{"id":19338,"date":"2025-01-19T11:05:16","date_gmt":"2025-01-19T08:05:16","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19338"},"modified":"2025-01-19T11:05:18","modified_gmt":"2025-01-19T08:05:18","slug":"maishiy-zoravonlik-uchun-mamuriy-va-jinoiy-javobgarlik-belgilangan-orq-829-sonli-qonuni-mazmun-mohiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19338&lang=kr","title":{"rendered":"Maishiy zo\u2018ravonlik uchun ma\u2019muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan, O\u2018RQ-829-sonli Qonuni mazmun-mohiyati"},"content":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan inson huquqlari va erkinliklarining kafolatisifatida adolatli sud-huquq tizimini shakllantirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda Qonun ustivorligini ta\u2019minlash va qonuniylikni mustaxkamlash borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Sudlovning odilligini ta\u2019minlovchi huquqiy maydon\u2013umuminsoniy qadriyatlar va umume\u2019tirof etilgan huquq andozalariga asoslangan, shaklan va mohiyatan yangi qonunlar qabul qilinmoqda. Ularning asosiga qonuniylik, demokratizm, odillik, insonparvarlik, jinoiy qilmish uchun javobgarlikning muqarrarligi kabi odilona prinsiplar qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda nafaqat qonunchilik sohasida, balki qonunlarni amaliyotda qo\u2018llash, jazo tizimini tubdan qayta ko\u2018rib chiqish sohasida ham jiddiy o\u2018zgarishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan shu tarixan qisqa vaqt mobaynida amalga oshirilgan ishlarning salmog\u2018I beqiyos. Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyati shakllanishida sud islohotlari alohida o\u2018rin tutadi. U davlatimizdagi uch zabardast hokimiyatning biri sifatida, fuqarolarimizning huquqlari, erkinliklari daxlsizligi, qonun oldida barchaning barobarligi, mamlakat manfaati va el faravonligi yo\u2018lida qabul qilinayotgan qonunlar va ijroning Konstitutsiyaga muvofiqligini ta\u2019minlash \u2013 bir so\u2018z bilan aytganda jamiyatda qonun va adolat tamoyillarini barqaror tutish kafolatidir.<\/p>\n<p><strong>Prezident tomonidan 11.04.2023 yildagi \u201cXotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O\u2018zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o\u2018zgartishvaqo\u2018shimchalar kiritish to\u2018g\u2018risida\u201dgi\u00a0<\/strong><a href=\"https:\/\/nrm.uz\/contentf?doc=718617_o%E2%80%98zbekiston_respublikasining_11_04_2023_y_o%E2%80%98rq-829-son_hotin-qizlar_va_bolalar_huquqlari_erkinliklari_hamda_qonuniy_manfaatlarini_ishonchli_himoya_qilish_tizimi_yanada_takomillashtirilishi_munosabati_bilan_o%E2%80%98zbekiston_respublikasining_ayrim_qonun_hujjatlariga_o%E2%80%98zgartish_va_qo%E2%80%98shimchalar_kiritish_to%E2%80%98g%E2%80%98risidagi_qonuni_(qonunchilik_palatasi_tomonidan_23_03_2023_y_qabul_qilingan_senat_tomonidan_06_04_2023_y_maqullangan)&amp;products=1_\"><strong>O\u2018RQ-829<\/strong><\/a><strong>-son Qonun imzolangan.<\/strong><\/p>\n<p>Hujjat bilan xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi huquq va manfaatlarini amalga oshirishni qo\u2018llab-quvvatlash masalalarini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi o\u2018zgartirishlar kiritildi.<\/p>\n<p>Xususan, maishiy (oilaviy) zo\u2018ravonlik uchun javobgarlik belgilandi:<\/p>\n<p>Ma\u2019muriy javobgarlik, maksimal jazo chorasi: BHMning 10 baravaridan<br \/>\n20 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma\u2019muriy qamoq;<\/p>\n<p>Jinoiy javobgarlik, maksimal jazo chorasi: 10 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi. Maishiy zo\u2018ravonlikning og\u2018ir turlari uchun javobgarlik 14 yoshdan belgilandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, quyidagi harakatlar uchun jinoiy javobgarlik belgilandi:<\/p>\n<p>Shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etish (ilgari jabrlanuvchi tariqasida faqat ayol kishi tan olingan, endilikda erkak kishining ham jinsiy erkinligi himoyalanmoqda)<\/p>\n<p>Tazyiqni targ\u2018ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyishetish;<\/p>\n<p>Shaxsning sha\u2019nini va qadr-qimmatini kamsituvchi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvchi ma\u2019lumotlarni oshkor qilish.