{"id":19851,"date":"2025-04-18T08:00:48","date_gmt":"2025-04-18T05:00:48","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19851"},"modified":"2025-04-18T08:08:57","modified_gmt":"2025-04-18T05:08:57","slug":"huquqbuzarlik-va-javobgarlik-tushunchasi-huquqbuzarlik-deganda-jamiyat-uchun-xavfli-bolgan-qilmish-harakat-yoki-harakatsizlik-tushuniladi-bunday-qilmish-qonun-bilan-muhofaza-qilinadigan","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19851&lang=kr","title":{"rendered":"Huquqbuzarlik va javobgarlik tushunchasi"},"content":{"rendered":"<p>Huquqbuzarlik va javobgarlik tushunchasi. Huquqbuzarlik deganda, jamiyat uchun xavfli bo\u2018lgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) tushuniladi. Bunday qilmish qonun bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish xavfini tug&#8217;dirishi mumkin. Huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ijtimoiy xavflilik; huquqqa zidlik; ayblilik; jazolanish. Ijtimoiy xavflilik shundan iboratki, bunda huquqbuzarlik jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy manfaatlarni poymol etadi. Huquqbuzarlikning zararligi yoki xavfliligi shundan iboratki, u jamiyat hayotining maromiga salbiy ta \u2018sir etadi.<\/p>\n<p>Huquqqa zidlik \u2014 huquqbuzarlikning ikkinchi belgisi. Bu o&#8217;rinda gap qilmish oqibatida qonunning, muayyan huquqiy normaning buzilishi to&#8217;g&#8217;risida bormoqda. Boshqacha aytganda, huquqbuzar qonunda yoki huquq normasida belgilab qo&#8217;yilgan taqiqni buzadi. Agar bunday taqiq bo\u2018lmasa, huquqbuzarlik ham bo\u2019lmaydi. Qonun kengaytirilgan holda yoki analogiya bo&#8217;yicha talqin etilishi mumkin emas.\u00a0 Ayblilik \u2014 huquqbuzarlikning uchinchi belgisi. Huquq normasini yuridik javobgarlikni zimmasiga olishga qodir bo\u2019lgan shaxs buzadi va shaxs bu harakatni qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etadi.<\/p>\n<p>Ayb \u2014 shaxsning o&#8217;zi sodir etgan huquqqa xilof harakatiga va uning zararli oqibatlariga ruhiy munosabati. Qariyb har doim inson oldida huquqqa mos yoki huquqqa zid tarzda harakat qilishni tanlash imkoni bo\u2019ladi. Agar u ikkinchi yo&#8217;lni tanlasa, huquqqa xilof qilmishni aybli tarzda sodir etgan, deb hisoblanadi. Balog&#8217;at yoshiga yetmaganlar yoki aqli noraso deb topilgan shaxslar sodir etgan qilmish (huquqqa zid bo\u2019lsa ham) huquqbuzarlik bo\u2019lmaydi. Baxtsiz hodisa, tasodif natijasida, biron kimsaga aybsiz zarar yetkazish hodisasi ham huquqbuzarlik emas.<\/p>\n<p>Huquqbuzarlikning to&#8217;rtinchi belgisi \u2014 jazolanish. Bu ma\u2019lum huquqbuzarlik uchun uni sodir etgan shaxsning vakolatli davlat organi tomonidan javobgarlikka tortilishini bildiradi. Bu javobgarlik huquqiy normaning sanksiyasida ifodalanadi. Ba\u2019zi hollarda shaxs qonunga binoan javobgarlikdan ozod etilishi ham mumkin. Lekin buni ham vakolatli davlat organi amalga oshiradi.\u00a0 Huquqbuzarliklar qonunchilikning qaysi sohasiga tegishliligiga qarab, bir qancha turlarga bo\u2019linadi. Huquqbuzarlikning quyidagi turlarini keltirish mumkin:\u00a0 &#8212; fuqarolik-huquqiy (majburiyatni bajarmaslik, moddiy zarar yetkazish);\u00a0 &#8212; ma&#8217;muriy (mayda bezorilik, yo\u2019llarda harakatlanish qoidalarini buzish va hk.); intizomiy (ishga kelmaslik, kech qolish);\u00a0 &#8212; jinoiy, ya\u2019ni jinoyatlar (odam o\u2018ldirish, o\u2018g\u2018rilik, militsiya xodimiga qarshilik ko\u2018rsatish va boshqalar).<\/p>\n<p>Huquqbuzarlikning turiga qarab davlat majburlov choralari ham o\u2018zgarib turadi. Ularning eng og\u2019irlari jinoyat sodir etilganda qollaniladi. Yuridik javobgarlik, ijtimoiy javobgarlikning boshqa shakllaridan farqli ravishda, doimo huquq normalariga asoslanadi va davlat majburlov normalari bilan bog\u2018liq bo\u2019ladi.