{"id":19414,"date":"2025-01-24T13:43:40","date_gmt":"2025-01-24T10:43:40","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19414"},"modified":"2025-01-24T13:43:42","modified_gmt":"2025-01-24T10:43:42","slug":"sud-hujjatlarining-turlari-sud-hujjatlari-mazmuniga-qo%ca%bbyiladigan-talablar","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19414","title":{"rendered":"Sud hujjatlarining turlari. Sud hujjatlari mazmuniga qo\u02bbyiladigan talablar"},"content":{"rendered":"<p>Sud hujjatlari huquq qo\u02bbllash hujjatlarining muhim bir turi hisoblanadi. Shu bois, unga nisbatan ham huquq qo\u02bbllash hujjatlariga qo\u02bbyilgan talablarning barchasi qaratiladi. Ammo, aynan sud hujjatlariga qo\u02bbyiladigan yana boshqa talablar ham mavjud. Bular mazkur toifa hujjatlarining mazmun va mohiyatidan kelib chiqadi. Sud hujjati doimo muayyan yuridik oqibat vujudga keltiradigan yuridik hujjatdir. Sud qarorida albatta nizoli ish qonunda va protsessual qonunchilikda belgilab qo\u02bbyilgan asos va tartibda ko\u02bbrib chiqilib, tegishli qaror o\u02bbz ifodasini topishi kerak.<\/p>\n<p>Sud hujjatlari &#8212; bu tegishli sudlarda qonun talablari asosida jinoiy, fuqarolik, xo\u02bbjalik, ma\u2019muriy ishlarni mohiyatan ko\u02bbrish natijasida qabul qilinadigan huquq qo\u02bbllash hujjatidir.<\/p>\n<p>Sud hujjatining quyidagi turlari bor:<\/p>\n<p>ajrim, xususiy ajrim, qaror, bo\u02bbyruq, hukm, hal qiluv qarori.<\/p>\n<p><strong>Ajrim.<\/strong><\/p>\n<p>Birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qilmaydigan qaroriga ajrim deb aytiladi. Sud muhokamasi vaqtida hal qilinadigan barcha masalalar yuzasidan sud ajrim chiqaradi.<\/p>\n<p>Jinoyat ishini qo\u02bbshimcha tergov o\u02bbtkazish uchun prokurorga yuborish to\u02bbg\u02bbrisidagi, ishni tugatish yoki to\u02bbxtatish haqidagi, ehtiyot choralarini qo\u02bbllash (o\u02bbzgartirish, bekorqilish) to\u02bbg\u02bbrisidagi, ayblanuvchini, sudlanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to\u02bbg\u02bbrisidagi, ayblanuvchining, sudlanuvchining tibbiy muassasada bo\u02bblishi muddatini uzaytirish haqidagi, rad qilishlar to\u02bbg\u02bbrisidagi ajrimlarni, shuningdek xususiy ajrimlarni sud alohida xonada (maslahatxonada) chiqaradi. Bu ajrimlar alohida hujjatlar tarzida rasmiylashtiriladi va sud tomonidan imzolanadi.<\/p>\n<p>Hal qiluv qarori singari ajrim ham to\u02bbrt qismdan iborat bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>FPKning 238-moddasida ko\u02bbrsatilganidek, maslahatxonada (alohidaxonada) chiqariladigan sud ajrimida quyidagilar ko\u02bbrsatiladi:<\/p>\n<p>1) ajrimning chiqarilgan vaqti va joyi;<\/p>\n<p>2) sudning nomi va hay\u2019ati, sud majlisining kotibi;<\/p>\n<p>3) sudda ishtirok etuvchi shaxslar, vakillar;<\/p>\n<p>4) nizoning predmeti va ajrim bilan hal qilinadigan masalaning mazmuni;<\/p>\n<p>5) sud o\u02bbz xulosasi uchun olgan asoslar va sud qo\u02bbllagan qonunlar;<\/p>\n<p>6) sudning hal qilayotgan masala yuzasidan xulosasi;<\/p>\n<p>7) ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) tartibi va muddati.