{"id":19007,"date":"2024-11-22T18:55:29","date_gmt":"2024-11-22T15:55:29","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=19007"},"modified":"2024-11-22T19:01:43","modified_gmt":"2024-11-22T16:01:43","slug":"odil-sudlovga-erishishning-imkoniyatlarini-yanada-kengaytirishning-ustuvor-yonalishlari","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=19007","title":{"rendered":"ODIL SUDLOVGA ERISHISHNING IMKONIYATLARINI YANADA KENGAYTIRISHNING USTUVOR YO\u2018NALIShLARI"},"content":{"rendered":"<ol>\n<li>&nbsp;<\/li>\n<\/ol>\n\n\n<p>So\u2018nggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta\u2019minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi. Shu bilan birga \u201cYangi O\u2018zbekiston-yangi sud\u201d tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud-huquq tizimini isloh qilishni jadallashtirishni, sohaga ilg\u2018or xalqaro standartlarni joriy etishni talab etmoqda. 2022-2026-yillarga mo\u2018ljallangan Yangi O\u2018zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq, shuningdek, sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta\u2019minlash, sudlar faoliyati samaradorligi va odil sudlov sifatini oshirish maqsadida, 2023-2026-yillarga mo\u2018ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi tasdiqlangan bo\u2018lib, Strategiya doirasida quyidagilar odil sudlovni ta\u2019minlashning ustuvor vazifalari etib belgilansin. \u201cInson qadri uchun\u201d g\u2018oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo\u2018naltirish, adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo\u2018lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o\u2018zining ishonchli himoyachisini ko\u2018rishiga erishish, fuqarolar hamda tadbirkorlarga o\u2018z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda tortishuv va taraflarning tengligi tamoyillarini to\u2018laqonli ro\u2018yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta\u2019minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish, sudlar faoliyatini to\u2018liq raqamlashtirish, sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma\u2019lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo\u2018yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, sud qarorlarining qat\u2019iy ijrosini ta\u2019minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas\u2019uliyatini oshirish, sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg\u2018otish hamda halqning sudga nisbatan ishonch hisini shakillantirish orqali, 2023-2026-yillarga mo\u2018ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasini amalga oshirish bo\u2018yicha harakatlar dasturi Prezidentning 11-sonli farmoni asosida tasdiqlangan. <\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur farmon yuzasidan tegishli organ rahbarlari shuningdek, mas\u2019ul vazirlik va idoralar rahbarlari Harakatlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning o\u2018z vaqtida va to\u2018liq bajarilishi uchun shaxsan mas\u2019ul etib belgilangan. \u00a0Oliy sud tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi bilan birgalikda jinoyat ishlari bo\u2018yicha sud qarorlari qonuniy, asosli va adolatli qabul qilinganligini tekshirishning fuqarolarga qulay va soddalashtirilgan tartibini yaratish maqsadida quyidagilarni joriy etishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqilgan. <\/p>\n\n\n\n<p>Tumanlararo, tuman, shahar sudlari tomonidan birinchi instansiyada ko\u2018rilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta ko\u2018rib chiqish, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida ko\u2018rilgan ishlarni mazkur sudlarda taftish tartibida qayta ko\u2018rib chiqish, viloyat va unga tenglashtirilgan sudlar tomonidan taftish tartibida ko\u2018rilgan ishlarni Oliy sudning sudlov hay\u2019atlarida taftish tartibida qayta ko\u2018rib chiqish, yuqori instansiya sudlari tomonidan ishni yangidan ko\u2018rish uchun quyi sudlarga