{"id":20180,"date":"2025-06-26T08:15:53","date_gmt":"2025-06-26T05:15:53","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=20180"},"modified":"2025-06-26T08:19:16","modified_gmt":"2025-06-26T05:19:16","slug":"sud-tizimidagi-islohotlar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=20180&lang=kr","title":{"rendered":"SUD TIZIMIDAGI ISLOHOTLAR"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018tgan qisqa davrda O\u2018zbekistonda barcha sohalar qatori sud-huquq yo\u2018nalishida ham keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, \u201cSud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Farmon qabul qilindi. Unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta\u2019minlash borasida ko\u2018rilgan kompleks chora-tadbirlar tom ma\u2019noda sud-huquq sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi, desak mubolag\u2018a bo\u2018lmaydi.<\/p>\n<p>Xususan, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta\u2019minlash, odil sudlovga erishish darajasini oshirish, sud-huquq tizimini isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yo\u2018nalishi sifatida belgilandi. Yagona sud amaliyotini yo\u2018lga qo\u2018yish maqsadida Oliy sud va Oliy xo\u2018jalik sudi fuqarolik, jinoiy, ma\u2019muriy va iqtisodiy sud ish yurituvi sohasida sud hokimiyatining yagona oliy organi \u2014 O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudiga birlashtirildi.<\/p>\n<p>Fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarining ishonchli sud himoyasini ta\u2019minlash maqsadida davlat organlari qarorlari va mansabdor shaxslarining g\u2018ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan beriladigan shikoyatlarni, ya\u2019ni ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni ko\u2018rib chiqishga vakolatli ma\u2019muriy sudlar tashkil etildi.<\/p>\n<p>Sudlar tuzilmasi ham zamon talablariga mos ravishda takomillashtirilib, viloyat va unga tenglashtirilgan fuqarolik ishlari, jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlar va iqtisodiy sudlar negizida sudyalarning qat\u2019iy ixtisoslashuvini saqlab qolgan holda viloyat darajasidagi umumyurisdiksiya sudlari tashkil etildi.<\/p>\n<p>Investorlar huquqlarini sud orqali himoya qilishning samarali tizimini yaratish maqsadida protsessual qonunchilikka iqtisodiyot sohasida investorlar hamda davlat organlari o\u2018rtasidagi investitsiya shartnomalaridan kelib chiqadigan nizolar va raqobatga oid ishlarning sudlovga taalluqliligiga oid normalar kiritilib, yirik investorlarga taalluqli nizolar va raqobatga oid ishlar, taraflarning xohishiga ko\u2018ra, Oliy sudning investitsiyaviy nizolarni hamda raqobatga oid ishlarni ko\u2018rish bo\u2018yicha sudlov tarkibi tomonidan ko\u2018rilishi mumkinligiga oid tartib belgilandi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish bo\u2018yicha oliy malaka komissiyasi tugatilib, sudyalar hamjamiyatining organi hisoblanadigan va O\u2018zbekiston Respublikasida sud hokimiyati mustaqilligining konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta\u2019minlashga ko\u2018maklashadigan O\u2018zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo\u2018llagan navbatdagi Murojaatnomasida ta\u2019kidlanganidek, so\u2018nggi 4 yil davomida sud-huquq sohasini isloh etish borasida dadil qadamlar qo\u2018yildi. Bu yo\u2018nalishdagi ustuvor masalalar yuzasidan 40 dan ortiq qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Qonun ustuvorligini ta\u2019minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish borasida strategik ahamiyatga ega muhim qadam tashlandi.<\/p>\n<p>Jumladan, sudlar mustaqilligini ta\u2019minlash maqsadida, Sudyalar oliy kengashi tashkil qilindi. Shuningdek, Oliy sud va Oliy xo\u2018jalik sudi birlashtirilib, Oliy sud faoliyati takomillashtirildi. Hududlardagi xo\u2018jalik sudlari iqtisodiy sudlar sifatida qayta tashkil etildi, 71 ta tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudiga ishlarni birinchi instansiyada ko\u2018rib chiqish vakolati berildi. Sudya lavozimida faoliyat yuritishning ilk marotaba besh yillik, keyin o\u2018n yillik muddati va muddatsiz davri belgilandi. Sudlarning o\u2018z moliyaviy, moddiy-texnik masalalarini mustaqil hal qilish boradagi vakolatlari adliya organlaridan olinib, Oliy sudga o\u2018tkazildi. Sud tomonidan jinoyat ishini qo\u2018shimcha tergovga qaytarish instituti bekor qilindi. Shaxsning jinoyat sodir etishdagi aybdorligi faqat sud muhokamasida o\u2018z isbotini topgan dalillarga asoslanishi kerakligi qat\u2019iy belgilab qo\u2018yildi. Qiynoqqa solish, ruhiy, jismoniy bosim o\u2018tkazish va boshqa zo\u2018ravonlik holatlari qat\u2019iyan taqiqlandi.<\/p>\n<p>Sudda ishlarni ko\u2018rib chiqishda inson huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va taraflarning tortishuvchanlik tamoyilini ro\u2018yobga chiqarish maqsadida jinoyat ishlari bo\u2018yicha sudlarda dastlabki eshituv instituti joriy etildi. Sudlar faoliyatining shaffofligi, ochiqligi yo\u2018lida 10 mingdan ortiq jinoyat ishi sayyor sud muhokamalarida ko\u2018rib chiqildi. Ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash va dastlabki tergovning eng yuqori muddatlari kamaytirildi.