<\/p>\n<p>Qonun bo\u02bbyicha shikoyat qilib bo\u02bblmaydi deb hisoblanadigan xususiy ajrimlar yoki xususiy shikoyat va protest berishga yo\u02bbl qo\u02bbyilmaydigan ajrimlargina qonuniy kuchga kiradi. Bu ajrimlardan avvalgilari ajrim chiqarilishi bilanoq qonuniy kuchga kiradi, ikkinchilari esa, shikoyat qilish uchun berilgan muddat o\u02bbtgandan keyin yoki shikoyat yo protest yuqori sud tomonidan rad qilinganidan keyin qonuniy kuchga kiradi.<\/p>\n<p>Boshqa ajrimlar esa ish yuzasidan chiqarilgan hal qiluv qarori bilan birga qonuniy kuchga kiradi.<\/p>\n<p>Sudning xususiy ajrimlari to\u02bbg\u02bbrisidagi qoidalar FPKning 19-moddasida berilgan. Bu qonunga asosan sud fuqarolik ishini ko\u02bbrayotganida ayrim mansabdor shaxslar yoki fuqarolar qonunchilikni, jamiyat turmush qoidalarini buzganligi yoxud korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va boshqa kooperativ hamda jamoat tashkilotlarining ishlarida jiddiy kamchiliklar borligini aniqlasa, xususiy ajrim chiqarib, uni tegishli korxonalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslarga yoki mehnat jamoalariga yuboradi, ular esa o\u02bbzlari tomonidan ko\u02bbrilgan choralar to\u02bbg\u02bbrisida sudga bir oy mobaynida ma\u2019lum qilishga majburdirlar.<\/p>\n<p><strong>Qaror.<\/strong><\/p>\n<p>Jinoyat ishini sudda ko\u02bbrish uchun tayinlash to\u02bbg\u02bbrisidagi qarorda:<\/p>\n<p>1) qachon va qayerda chiqarilgani;<\/p>\n<p>2) sudyaning lavozimi va familiyasi;<\/p>\n<p>3) sudlanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, Jinoyat kodeksining unga nisbatan e\u2019lon qilingan aybga doir moddasi;<\/p>\n<p>4) ishning sud majlisida ko\u02bbrilishi uchun yetarli asoslar borligi to\u02bbg\u02bbrisidagi xulosa;<\/p>\n<p>5) sudlanuvchilarga nisbatan qo\u02bbllanilgan ehtiyot chorasi to\u02bbg\u02bbrisidagi qaror;<\/p>\n<p>6) sud muhokamasida davlat ayblovchisining, shuningdek himoyachining ishtiroki;<\/p>\n<p>7) sud muhokamasi o\u02bbtkaziladigan joy va vaqt ko\u02bbrsatilishi lozim.<\/p>\n<p><strong>Hal qiluv qarori.<\/strong><\/p>\n<p>Fuqarolik ishlarini ko\u02bbrish va hal qilishda sudning mulohaza va xulosalari muayyan protsessual tartibda chiqariladigan sud qarorlarida o\u02bbz ifodasini topadi.<\/p>\n<p>Fuqarolik ishlari bo\u02bbyicha hal etiladigan masalalarga ko\u02bbra sud qarorlari ikki turga: hal qiluv qarorlari va ajrimlarga bo\u02bblinadi.<\/p>\n<p>Birinchi instansiya sudining ishini mazmunan hal qiladigan qarori hal qiluv qarori deb aytiladi (FPKning 203-moddasi). Bun-day hal qiluv qarori sud tomonidan ko\u02bbrilayotgan asosiy masalalarga javob tariqasida-taraflarning talablari bo\u02bbyicha, organlar va mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari ustidan berilgan shikoyat-lar, alohida tartibda ko\u02bbriladigan ishlar, chunonchi, yuridik aha-miyatga ega bo\u02bblgan holatlarni belgilash bo\u02bbyicha qabul qilinadi.<\/p>\n<p>Har bir hal qiluv qarori aniq bo\u02bblsin uchun to\u02bbrt qismdan: kirish, bayon qilish, asoslantirish va xulosadan iborat bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Hal qiluv qarorining kirish qismida hal qiluv qarori chiqarilgan vaqt va joy, hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi, sud hay\u2019ati, sud majlisining kotibi, protsessda qatnashgan prokuror, taraflar, ishda ishtirok etuvchi shaxslar ko\u02bbrsatiladi.