{"id":19615,"date":"2025-03-17T12:56:41","date_gmt":"2025-03-17T09:56:41","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19615"},"modified":"2025-03-17T12:56:43","modified_gmt":"2025-03-17T09:56:43","slug":"jinoyatchilikka-qarshi-kurashish-va-korrupsiyaning-oldini-olish-ustuvor-vazifalari-belgilandi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19615","title":{"rendered":"Jinoyatchilikka qarshi kurashish va korrupsiyaning oldini olish  ustuvor vazifalari belgilandi"},"content":{"rendered":"<p>Senatning beshinchi yalpi majlisida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan ustuvor yo\u2018nalishlardan kelib chiqib, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgan vazifalar ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda sohaning normativ-huquqiy asoslari shakllantirilganligi, institutsional o\u2018zgarishlar amalga oshirilganligi, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan qator amaliy choralar ko\u2018rilganligi ta\u02bckidlab o\u2018tildi.<\/p>\n<p>Sohaga oid 10 ga yaqin qonun qabul qilindi. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 10 ta farmon va qarori, hukumatning 2 ta qarori va 20 dan ortiq idoraviy hujjat hamda 2 ta davlat dasturi tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Xususan, davlat siyosatining asosiy yo\u2018nalishlarini belgilovchi \u201cKorrupsiyaga qarshi kurashish to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun qabul qilindi.<\/p>\n<p>\u201cDavlat fuqarolik xizmati to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun bilan davlat fuqarolik xizmati isloh qilinib, davlat xizmatida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan mexanizmlar joriy etildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, \u201cNormativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to\u2018g\u2018risida\u201dgi Qonun qabul qilinib, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o\u2018tkazish tizimi yaratildi.<\/p>\n<p>Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi va uning hududiy kengashlari tashkil etildi.<\/p>\n<p>Milliy kengash tarkibidan davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining o\u2018rin olishi orqali barcha davlat va nodavlat tashkilotlarining sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish imkoniyati yaratildi.<\/p>\n<p>Korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas\u02bcul bo\u2018lgan maxsus vakolatli davlat organi \u2013 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tuzildi.<\/p>\n<p>Korrupsiyaga qarshi kurashish to\u2018g\u2018risidagi har yilgi Milliy ma\u02bcruza tayyorlash va uni Oliy Majlis palatalariga kiritish amaliyoti yo\u2018lga qo\u2018yilib, ushbu jarayon Konstitutsiyamizda ham o\u2018z aksini topdi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, 117 ta davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan banklarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens \u2013 nazorat) tuzilmalari faoliyati yo\u2018lga qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Shu bilan birga, ushbu sohada qator kamchiliklar ham mavjudligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Qurilishga ruxsat berish, binoni topshirishda yong\u2018in xavfsizligi bo\u2018yicha byurokratiya va qonun buzilishi holatlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar asosan korrupsiyani aniqlash va jazolash bilan shug\u2018ullanib, korrupsiyaviy omillarning oldini olishga, preventiv choralarni ko\u2018rishga e\u02bctibor qaratilmagani shular jumlasidandir.<\/p>\n<p>Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olishda davlat organlari va tashkilotlaridagi korrupsiyaga qarshi ichki nazorat (komplayens nazorat) bo\u2018linmalarining o\u2018rni va mas\u02bculiyati sezilmayapti.<\/p>\n<p>Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan sohaga oid xorijiy davlatlar tajribasi o\u2018rganilmagan, sohani rivojlantirish bo\u2018yicha takliflar ishlab chiqilmagan.<\/p>\n<p>Sog\u2018liqni saqlash, bandlik, bank sohalarida korrupsiyaviy holatlar yuqori. Sog\u2018liqni saqlash sohasida \u2013 527 ta, bandlik bo\u2018yicha \u2013 447 ta, banklarda \u2013 434 ta korrupsiyaviy holat qayd etilgan.<\/p>\n<p>Byudjetdan eng ko\u2018p mablag\u2018 oladigan vazirliklardagi korrupsiyaviy omillar aniqlanmagan, o\u2018rganilmagan hamda tahlil qilinmagan.<\/p>\n<p>Tumanlarda, mahallalarda infratuzilmaga ulanish, litsenziya olish, imtiyozli kredit ajratish, ishga qabul qilish, malaka oshirish kabi maishiy korrupsiyaviy holatlar ko\u2018paygan.<\/p>\n<p>Tergovchi, prokuror va sudyalar qo\u2018lidagi ish bo\u2018yicha faqatgina idoralarga taqdimnoma va xususiy ajrim kiritish bilan cheklanmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashlarining faoliyati talabga javob bermaydi, ular mahallalar bilan o\u2018zaro hamkorlik qilmagan.<\/p>\n<p>Davlat xizmatlari bo\u2018yicha davlat idoralari va aholi o\u2018rtasidagi munosabatlarni baholaydigan tizim yo\u2018lga qo\u2018yilmagan. Prokuror, ichki ishlar va soliq organlari rahbarlarining korrupsiyaning oldini olish borasidagi faoliyati talabga javob bermaydi.<\/p>\n<p>Senatorlar Prezident tomonidan qayd etilgan yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda quyidagi masalalarga alohida e\u02bctibor qaratish zarurligini ta\u02bckidlashdi.<\/p>\n<p>Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashishning qonunchilik asoslarini takomillashtirish,\u00a0jinoyatchilikning oldini olish bo\u2018yicha hududlardagi (mahallalardagi) ishlar samaradorligini oshirish, shu jumladan joylardagi maishiy korrupsiyaga barham berish, jinoyat sodir etgan shaxslar bilan individual ishlash tizimini yo\u2018lga qo\u2018yish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish bilan bog\u2018liq keng qamrovli chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish bo\u2018yicha hududiy kengashlar faoliyatini tubdan yaxshilash lozim.<\/p>\n<p>Muhokama yakunida jinoyatchilikka qarshi kurashish va korrupsiyaning oldini olish borasida amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar yuzasidan Senatning qarori qabul qilindi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Senatning beshinchi yalpi majlisida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi majlisida belgilab berilgan ustuvor yo\u2018nalishlardan kelib chiqib, O\u2018zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari oldida turgan vazifalar ko\u2018rib chiqildi. So\u2018nggi yillarda sohaning normativ-huquqiy asoslari shakllantirilganligi, institutsional o\u2018zgarishlar amalga oshirilganligi, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan qator amaliy choralar ko\u2018rilganligi ta\u02bckidlab &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19616,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[15],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19615"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19615"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19615\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19617,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19615\/revisions\/19617"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19616"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19615"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19615"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19615"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}