqali jinoyatchining shaxsida mavjud bo\u2018lgan salbiy ijtimoiy munosabatlarni aniqlash imkoniyati yuzaga kelishi mumkin.<\/p>\n<p>Jinoyatchi shaxsining tuzilishi nafaqat uni tashkil qiluvchi belgilarning turli ekanligini, balki ularning xususiyatlarini, jinoiy xatti-harakatlar kelib chiqishida tutgan o\u2018rnini, o\u2018zaro aloqasi va uzviy bog\u2018liqligini ko\u2018rsatadi. Jinoyatchi shaxsi \u2013 jinoyat sodir qilgan shaxsni ta\u2019riflovchi, jinoyat sodir qilishini taqozo qilgan, ijtimoiy ahamiyatga ega xususiyatlari, xislatlari, belgilari, aloqalari va munosabatlarining yig\u2018indisi. Shaxsni muayyan jinoyat subyekti deb topish uchun qonunda belgilangan mezonlar (aqli raso, jismoniy shaxs, jinoyat qonunida belgilangan yoshga to\u2018lganligi)ni aniqlashning o\u2018zi kifoya bo\u2018lgan jinoyat huquqi fanidan farqli o\u2018laroq, kriminologiyada jinoyatchilik sabablarini o\u2018rganish uchun jinoyat subyekti haqidagi boshqa ma\u2019lumotlar (demografik, ijtimoiyaxloqiy, psixologik, jinoiy-huquqiy va boshqa belgilar tavsifi) ham zarur. Jinoyatchi shaxsini odamlar ommasi ichidan ajratib olish ikkita asosiy mezon, ya\u2019ni huquqiy va ijtimoiy belgilari bilan amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Faqat huquqiy mezondan kelib chiqilganda jinoyatchi shaxsi chuqur tahlil qilinmay, faqat jinoyat sodir qilgan shaxs sifatida qaraladi.<\/p>\n<p>Bunday fikrlash juda ham tor va jinoyatchi shaxsiga xos xususiyatlarni ochib berishga imkon bermaydi. Shuning uchun jinoyatchi shaxsini o\u2018rganishda ikkinchi, ijtimoiy mezon asosiy o\u2018rin egallaydi. Ijtimoiy mezonga ko\u2018ra, jinoyatchi shaxsiga u yoki bu darajadagi jamiyatga zid yo\u2018nalish yoki eng kamida alohida ijtimoiy zid xususiyatlar xosdir.<\/p>\n<p>Bu qoida faqat ashaddiy jinoyatchilarga emas, balki tasodifiy jinoyatchiga ham, shuningdek, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir qilgan shaxslarga ham xosdir. Jinoyatchi shaxsi insonning asosan jinoiy xulq-atvor xususiyatlari bilan bog\u2018liq bo\u2018lgan boshqa har xil ko\u2018rsatkichlarini ham qamrab oladi. Jinoyatchi shaxsini to\u2018liq tushunish va baholash uchun uning ham ijobiy, ham salbiy xulq-atvorini belgilovchi barcha xislatlari va xususiyatlarini, unga xos bo\u2018lgan barcha xislatlar tizimida ijtimoiy salbiy xislatlari ulushini hisobga olish zarur.<\/p>\n<p>Kriminologiyada jinoyatchi shaxsining tuzilishini tizim sifatida bir necha tizimchalarga ajratib o\u2018rganiladi. Jinoyatchi shaxsini o\u2018rganish uni shakllantiruvchi tashkiliy tizimning xususiyatlarini o\u2018z ichiga olgan ijtimoiy tavsiflarni taqozo etadi. Ushbu ijtimoiy tavsiflar tizimi quyidagilardan iborat:<\/p>\n<p><strong>Jinoyatchi shaxsining tuzilishi<\/strong>:<\/p>\n<p>1) jinoyatchi shaxsining jinoiy-huquqiy tavsifi;<\/p>\n<p>2) jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik tavsifi;<\/p>\n<p>3) jinoyatchi shaxsining ma\u2019naviy-ruhiy tavsifi.<\/p>\n<p><strong>Jinoyatchi shaxsining jinoiy-huquqiy tavsifi quyidagi belgilarni o\u2018z ichiga oladi:<\/strong><\/p>\n<p>\u2013 sodir etilgan jinoyatning og\u2018irlik darajasi;<\/p>\n<p>\u2013 muqaddam sudlanganligi;<\/p>\n<p>\u2013 umumiy yoki maxsus retsidiv;<\/p>\n<p>\u2013 aybning shakli;<\/p>\n<p>\u2013 jinoiy tajovuzning yo\u2018nalishi;<\/p>\n<p>\u2013 tajovuzning bir kishi yoki guruh tomonidan sodir etilganligi;<\/p>\n<p>\u2013 jinoiy xulq-atvorning motivi;<\/p>\n<p>\u2013 jinoyat sodir etilishidagi o\u2018rni va roli;<\/p>\n<p>\u2013 bir nechta bir xildagi jinoyatlarni sodir etish.