<\/p>\n<p>Hal qiluv qarorining bayon qilish qismida da\u2019vogarning talabi, javobgarning e\u2019tirozlari va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning bayonotlari ko\u02bbrsatilishi kerak.<\/p>\n<p>Hal qiluv qarorining yuqorida ko\u02bbrsatilgan bayon qilish qismi mumkin qadar qisqa yozilib, nizo nimadan iborat ekanligi to\u02bbla bayon qilinmog\u02bbi lozim. Bu qismda da\u2019vogarning talablari va ularning asoslari shuningdek, da\u2019vogarning talabiga qarshi javobgarning e\u2019tirozlari va bu e\u2019tirozlarga asos bo\u02bblgan materiallari bayon qilinishi lozim. Agar uchinchi shaxs mustaqil talab kiritgan bo\u02bblsa, bu qismda uchinchi shaxslarning ham ishtirok etganliklarini va ularning talablarini ko\u02bbrsatish lozim. Agar ish yuzasidan bir marta hal qiluv qarori chiqarilib, apellyatsiya kassatsiya yoki nazorat tarti-bida ish bekor qilingan bo\u02bblsa, muqaddam qarorlar chiqarilganligi va yuqori sud o\u02bbzining hal qiluv qarori va ajrimida qanday ko\u02bbrsatmalar bergani zikr qilinishi kerak.<\/p>\n<p>Hal qiluv qarorining asoslantirish qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari va keltirilgan dalillar to\u02bbg\u02bbrisi-dagi xulosalar, da\u2019voni qanoatlantirish yoki rad qilish uchun bo\u02bblgan asoslar, sud qo\u02bbllagan qonunlar ko\u02bbrsatilmog\u02bbi lozim.<\/p>\n<p>Hal qiluv qarorining asoslantirish qismida taraflar top-shirgan hujjatlarni, sud majlisida aniqlangan faktlarni tahlil qilib, taraflar o\u02bbrtasidagi munosabatlar to\u02bbg\u02bbrisida chiqarilgan xulosa va bu munosabatlarga berilgan yuridik bahoni ko\u02bbrsatish lozim. Boshqacha qilib aytganda, sud hal qiluv qarorining shu qismida dalillarga baho beradi, qanday faktlar aniqlangani, javobgarning qanday e\u2019tirozlarini to\u02bbg\u02bbri deb topganligi va qanday qonunlarga binoan asosli hisoblaganligi ko\u02bbrsatib o\u02bbtiladi.<\/p>\n<p>Hal qiluv qarorining xulosa (qaror) qismida esa sudning da\u2019voni qanoatlantirish yoxud da\u2019voni to\u02bbla yoki qisman rad etish to\u02bbg\u02bbrisidagi xulosasi, sud xarajatlarining taqsimoti hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati va tartibi ko\u02bbrsatilishi lozim (FPKning 206-moddasi). Hal qiluv qarorining qaror qismida sud qanday qarorga kelgan bo\u02bblsa, shu qaror yoziladi.Qarorning bu qismida, agar da\u2019vo qondirilgan bo\u02bblsa, javobgar nimani bajarishi kerakligi qat\u2019iy, aniq va ravshan ko\u02bbrsatadigan buyruq shaklida yozilmog\u02bbi lozim. Agar da\u2019vo qisman qondirilsa, sud qanday talablar qondirilganligi va qanday talablar rad qilinganligini aniq ko\u02bbrsatishi kerak. Agar sud da\u2019voning hammasini rad qilishi zarur deb topsa, qaror qismida \u00abda\u2019vo rad qilinsin\u00bb debgina yozib qol-dirmasdan, balki qaysi da\u2019vogarning da\u2019vosi rad qilinganligini ham aniq ko\u02bbrsatishi lozim. Hal qiluv qarorining yuqoridagi talablarga amal qilmasligi, bu qarorning bajarilishini qiyinlashtiradi.<\/p>\n<p>Sud hal qiluv qarorining qaror qismida qarorni ijro qilish tartibini, ya\u2019ni hal qiluv qarorini ijro qilish usuli va muddatini ham ko\u02bbrsatadi.