{"id":18922,"date":"2024-10-24T20:01:32","date_gmt":"2024-10-24T17:01:32","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=18922"},"modified":"2024-10-24T20:03:45","modified_gmt":"2024-10-24T17:03:45","slug":"tabiat-va-atrof-muhitga-yetkazilgan-zarar-undirildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=18922&lang=kr","title":{"rendered":"Tabiat va atrof-muhitga yetkazilgan zarar undirildi."},"content":{"rendered":"<p>Da\u2019vogar \u00abBMTB\u00bb DAVLAT MUASSASASI da\u2019vo ariza bilan sudga murojaat kilib, unda 2023 yilda davlat muassasasi xodimlari nazorat-kuzatuv ishlarini olib borayotganida, SBZ hech qanday ruxsatnomasiz o\u2018suvchanligini yuqotmagan pista daraxtlarini tag qismidan hamda 3-tup pista daraxtlarini yon shoxlarini shikastlantirishi oqibatida tabiatga 7.920.000 so\u2018m zarar yetkazganligini, ushbu zararni ixtiyoriy ravishda qoplash yuzasidan 2024 yil 02 fevral kuni yuborilgan 01\/07-sonli ogohlantirish xati oqibatsiz qoldirilganligini bildirib, da\u2019vogar \u00abBMTB\u00bb DAVLAT MUASSASASI foydasiga 7.920.000 so\u2018m zararni javobgar hisobidan undirib berishni so\u2018ragan<\/p>\n<p>Sud majlisida javobgar SBZ da\u2019vo talabini qisman tan olib, 850.000 so\u2018m ma\u2019muriy jarimani to\u2018langanligin, oilaviy sharoiti og\u2018ir ekanligini, zararni to\u2018lashga imkoniyati yetmasligini bildirib, qonuniy yengillik berishni so\u2018radi.<\/p>\n<p>\u00a0Aniqlanishicha, 2023 yilda davlat muassasasi xodimlari SBZ hech qanday ruxsatnomasiz o\u2018suvchanligini yuqotmagan to\u2018nka oldi diametrlari 12,13,15 sm.li pista daraxtlarini tag qismidan hamda 3 tup pista daraxtlarining yon shoxlarini shikastlantirib, o\u2018simlik dunyosiga zarar yetkazgan.<\/p>\n<p>Mas\u2019ul xodimlar tomonidan ushbu haqida tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilgan va SBZ dan holat bo\u2018yicha tushuntirish olingan hamda ushbu haqida dalil sifatida fototasvir taqdim etilgan.<\/p>\n<p>\u00abBMTB\u00bb DAVLAT MUASSASASI tomonidan 2023 yil SBZ ga nisbatan 1.700.000 so\u2018m ma\u2019muriy jarima jazosi tayinlangan va jarima jazosi javobgar tomonidan to\u2018langan.<\/p>\n<p>\u00a0Ish hujjatlarida mazkur holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 20 oktabrdagi 290-sonli qarorining 14-ilovasiga asosan hisoblanganda javobgar SBZ ning huquqbuzarligi natijasida o\u2018simlik dunyosiga jami 7.920.000 so\u2018m zarar yetkazilganligi aniqlangan.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasiga ko\u2018ra, davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo\u2018yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi \u201cO\u2018simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to\u2018g\u2018risida\u201dgi qonunning 49-moddasiga ko\u2018ra, yuridik va jismoniy shaxslar o\u2018simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to\u2018g\u2018risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zararni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart.<\/p>\n<p>Javobgar SBZga o\u2018zining g\u2018ayriqonuniy harakati oqibatida tabiatga 7.920.000 so\u2018m miqdorida zarar yetkazgan.<\/p>\n<p>Shu bois sud da\u2019vogar \u00abBMTB\u00bb DAVLAT MUASSASASI ning MFS ga nisbatan yetkazilgan zararni undirish haqidagi da\u2019vosi qanoatlantirilgan hamda javobgar SBZ hisobidan \u00ab\u00abBMTB\u00bb DAVLAT MUASSASASI hisobiga 7.920.000 so\u2018m moddiy zarar va 34.000 so\u2018m pochta xarajati jami 7.954.000 so\u2018m undirilgan.<\/p>\n<p>Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo\u2018lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, keng miqyosdagi ekologik inqirozga yo\u2018l qo\u2018ymaslik insoniyat oldidagi dolzarb vazifalarga aylangan.<\/p>\n<p>Tabiat va inson o\u2018rtasidagi munosabat ma\u2019lum bir qonunlar orqali boshqariladi. ularga rioya qilmaslik ertami, kechmi, albatta ekologik halokatga olib keladi. Tabiatda turlarning rivoji zanjir kabi bir-biri bilan chambarchas bog\u2018langan, ular o\u2018zaro yaxlit ekotizimni tashkil etadi. Hattoki, bir giyoh turining yo\u2018qolishi ham yashil olam muvozanati buzilishiga sabab bo\u2018lishi mumkin.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Fuqarolik ishlari bo\u2018yicha<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>Sariosiyo tumanlararo<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>sudining sudyasi- U.Xudoyqulov<\/strong><\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Da\u2019vogar \u00abBMTB\u00bb DAVLAT MUASSASASI da\u2019vo ariza bilan sudga murojaat kilib, unda 2023 yilda davlat muassasasi xodimlari nazorat-kuzatuv ishlarini olib borayotganida, SBZ hech qanday ruxsatnomasiz o\u2018suvchanligini yuqotmagan pista daraxtlarini tag qismidan hamda 3-tup pista daraxtlarini yon shoxlarini shikastlantirishi oqibatida tabiatga 7.920.000 so\u2018m zarar yetkazganligini, ushbu zararni ixtiyoriy ravishda qoplash yuzasidan 2024 yil 02 fevral kuni yuborilgan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18924,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[31],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18922"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18922"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18922\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18926,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18922\/revisions\/18926"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/18924"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18922"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18922"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18922"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}