<\/p>\n<p>Yuridik javobgarlik \u2014 huquqbuzarning huquq normalariga asoslangan va huquqbuzarlik faktidan kelib chiqadigan qilmishi uchun javob berish va davlat majburlov choralari shaklidagi noxush oqibatlariga chidash majburiyati hamda shunday oqibatlarga haqiqatan duchor bolishidir.\u00a0 Yuridik javobgarlik belgilari quyidagilardan iborat:\u00a0 &#8212; davlat majburlov choralari bilan uzviy aloqadorlik;\u00a0 &#8212; faktik asos \u2014 huquqbuzarlik;\u00a0 &#8212; yuridik asos \u2014 yuridik javobgarlikning huquqiy tartibga solinganligi;\u00a0 &#8212; davlat qoralovi bilan bog&#8217;liqlik;\u00a0 &#8212; huquqbuzar huquqlarmi cheklash bilan bog\u2018liq salbiy oqibatlar;\u00a0 &#8212; huquqbuzarlikni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsga nisbatan jazo qo&#8217;llash; huquqiyprinsiplarga asoslanganlik (qonuniylik, individuallashtirish, tabaqalashganlik va boshqalar).<\/p>\n<p>Yuridik javobgarlikning asosi huquqbuzarlik, ya\u2019ni huquq normalarini buzuvchi muayyan harakat yoki harakatsizlikdir. Ta\u02bckidlab o\u02bctish joizki, O\u02bczbekiston Respublikasi yangi Konstitutsiyasida inson huquq va erkinliklari to\u02bcliq o\u02bcz aksini topgan desak,\u00a0 mubolag\u02bca bo\u02bclmaydi. Xususan, Konstitutsiyaning II bo\u2018limi \u201cInson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari\u201d deb nomlanadi. Ushbu bo\u02bclim 7 bobdan iborat bo\u02bclib, unda Umumiy qoidalar; Fuqarolik; Shaxsiy huquq va erkinliklar; Siyosiy huquqlar; Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; Inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari va Fuqarolarning burchlari belgilab berilgan. Inson huquqlariga oid BMT tomonidan 70 ga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan 160 dan ziyod, YuNESKO tomonidan 70 dan ortiq, Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti tomonidan 30 dan ortiq xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilingan. Ma\u02bclumki, BMT Bosh Assambleyasining rezolyutsiya bilan 1948-yil\u00a0 10-dekabrda \u201cInson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi\u201d qabul qilingan.<\/p>\n<p>Aytish joizki, dunyodagi ko\u02bcpchilik rivojlangan mamlakatlar konstitutsiyalaridagi inson huquq va erkinliklarini kafolatlash aynan BMTning \u201cInson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi\u201d rezolyutsiyasiga mos ravishda qabul qilingan. Ma\u02bclumki, \u201cInson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi\u201d Muqaddimasida \u201cInsoniyat oilasining hamma a\u02bczolariga xos qadr-qimmat va ularning teng, ajralmas huquqlarini tan olish erkinlik, adolat va yalpi tinchlik asosi ekanligini e\u02bctiborga olib inson huquqlarini mensimaslik va uni poymol etish insoniyat vijdoni qiynaladigan vahshiyona ishlar sodir etilishiga olib kelganini, kishilar so\u02bcz erkinligi va e\u02bctiqod erkinligiga ega bo\u02bcladigan hamda qo\u02bcrquv va muhtojlikdan holi sharoitda yashaydigan dunyoni yaratish insonlarning ezgu intilishidir deb e\u02bclon qilingan.<\/p>\n<p>E\u02bctiborlisi, O\u02bczbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi normalar \u201cInson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi bilan bir xilligini ko\u02bcrish mumkin. Xususan, \u201cInson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi\u201dning 3-moddasi. \u201cHar bir inson yashash, erkin bo\u02bclish va shaxsiy daxlsizlik huquqlariga egadir\u201d deb belgilangan. O\u02bczbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini 24-moddasida ham \u201cYashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og\u02bcir jinoyatdir\u201ddeb belgilangan.