yuborish tartibini bekor qilish va ularga ish bo\u2018yicha yakuniy qaror qabul qilish mas\u2019uliyatini yuklash. <\/p>\n\n\n\n<p>Mazkur farmonga asosan tuzilgan strategiyaga 2023-2026-yillarga mo\u2018ljallangan sud tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishning qisqa muddatli strategiyasi (keyingi o\u2018rinlarda \u2014 Strategiya) sud-huquq tizimining jadal isloh qilinishini ta\u2019minlash, shuningdek, aholining odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Strategiya O\u2018zbekiston Respublikasida sud hokimiyatini rivojlantirishning strategik maqsadlari, ustuvor yo\u2018nalishlari hamda istiqbolli vazifalarini belgilaydi, shuningdek, sohaga ilg\u2018or xalqaro standartlarni yanada keng joriy etish uchun asos bo\u2018lib xizmat qiladi.<\/p>\n\n\n\n<ol type=\"1\"><li><strong>Strategiyaning asosiy vazifasi.<\/strong><\/li><\/ol>\n\n\n\n<p>&nbsp;\u201cInson qadri uchun\u201d g\u2018oyasi asosida chinakam adolatli sud tizimini shakllantirish hamda uning faoliyatini xalq manfaati va inson qadr-qimmatini samarali himoya qilishga yo\u2018naltirish, adolatli sud qarorlari qabul qilinishiga erishish orqali xalqning, shu jumladan, tadbirkorlarning sud tizimiga bo\u2018lgan ishonchini mustahkamlash, har bir shaxs sud va sudyalar siymosida o\u2018zining ishonchli himoyachisini ko\u2018rishiga erishish, fuqarolar hamda tadbirkorlarga o\u2018z huquq va qonuniy manfaatlarini sudlarda himoya qila olishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sud ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyillarini to\u2018laqonli ro\u2018yobga chiqarish, sudlarning xolisligini amalda ta\u2019minlashga qaratilgan qonunchilikni takomillashtirish, sudlar faoliyatini to\u2018liq raqamlashtirish, sun\u2019iy intellekt texnologiyalarini joriy etish, idoralararo elektron ma\u2019lumot almashinuvini yaxshilash, sud majlislarida masofadan turib ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirish, sudyalarning mustaqilligi va daxlsizligi kafolatlarini kuchaytirish, sudga hurmatsizlik qilish va sud ishiga aralashish holatlarining oldini olish bo\u2018yicha samarali mexanizmlarni ishlab chiqish, davlat nomidan sud qarorlarini qabul qilayotgan sudlar va sudyalarga, shuningdek, ularning qarorlariga nisbatan har bir fuqaroda, shu jumladan, barcha darajadagi mansabdorlarda hurmat ruhini shakllantirish, sud qarorlarining qat\u2019iy ijrosini ta\u2019minlash, bu borada davlat organlari va mahalliy hokimliklarning mas\u2019uliyatini oshirish choralarini ko\u2018rish, sudyalar va sud xodimlarida yuksak muomala madaniyatini shakllantirish orqali sudga murojaat qilgan har bir fuqaro va tadbirkorda suddan, pirovardida esa davlatdan rozilik hissini uyg\u2018otish.<strong> &nbsp;&nbsp;&nbsp;<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p class=\"has-text-align-left\"><strong>2) Strategiyaning asosiy yo\u2018nalishlari<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Jinoyat, jinoyat-protsessual va jinoyat ijroiya qonunchiligini insonparvarlik tamoyillari asosida takomillashtirish siyosatini izchil davom ettirish. \u201cXabeas korpus\u201d institutini yanada rivojlantirish orqali tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish.<\/p>\n\n\n\n<p>Protsessual qonunchilikda advokatning vakolatlarini, shu jumladan dalillarni to\u2018plash va taqdim etish vakolatlarini kengaytirish.<\/p>\n\n\n\n<p>Nizolarni hal etishning muqobil usullaridan keng foydalanish. Yarashuv institutini qo\u2018llash doirasini yanada kengaytirish. Sud ishlari bo\u2018yicha ayrim toifadagi nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish.<\/p>\n\n\n\n<p>Sud ish yurituvida taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi tamoyilini amalda ta\u2019minlash uchun ta\u2019sirchan mexanizmlarni yaratish.