<\/p>\n<p>Hal qiluv qarorining qaror qismi oxirida sud taraflarning hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilishga haqli ekanliklarini va shikoyat qilish tartibi (qaysi muddatda, qayerga topshirish va shu singarilar)ni ko\u02bbrsatib o\u02bbtishi lozim.<\/p>\n<p>Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar ko\u02bbrsatiladi: sud majlisi boshlangan va tamom bo\u02bblgan vaqt ko\u02bbrsatilgan holda majlis bo\u02bblgan joy va sana; sudning nomi va tarkibi; sud majlisining kotibi, tarjimon, ayblovchi, himoyachi, sudlanuvchi, jabrlanuvchi va uning vakili, fuqaroviy da\u2019vogar, fuqaroviy javobgar va ularning vakillari, shuningdek sud chaqirgan boshqa shaxslar; ko\u02bbrilayotgan ish; sudlanuvchining shaxsiga doir ma\u2019lumotlar; hozir bo\u02bblgan va hozir bo\u02bblmagan guvohlar hamda ularning kelmaganlik sabablari. Bayonnomada: raislik qiluvchining barcha farmoyishlari ko\u02bbrsatiladi va sudning harakatlari qanday tartibda o\u02bbtgan bo\u02bblsa, shu tartibda yoziladi; ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ariza va iltimoslari; sudlanuvchi, jabrlanuvchi va guvohlar ko\u02bbrsatuvlarining batafsil mazmuni; berilgan savollarga ekspertning javoblari; sud muzokaralarining tartibi, sud muzokaralarida ishtirok etgan shaxslarning xulosalari hamda sudlanuvchi oxirgi so\u02bbzining mazmuni; basharti protsess ishtirokchilari iltimos qilsalar, ishni ko\u02bbrish paytida yuz bergan holatlar to\u02bbg\u02bbrisidagi mulohazalar aks ettiriladi.<\/p>\n<p>Sud zarur deb topgan hollarda guvohlar va jabrlanuvchilar o\u02bbzlari bergan ko\u02bbrsatuvlarini sud majlisining bayonnomasida imzolaydilar.<\/p>\n<p>Bayonnoma raislik qiluvchi va sud majlisining kotibi tomonidan imzolanadi.<\/p>\n<p>Bayonnomaning mazmuni bo\u02bbyicha raislik qiluvchi bilan sud majlisining kotibi o\u02bbrtasida kelishmovchilik bo\u02bblgan taqdirda kotib o\u02bbz mulohazalarini bayonnomaga ilova qilishi shart, bu mulohazalar sud tarkibi tomonidan ko\u02bbriladi. Mazkur masala yuzasidan ajrim chiqarilib, bayonnomaga ilova qilinadi.<\/p>\n<p>Bayonnoma to\u02bbliq bo\u02bblishini ta\u2019minlash uchun stenogramma yuritilishi mumkin. Stenografik yozuv ishga ilova qilinmaydi. Sud muhokamasi chog\u02bbidagi so\u02bbroq qilishlar ovoz yozish, videoyozuv yoki kinotasvirga olish vositalarida aks ettirilishi mumkin. Bunday holda fonogramma, videokasseta va kinotasma sud majlisining bayonnomasiga ilova qilinib, bayonnomada ushbu vositalar qo\u02bbllangani qayd etiladi.<\/p>\n<p>Sud majlisining bayonnomasi hukm chiqarilgan kunning ertasidan, murakkab ishlar bo\u02bbyicha esa uch sutkadan kechiktirmay imzolanishi lozim.<\/p>\n<p><strong>Hukm.<\/strong><\/p>\n<p>Sudda ish qaysi tilda ko\u02bbrilgan bo\u02bblsa, hukm shu tilda, aniq va tushunarli iboralarda bayon qilinadi va kirish, tavsif hamda qaror qismlaridan iborat bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Hukm uni chiqarishda qatnashgan sudyalardan biri yoki hukmni yakka o\u02bbzi chiqargan sudya tomonidan qo\u02bblda yoki texnik vositalardan foydalangan holda yozilishi lozim. Hukmga kiritilgan tuzatishlar hukm e\u2019lon qilinishidan oldin izohlanishi va sudyaning (sudyalarning) imzosi bilan tasdiqlanishi lozim.