<\/p>\n<p>Endilikda jinoyatga tayyorgarlik ko\u2018rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu eng ko\u2018p jazoning to\u2018rtdan uch qismidan oshmasligi kerakligi to\u2018g\u2018risidagi qoida quyidagi jinoyatlarga nisbatan xam tatbiq etilmaydi:<\/p>\n<p>O\u2018n sakkiz yoshga to\u2018lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga nisbatan zo\u2018rlikishlatib, jinsiy ehtiyojni g\u2018ayritabiiy usulda qondirish;<\/p>\n<p>O\u2018n olti yoshga to\u2018lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni g\u2018ayritabiiy usulda qondirish;<\/p>\n<p>Voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O\u2018zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, xudi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish;<\/p>\n<p>Voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo\u2018shmachilik qilish, fohishaxonalarni tashkil etish yoki saqlash.<\/p>\n<p>Yuqoridagi jinoyatlar hamda 18 yoshga to\u2018lmagan shaxsni jinsiy aloqada bo\u2018lish yoki jinsiy ehtiyojni g\u2018ayritabiiy usulda qondirish bilan bog\u2018liq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik jinoyatini sodir etgan shaxslarga nisbatan jazoni o\u2018tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish chorasi qo\u2018llanilmaydi.<\/p>\n<p>Quyidagi jinoyatlarga jazo choralari kuchaytirilmoqda:<\/p>\n<p>Ayolni o\u2018 zhomilasini sun\u2019iy ravishda tushirishga majburlashga \u2013 BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlar iyoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi;<\/p>\n<p>Nomusga tegish \u2013 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi;<\/p>\n<p>Quyidagi tarzda nomusga tegish jinoyatini sodir etganlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda:<\/p>\n<p>Nogironlik belgisiga ega ekanligi aybdorga ayon bo\u2018lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan bo\u2018lsa (8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etish);<\/p>\n<p>18 yoshga to\u2018lmagan shaxsga nisbatan\u00a0<em>(ilgari shaxsning 18 yoshga to\u2018lmaganligi aybdorga ayon bo\u2018lgan holda)<\/em>;<\/p>\n<p>Sobiq xotiniga (sobiq eriga), bir ro\u2018zg\u2018or asosida birgalikda yashayotgan shaxsga yoxud umumiy farzandga ega bo\u2018lgan shaxsga nisbatan;<\/p>\n<p>Jabrlanuvchini tarbiyalash, o\u2018qitish va (yoki) unga g\u2018amxo\u2018rlik qilish majburiyatlarini bajarayotgan shaxs tomonidan, shuningdek jabrlanuvchiga qarab turish majburiyatlari qonun bilan zimmasiga yuklatilgan ta\u2019lim, tarbiya, davolash yoki boshqa muassasaning xodimi tomonidan (10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish).<\/p>\n<p>Shuningdek, yuqoridagi holatlarda jinsiy ehtiyojni zo\u2018rlik ishlatib g\u2018ayritabiiy usulda qondirganlik uchun ham jazo choralari kuchaytirilmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, haq to\u2018lanadigan majburiy ishlarga jalb etish ma\u2019muriy jazo chorasi kiritilmoqda. Ushbu turdagi jazo 8 soatdan 240 soatgacha qo\u2018llaniladi. Ushbu jazo quyidagi shaxslarga nisbatan qo\u2018llanilmaydi:<\/p>\n<ul>\n<li>pensiyayoshigayetganshaxslarga;<\/li>\n<li>18 yoshgayetmaganshaxslarga;<\/li>\n<li>Homiladorayollarga;<\/li>\n<li>3 yoshgacha\u00a0 farzandiborayollarga;<\/li>\n<li>I va II guruh nogironligi bor shaxslarga;<\/li>\n<li>Doimiyishgaegashaxslarga;<\/li>\n<li>Harbiyxizmatchilarga<\/li>\n<\/ul>\n<p>Haq to\u2018lanadigan jamoatishlariga jalb etiladigan shaxslar ish haqining ellik foizi aliment majburiyatlari bo\u2018yicha qarzni to\u2018lashga yo\u2018naltiriladi<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarosiga aliment to\u2018lash bo\u2018yicha majburiyatlarga ega bo\u2018lgan chet el fuqarolariga\u00a0 va fuqaroligi bo\u2018lmagan shaxslarga nisbatan O\u2018zbekiston Respublikasi hududidan ma\u2019muriy tarzda chiqarib yuborish qo\u2018llanilmaydiShuningdek, quyidagilar uchun ma\u2019muriy javobgarlik o\u2018rnatilmoqda:<\/p>\n<p>Shahvoniy shilqimlik qilish, ya\u2019ni shaxsga nisbatan uning uchun nomaqbul bo\u2018lgan hamda uning sha\u2019ni va qadr-qimmatini tahqirlaydigan, shaxsning tashqi qiyofasini yoki qaddi-qomatini tavsiflashda, imo-ishora qilishda, teginishda, chaqirishda ifodalangan, shahvoniy xususiyatga ega bo\u2018lgan harakatlarni bir marta qo\u2018polravishda yoki bir necha marta sodir etish (BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha jarima yoki 5 sutkagacha ma\u2019muriy\u00a0 qamoq)<\/p>\n<p>ota-ona yashash joyida vaqtincha bo\u2018lmaganda yoxud ular o\u2018z ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaydigan davr uchun voyaga yetmagan bolalariga vasiy yoki homiy tayinlash bo\u2018yicha majburiyatlarini bajarmasligi uchun (BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima).<\/p>\n<p>Qo\u2018llanilgan jazo chorasidan, sudlanganlik holati tugatilganligidan yoki olib tashlanganligidan hamda o\u2018ziga nisbatan amnistiya yoki afv etish akti qo\u2018llanilganligidan qat\u2019i nazar, qasddan odam o\u2018ldirganlik, o\u2018n sakkiz yoshga to\u2018lmagan shaxsning nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zo\u2018rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g\u2018ayritabiiy usulda qondirganlik, o\u2018n sakkiz yoshga to\u2018lmagan shaxsni jinsiy aloqada bo\u2018lish yoki jinsiy ehtiyojni g\u2018ayritabiiy usulda qondirish bilan bog\u2018liq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, o\u2018n olti yoshga to\u2018lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni g\u2018ayritabiiy usulda qondirganlik yoxud unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish qilish maqsadida O\u2018zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xudi shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo\u2018shmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki saqlaganlik, terrorizm uchun ilgari hukm qilingan shaxslarning ta\u2019lim, tarbiya, bolalar sog\u2018lomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarida ishlashi hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug\u2018ullanishi taqiqlanmoqda.<\/p>\n<p>Endilikda ota-ona 3 oydan ortiq muddatga yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o\u2018z bolasiga vasiy yoki homiy tayinlash choralarini ko\u2018rishi shart.<\/p>\n<p>Ota-ona uch oydan ortiq bo\u2018lmagan muddatga\u00a0 yashash joyidan, shu jumladan, chet davlatga vaqtincha chiqib ketayotganida o\u2018z bolasini qarindoshlarining yoki\u00a0 boshqa yaqin kishilarining vasiyligida yoki homiyligida va nazorati ostida qoldirishi shart.<\/p>\n<p>Ta\u2019qib etish ham tazyiq turiga kiritildi.<\/p>\n<p>Oila va xotin-qizlar qo\u2018mitasi hamda uning xududiy tuzilmalari fuqarolik va ma\u2019muriy sudlarga xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida beriladigan arizalar,\u00a0 shikoyatlar va da\u2019volar kiritganda davlat bojini to\u2018lashdan ozod qilinadi.<\/p>\n<p><strong>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha<\/strong><\/p>\n<p><strong>Sariosiyo tumanlararo sudi raisi\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 M.Nomozov<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mamlakatimizda davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida, shu jumladan inson huquqlari va erkinliklarining kafolatisifatida adolatli sud-huquq tizimini shakllantirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish hamda Qonun ustivorligini ta\u2019minlash va qonuniylikni mustaxkamlash borasidagi islohotlar izchil davom etmoqda. Sudlovning odilligini ta\u2019minlovchi huquqiy maydon\u2013umuminsoniy qadriyatlar va umume\u2019tirof etilgan huquq andozalariga asoslangan, shaklan va mohiyatan yangi qonunlar qabul &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":19339,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[7],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19338"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19338"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19338\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19340,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19338\/revisions\/19340"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/19339"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19338"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19338"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19338"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}