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cInson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi\u201dning 5-moddasi: \u201cHech kim qiynoqqa yoki shafqatsiz, g\u02bcayriinsoniy yoki qadr-qimmatni xo\u02bcrlovchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak\u201d deb belgilangan. E\u02bctiboli jihatlardan biri esa aynan O\u02bczbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 26-moddasining ikkinchi qismini o\u02bcqiymiz. \u201cHech kim qiynoqqa solinishi, zo\u02bcravonlikka shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas\u201d degan normani ko\u02bcrishimiz mumkin. Bundan tashqari, \u201cInson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi\u201dning\u00a0 9-moddasi, \u201cHech kim asossiz qamalishi, ushlanishi yoki quvg\u02bcin qilinishi mumkin emasligi ko\u02bcrsatib o\u02bctilgan. Aynan ushbu qoida O\u02bczbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining\u00a0 25-moddasida o\u02bcz aksini topganligini ko\u02bcrishimiz mumkin. Unda \u201cHar kim erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga ega.<\/p>\n<p>Hech kim qonunga asoslanmagan holda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas\u201ddeb belgilangan. Yuqoridagilardan ko\u02bcrinib turibdiki mamlakatimiz Konstitutsiyasi fuqarolarning huquq va erkinliklari borasida \u201cInson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi\u201dning asosiy g\u02bcoyalari va qoidalarini o\u02bczida to\u02bcliq aks ettirgan. Xulosa o\u02bcrnida aytganda, O\u02bczbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining\u00a0 II bobi, 13-moddasida \u201cO\u02bczbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko\u02bcra inson, uning hayoti, erkinligi, sha\u02bcni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi va fuqarolarning huquq va erkinliklari Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi, O\u02bczbekiston demokratik davlat deganimizda, chinakam ma\u02bcnoda ko\u02bcz oldimizda bunda inson huquq va erkinliklarining to\u02bcla kafolatlanganligining guvohi bo\u02bclamiz.<\/p>\n<p><em><strong>\u0421\u0443\u0440\u0445\u043e\u043d\u0434\u0430\u0440\u0451 \u0432\u0438\u043b\u043e\u044f\u0442 \u043c\u0430\u044a\u043c\u0443\u0440\u0438\u0439 \u0441\u0443\u0434\u0438\u043d\u0438\u043d\u0433 \u0441\u0443\u0434\u044c\u044f \u043a\u0430\u0442\u0442\u0430 \u0451\u0440\u0434\u0430\u043c\u0447\u0438\u0441\u0438\u00a0 <\/strong><\/em><\/p>\n<p><em><strong>\u0428.\u0411\u043e\u0431\u043e\u043c\u0443\u0440\u043e\u0434\u043e\u0432<\/strong><\/em><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Huquqbuzarlik va javobgarlik tushunchasi. Huquqbuzarlik deganda, jamiyat uchun xavfli bo\u2018lgan qilmish (harakat yoki harakatsizlik) tushuniladi. Bunday qilmish qonun bilan muhofaza qilinadigan ijtimoiy munosabatlarga zarar yetkazishi yoki zarar yetkazish xavfini tug&#8217;dirishi mumkin. Huquqbuzarlikning asosiy belgilari quyidagilardan iborat: ijtimoiy xavflilik; huquqqa zidlik; ayblilik; jazolanish. Ijtimoiy xavflilik shundan iboratki, bunda huquqbuzarlik jamiyatning qadriyatlariga tajovuz qiladi, xususiy va ijtimoiy &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19339,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19851"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19851"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19851\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19854,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19851\/revisions\/19854"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/19339"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19851"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19851"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19851"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}