<\/p>\n<p>Hukmning kirish qismida:<\/p>\n<p>1) hukm qachon va qayerda chiqarilganligi;<\/p>\n<p>2) hukmni chiqargan sudning nomi, sudning tarkibi, sud majlisining kotibi, taraflar, tarjimon;<\/p>\n<p>3) sudlanuvchining ismi, otasining ismi va familiyasi, tug\u02bbilgan yili, oyi, kuni va joyi, yashash joyi, ishlash joyi, mashg\u02bbuloti, ma\u2019lumoti, oilaviy ahvoli va sudlanuvchi xususidagi ish uchun ahamiyatli boshqa ma\u2019lumotlar;<\/p>\n<p>4) sudlanuvchiga qo\u02bbyilgan ayblov Jinoyat kodeksining qaysi moddasida nazarda tutilganligi ko\u02bbrsatiladi.<\/p>\n<p>Ayblov hukmining tavsif qismida sud isbot etilgan deb e\u2019tirof etgan jinoiy qilmishning tavsifi, sodir etilgan joyi, vaqti, usuli, aybning shakli, jinoyatning sabablari, maqsadlari va oqibatlari ko\u02bbrsatilishi lozim. Hukmda sudning har bir sudlanuvchiga nisbatan xulosalariga asos bo\u02bblgan dalillar va sudning boshqa dalillarni rad etish sabablari yoziladi. Javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki og\u02bbirlashtiruvchi holatlar, aybning bir qismi asossiz deb topilgan taqdirda yoki jinoyatning tavsifi noto\u02bbg\u02bbriligi aniqlanganda esa ayblovni o\u02bbzgartirish asoslari va sabablari ko\u02bbrsatiladi.<\/p>\n<p>Sud, shuningdek Jinoyat kodeksi moddasining jazo qismida ozodlikdan mahrum qilish bilan bog\u02bbliq bo\u02bblmagan boshqa jazo choralari ham nazarda tutilgan bo\u02bblsa, ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazo nimaga asoslanib tayinlaganini; ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilinganga koloniyada saqlash tartibining muayyan turini belgilashni yoki ozodlikdan mahrum etish jazosini turmada o\u02bbtashni tayinlashni; sudlanuvchi o\u02bbta xavfli retsidivist deb topilganligini; shartli hukm qo\u02bbllanilganini; Jinoyat kodeksining moddasida xuddi shunday jinoyat uchun nazarda tutilgan eng kam jazodan ham kamroq jazo tayinlanganligini; boshqa yengilroq jazoga o\u02bbtilganligini; umumiy qoidalardan chekinib koloniya turi tayinlanganligini; boshqa ta\u2019sir choralarini qo\u02bbllab yoki qo\u02bbllamasdan sudlanuvchi jazodan ozod etilganligini asoslab berishi shart.<\/p>\n<p>Sud qonun hujjatlariga muvofiq sudlanuvchiga nisbatan tibbiy yo\u02bbsindagi majburlov chorasi qo\u02bbllash yoki uning ustidan homiylik tayinlash lozim deb topsa, bunday qarorga kelish sabablarini ko\u02bbrsatishi shart.<\/p>\n<p>Jamoat birlashmasining yoki jamoaning sudlanuvchini shartli hukm qilib, u bilan tarbiyaviy ish olib borish uchun o\u02bbzlariga berishni so\u02bbragan iltimosnomalari bo\u02bblsa, sud bu iltimosnomalarni qanoatlantirish yoki rad etish sabablarini hukmda ko\u02bbrsatadi.<\/p>\n<p>Sud, shuningdek qo\u02bbzg\u02bbatilgan fuqaroviy da\u2019vo to\u02bbg\u02bbrisida yoki jinoyat oqibatida keltirilgan mulkiy zararni undirish to\u02bbg\u02bbrisida o\u02bbz tashabbusi bilan chiqargan qarorning asoslarini ham ko\u02bbrsatishi lozim.