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>3) Odil sudlov sifatini tubdan oshirish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Sud ish yurituvi samaradorligini yanada oshirish choralarini ko\u2018rish. Yuqori sud instansiyalarining sud qarorlarini qayta ko\u2018rish faoliyatida raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, aholi uchun tushunarli va qulay, shuningdek, quyi sud xatolarini o\u2018z vaqtida to\u2018g\u2018rilashga ko\u2018mak beruvchi mexanizmlarni yo\u2018lga qo\u2018yish.<\/p>\n\n\n\n<p>Hududlardagi aholi sonidan kelib chiqib, sudyalik shtat birliklari sonini bosqichma-bosqich oshirib borish.<\/p>\n\n\n\n<p>Sudyalarning ixtisoslashuvi talab etiladigan toifadagi nizolar bo\u2018yicha ixtisoslashtirilgan sudyalar korpusini kengaytirish choralarini ko\u2018rish.<\/p>\n\n\n\n<p>Sud ishlarini ko\u2018rishda yagona sud amaliyotini ta\u2019minlash uchun zarur choralarni ko\u2018rish. Oliy sud Plenumi qarorlariga sharhlarni tayyorlash amaliyotini yo\u2018lga qo\u2018yish.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>4) Sud hokimiyati mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p>Sudyalar faoliyatiga har qanday aralashuvlarga, shu jumladan, davlat idoralari va mansabdor shaxslar aralashuvlariga barham berishning qat\u2019iy choralarini ko\u2018rish, bunday qilmishlar uchun javobgarlikni keskin kuchaytirish.<\/p>\n\n\n\n<p>Sud ishlarini hal etishga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini ta\u2019minlash.<\/p>\n\n\n\n<p>Sudyalar daxlsizligini buzish holatlarida bevosita sudyalar tomonidan o\u2018z vaqtida ta\u2019sirchan choralar ko\u2018rish imkoniyatlarini kengaytirish.<\/p>\n\n\n\n<p>Protsessual tartibga rioya qilgan holda kelib tushgan murojaatlarning protsessual qonunchilik asosida ko\u2018rib chiqilishini ta\u2019minlash.<\/p>\n\n\n\n<p>Sudyalarga odil sudlovni amalga oshirish bilan bog\u2018liq bo\u2018lmagan har qanday vazifalar yuklatilishiga yo\u2018l qo\u2018ymaslik choralarini ko\u2018rish.<\/p>\n\n\n\n<p>Ilg\u2018or xorijiy tajriba asosida sudlarning moliyaviy mustaqilligini to\u2018liq ta\u2019minlash choralarini ko\u2018rish orqali ular faoliyatini moliyalashtirish uchun zarur mablag\u2018larni sudlar tomonidan mustaqil ravishda belgilash mexanizmlarini joriy etish. Bu chora tadbirlarning barchasi provardida odil sudlovni amalga oshirish bilan bir qatorda halqni sudga nisbatan ishonchini hamda qonun va sudga nisbatan xurmat munosabatini shakillantirish, orqali fuqarolarning davlatga nisbatan rozilik hisini uyg\u2018otgan bo\u2018lamiz.<\/p>\n\n\n\n<p><strong>Surxondaryo viloyati ma`muriy sudi<\/strong><\/p>\n\n\n\n<p><strong>sudya katta yordamchisi Sh.Bobomurodov<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>&nbsp; So\u2018nggi yillarda amalga oshirilgan sud-huquq islohotlari sud hokimiyati mustaqilligini hamda sudlar faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta\u2019minlash bilan bir qatorda fuqaro va tadbirkorlarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish imkonini berdi. Shu bilan birga \u201cYangi O\u2018zbekiston-yangi sud\u201d tamoyili doirasida aholining odil sudlovga erishish imkoniyatlarini yanada kengaytirish sud-huquq tizimini isloh qilishni jadallashtirishni, sohaga ilg\u2018or &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":17651,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[15],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19007"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=19007"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19007\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":19012,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/19007\/revisions\/19012"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/17651"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=19007"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=19007"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=19007"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}