<\/p>\n<p>Sudyalikka nomzodlarni tanlov asosida ishga qabul qilish mexanizmi joriy etilgani alohida e\u2019tirofga loyiq. Ilk bor sudyalik lavozimiga nomzodlarni tanlash bo\u2018yicha imtihon jarayonlarini onlayn yoritib borish amaliyoti yo\u2018lga qo\u2018yildi. Shuningdek, sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlarni ko\u2018rib chiqish muqobillik asosida amalga oshiriladigan bo\u2018ldi. Albatta, malakali va yetuk sudyalar korpusini hamda sud apparati xodimlarini tayyorlashning yangi tizimi jamiyatda sud idoralariga bo\u2018lgan ishonchni oshirish, adolat barqarorligi va qonun ustuvorligini ta\u2019minlash, tom ma\u2019noda sudni \u201cAdolat qo\u2018rg\u2018oni\u201dga aylantirish hamda odil sudlovning yuqori darajaga ko\u2018tarilishiga xizmat qiladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, investitsiyaviy nizolar va raqobatga oid ishlar faqat iqtisodiy sudlar tomonidan ko\u2018rib chiqiladigan bo\u2018ldi. Prokurorlarning barcha iqtisodiy sud majlislarida ishtirok etish huquqi bekor qilindi. Endi, bundan buyon prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda yoki prokurorning da\u2019vo arizasi bilan qo\u2018zg\u2018atilgan ishlardagina ishtirok etishi mumkin.<\/p>\n<p>Yana bir e\u2019tiborga molik jihat shundaki, sud ishlarini yuritishda nazorat instansiyasi tugatildi. Sud tizimida ortiqcha sud bosqichlarini bekor qilish orqali \u201cBir sud \u2013 bir instansiya\u201d tamoyili, shuningdek, tumanlararo sudlarning qarorlarini viloyat sudlari tomonidan, viloyat sudlarining birinchi instansiya sudi sifatida chiqargan qarorlarini esa O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hay\u2019ati tomonidan apellyatsiya tartibida qayta ko\u2018rib chiqish amaliyoti yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Istiqlol yillarida mamlakatimizda sud-huquq sohasi isloh etilib, sud hokimiyati mustaqilligini ta\u02bcminlashga qaratilgan huquqiy asoslar yaratildi. Inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustunligiga asoslangan huquqiy tizim shakllandi.<\/p>\n<p>Ayniqsa so\u02bbnggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta\u02bcminlash hamda sudlarning chinakam mustaqilligini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha izchil ishlar olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Ushbu amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi desak mubolag\u02bba bo\u02bblmaydi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda barcha soxalarda olib borilayotgan o\u02bbzgarish va isloxotlar, avvalo inson manfaati, uning orzu-umidlari, ezgu niyatlarini ro\u02bbyobga chiqarishdek xayrli maqsadga xizmat qilmoqda. Bu inson huquqlari ustuvorligi, har bir shaxsning davlat himoyasida ekanligi to\u02bbg\u02bbrisidagi konstitutsiyaviy prinsiplarini amalga oshirishni kafolatlashga qaratilgan.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini ta\u02bcminlashga qaratilgan islohotlar 2021-yilda ham izchil davom ettirilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Murojaatnomada muhtaram Prezidentimiz \u201cAdolat bu \u2013 davlatchilikning mustahkam poydevoridir. Adolat va qonun ustuvorligini ta\u02bcminlashda esa sud hokimiyati hal qiluvchi o\u02bbrinni egallaydi\u201d deb ta&#8217;kidladi.<\/p>\n<p>2021-yildan boshlab joriy etiladigan \u201cbir sud \u2013 bir instansiya\u201d tamoyili sud qarorlarining adolatli, qonuniy va barqarorligini ta\u02bcminlashda bosh mezon bo\u02bblishi ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Mazkur tamoyilning qonunchiligimizga joriy etilishi O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-iyuldagi \u201cSudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo\u02bbshimcha chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi PF-6034-sonli Farmoni bilan belgilangan edi.<\/p>\n<p>Ushbu islohotlar mamlakatning sud-huquq tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta\u2019minlash, aholining odil sudlovga bo\u2018lgan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini bermoqda.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>KARSHIYEV ABDUSAYIT<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>SURXONDARYO VILOYAT SUDI DEVONXONA KATTA KONSULTANTI<\/strong><\/p>\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018tgan qisqa davrda O\u2018zbekistonda barcha sohalar qatori sud-huquq yo\u2018nalishida ham keng ko\u2018lamli ishlar amalga oshirildi. Xususan, \u201cSud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi Farmon qabul qilindi. Unda belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta\u2019minlash borasida ko\u2018rilgan kompleks chora-tadbirlar tom ma\u2019noda sud-huquq sohasidagi islohotlarning yangi bosqichini boshlab berdi, desak &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19856,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[15],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20180"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=20180"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20180\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20183,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/20180\/revisions\/20183"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/19856"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=20180"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=20180"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=20180"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}