<\/p>\n<p><strong>Jinoyatchi shaxsining ijtimoiy-demografik tavsifi quyidagi belgilarni o\u2018z ichiga oladi:<\/strong><\/p>\n<p>\u2013 jinsi; \u2013 yoshi;<\/p>\n<p>\u2013 ma\u2019lumoti;<\/p>\n<p>\u2013 moddiy shart<\/p>\n<p>-sharoitlari;<\/p>\n<p>\u2013 mashg\u2018ulot turi;<\/p>\n<p>\u2013 oilaviy ahvoli;<\/p>\n<p>\u2013 jamiyatdagi o\u2018rni;<\/p>\n<p>\u2013 mutaxassisligi;<\/p>\n<p>\u2013 ijtimoiy mavqei va maqomlari;<\/p>\n<p>\u2013 doimiy yashash joyining bor-yo\u2018qligi;<\/p>\n<p>\u2013 fuqaroligi.<\/p>\n<p><strong>Jinoyatchi shaxsining ma\u2019naviy-ruhiy tavsifi quyidagi belgilarni o\u2018z ichiga oladi:<\/strong><\/p>\n<p>\u2013 intellekt (tafakkur) darajasi;<\/p>\n<p>\u2013 qobiliyat, ko\u2018nikma va odatlari;<\/p>\n<p>\u2013 irodaviy xususiyatlari;<\/p>\n<p>\u2013 hissiy xususiyatlari;<\/p>\n<p>\u2013 yo\u2018nalishlari;<\/p>\n<p>\u2013 qiziqishlari;<\/p>\n<p>\u2013 qarashlari;<\/p>\n<p>\u2013 huquq va axloq me\u2019yorlariga munosabati;<\/p>\n<p>\u2013 ehtiyojlari;<\/p>\n<p>\u2013 ehtiyojlarni qondirish uchun tanlaydigan usullari;<\/p>\n<p>\u2013 giyohvandlik vositalari yoki spirtli ichimliklarni iste\u2019mol qilishi.<\/p>\n<p>Jinoyatchi shaxsining jinoiy-huquqiy, ijtimoiy-demografik va ma\u2019naviy-ruhiy belgilari bir-biri bilan o\u2018zaro bog\u2018liq va bir-birini to\u2018ldirib turadi.<\/p>\n<p>Xususan, shaxsning ijtimoiy-demografik belgilari (yoshi, ma\u2019lumoti, kasbi, yashash joyi kabilar) o\u2018z navbatida uning jamoatchilik hayotida tutgan o\u2018rnini belgilash va ma\u2019naviy shakllanishi bilan uzviy bog\u2018liq holda kechadi. Ma\u2019naviy-ruhiy xususiyatlari esa, uning shakllanishiga ta\u2019sir etgan ijtimoiy holatlar qanday kechganligini ifodalaydi, qolaversa, shaxsning ijtimoiy hayotda tutgan o\u2018rni bilan bog\u2018liq vazifalarni qanday bajarayotganligini baholashga ham imkon yaratadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Surxondaryo viloyat sudi <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>jinoyat ishlari buyicha sudlov hay\u2019ati <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>sudya katta yordamchisi <\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>J.Ubaydullayev<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Shaxsda jinoiy xatti-harakatlarni yuzaga keltiruvchi, jamiyat manfaatlariga yot bo\u2018lgan qarashlar, ko\u2018nikmalar, odatlar va moyilliklar, o\u2018z mohiyatiga ko\u2018ra o\u2018zgacha tus olgan salbiy ehtiyojlar, ularning qasdi va maqsadlarini atroflicha tahlil etish katta ahamiyatga egadir. Shu orqali jinoyatchining shaxsida mavjud bo\u2018lgan salbiy ijtimoiy munosabatlarni aniqlash imkoniyati yuzaga kelishi mumkin. Jinoyatchi shaxsining tuzilishi nafaqat uni tashkil qiluvchi belgilarning turli &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20212,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20272"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20272"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20272\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20276,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20272\/revisions\/20276"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/20212"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20272"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20272"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20272"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}