<\/p>\n<p>Ayblov hukmining qaror qismida:<\/p>\n<p>1) sudlanuvchining familiyasi, ismi va otasining ismi;<\/p>\n<p>2) sudlanuvchining jinoyat sodir etganlikda aybli deb topilganligi to\u02bbg\u02bbrisidagi qaror;<\/p>\n<p>3) Jinoyat kodeksining sudlanuvchining aybli deb e\u2019tirof etilishiga asos bo\u02bblgan moddasi (moddaning qismi, bandi), shuningdek sudlanuvchining o\u02bbta xavfli retsidivist deb topilganligi, basharti sud shunday qaror qabul qilgan bo\u02bblsa;<\/p>\n<p>4) sudlanuvchi aybli deb topilgan har bir jinoyati uchun tayinlangan jazo turi va me\u2019yori; Jinoyat kodeksining moddalariga muvofiq uzil-kesil tayinlangan va o\u02bbtalishi lozim bo\u02bblgan jazo chorasi; ozodlikdan mahrum etilgan shaxsning jazo muddatini o\u02bbtashi lozim bo\u02bblgan tegishli tartibli koloniya turi;<\/p>\n<p>5) sudlanuvchi shartli ravishda hukm qilingan bo\u02bblsa, sinov muddati va mahkumning ustidan kuzatuv olib borish vazifasi yuklatilgan jamoa yoki shaxs;<\/p>\n<p>6) ushlab turilgan yoki qamoqda saqlangan vaqtni jazo tayinlashda jazo muddati hisobiga kiritish to\u02bbg\u02bbrisidagi qaror;<\/p>\n<p>7) hukm qonuniy kuchga kirguniga qadar sudlanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasiga doir qaror;<\/p>\n<p>8) mahkumning zimmasiga yuklatilgan majburiyatlar;<\/p>\n<p>9) Jinoyai Kodeksining 533-moddasida nazarda tutilgan asoslar aniqlangan hollarda hukmning ijrosini kechiktirish to\u02bbg\u02bbrisidagi qaror ko\u02bbrsatiladi.<\/p>\n<p>Basharti sudlanuvchiga Jinoyat kodeksining bir necha moddasi bilan ayblov qo\u02bbyilgan bo\u02bblsa, hukmning qaror qismida sudlanuvchi qaysi moddalar bo\u02bbyicha oqlanganligi va qaysi moddalar bo\u02bbyicha hukm qilinganligi ko\u02bbrsatilishi lozim.<\/p>\n<p>Sudlanuvchi jazoni o\u02bbtashdan ozod qilingan bo\u02bblsa, bu haqda hukmning qaror qismida ko\u02bbrsatiladi.<\/p>\n<p>Barcha hollarda tayinlangan jazo shunday ifodalanishi lozimki, toki hukmni ijro etishda sud tayinlagan jazo turi va me\u2019yori xususida hech qanday shubha tug\u02bbilmasin.<\/p>\n<p><strong><span style=\"font-size: revert; color: initial;\">Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari buyicha sudlov hay\u2019ati sudya katta yordamchisi J.Ubaydullayev<\/span><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Sud hujjatlari huquq qo\u02bbllash hujjatlarining muhim bir turi hisoblanadi. Shu bois, unga nisbatan ham huquq qo\u02bbllash hujjatlariga qo\u02bbyilgan talablarning barchasi qaratiladi. Ammo, aynan sud hujjatlariga qo\u02bbyiladigan yana boshqa talablar ham mavjud. Bular mazkur toifa hujjatlarining mazmun va mohiyatidan kelib chiqadi. Sud hujjati doimo muayyan yuridik oqibat vujudga keltiradigan yuridik hujjatdir. Sud qarorida albatta nizoli ish &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19198,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19414"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19414"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19414\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19415,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19414\/revisions\/19415"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/19198"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19414"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19414"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19414"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}