{"id":18905,"date":"2024-10-24T17:04:10","date_gmt":"2024-10-24T14:04:10","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=18905"},"modified":"2024-10-24T17:13:35","modified_gmt":"2024-10-24T14:13:35","slug":"oila-munosabatlarini-huquqiy-tartibga-solish-xususiyati","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=18905","title":{"rendered":"Oila munosabatlarini huquqiy tartibga solish xususiyati"},"content":{"rendered":"<p>Oila munosabatlarini huquqiy tartibga solishning xususiyati tartibga solish predmeti bilan bevosita bog\u2018liqdir. Chunki, oila o\u2018z-o\u2018zicha va bevosita bunday tartibga solishning predmeti bo\u2018la olmaydi. Shu sababli davlat faqatgina oilada vujudga keladigan munosabatlarnigina qonun hujjatlari orqali tartibga soladi hamda Oila kodeksida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarning vujudga kelish shartlari va tartibini belgilaydi. Oila munosabatlarini tartibga solishning ta\u2019sir doirasiga quyidagilar kiradi:<\/p>\n<p>&#8212; nikoh tuzish, nikohning tugatilishi (tugashi) va uni haqiqiy emas<\/p>\n<p>deb topish shartlari va tartibi;<\/p>\n<p>&#8212; oila a\u2019zolari: er-xotin, ota-ona va bolalar (farzandlikka oluvchilar va farzandlikka olinganlar) o\u2018rtasidagi, oila to\u2018g\u2018risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va doirada esa qarindoshlar hamda o\u2018zga shaxslar o\u2018rtasidagi shaxsiy nomulkiy va mulkiy munosabatlar;<\/p>\n<p>&#8212; ota-ona qaramog\u2018idan mahrum bo\u2018lgan bolalarni oilaga olish shakl va qoidalarini, fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish tartibi (Oila kodeksining 5-moddasi). Oilaviy-huquqiy tartibga solish obyekti bo\u2018lgan mazkur munosabatlar doirasi qat\u2019iy bo\u2018lib, ularni faqatgina maxsus qonun hujjati qabul qilish yo\u2018li bilan o\u2018zgartirish mumkin.<\/p>\n<p>Oila huquqi subyektlari oila huquq layoqatiga ega bo\u2018lishlari, ya\u2019ni oila qonunchiligida nazarda tutilgan huquqlarga ega bo\u2018lishlari va majburiyatlarni zimmalariga olishlari lozim.<\/p>\n<p>Har bir subyekt muayyan huquqqa ega bo\u2018lish bilan birga, o\u2018z zimmasiga muayyan majburiyatlarni ham oladi. Bunda oilaviy-huquqiy munosabat ishtirokchilaridan biriga muayyan majburiyatning yuklanishi ayni paytda ikkinchi tomonda muayyan huquqni yuzaga keltiradi. Biroq, oila huquqida subyektlar barcha holatlarda ham xulq-atvorni tanlash imkoniyatiga ega bo\u2018lmaydilar, chunki oila huquqida dispozitivlik mavjud emas. Jumladan, oila qonunchiligi erkak va ayolning nikoh ahdi ixtiyoriyligiga asoslanadi (Oila kodeksining 14-moddasi). Biroq nikoh tuzish shartlari va tartibi imperativ normalar bilan belgilangan (13, 15,17-moddalar). Qoidaga ko\u2018ra, er-xotindan birining yoki ikkalasining ixtiyori bilan nikohdan ajratiladi. Biroq, bu holat ham bir qator imperativ ko\u2018rsatmalar bilan cheklanadi. Masalan, xotinining homiladorlik vaqtida va bola tug\u2018ilganidan keyin bir yil mobaynida er xotinining roziligisiz nikohdan ajratish to\u2018g\u2018risida ish qo\u2018zg\u2018atishga haqli emas (Oila kodeksining 39-moddasi). Sud tartibida nikohdan ajratish, agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo\u2018q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi (Oila kodeksining 41-moddasi). Bu holatda sud er-xotinni yarashtirish choralarini ko\u2018radi va nikohdan ajralish to\u2018g\u2018risidagi ishni ko\u2018rib chiqishni keyinga qoldiradi va taraflarga yarashish muddatini belgilaydi (Oila kodeksi 40-moddasining 2-qismi). Amaldagi qonunchilikda bu muddat olti oyni tashkil etadi va mazkur muddat davomida er-xotin sudning nazorati ostida bo\u2018ladi. Oila qonunchiligining nikohning haqiqiy emasligi (Oila kodeksining 49-51-moddalari), er-xotin mol-mulkining qonuniy tartibi (Oila kodeksining 23-28-moddalar) va er-xotinning majburiyatlar yuzasidan javobgarligi (Oila kodeksining 34-35-moddalar) to\u2018g\u2018risidagi normalari ham imperativ tus kasb etadi. Bolalarning nasl-nasabini belgilash imperativ normalar (Oila kodeksining 60-64-moddalari) bilan tartibga solinadi.<\/p>\n<p>Oila huquqining ko\u2018plab normalari xulq-atvorning muayyan holatini belgilaydi va shu orqali oilaviy-huquqiy munosabatlarda subyektlar erk-irodasini cheklaydi. Bir qator holatlarda oila ishlariga sudning, vasiylik va homiylik organlarining, mahallaning aralashishiga yo\u2018l qo\u2018yiladiki, bu holatlar xulq-atvor turini tanlash erkinligini cheklaydi. Ayrim oilaviy huquqlar esa bir vaqtning o\u2018zida mazkur munosabat ishtirokchilarining majburiyatlari ham hisoblanadi. Masalan, ota-onalar farzandlarini tarbiyalash huquq va majburiyatiga ega (Oila kodeksining 73-moddasi).<\/p>\n<p>Umumiy ma\u2019noda, oila huquqining metodini imperativ tusga ega, deb tavsiflash mumkin. Biroq bu holat oila huquqida dispozitiv, ya\u2019ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining o\u2018z xulq-atvorini o\u2018zi belgilashiga imkon beruvchi normalar mavjudligini inkor etmaydi. Zamonaviy oila qonunchiligining rivojlanishida dispozitiv me\u2019yorlarning ko\u2018payishi kuzatilmoqda. Jumladan, nikoh shartnomasi, aliment to\u2018lash to\u2018g\u2018risidagi kelishuvlar tuzish imkoniyati paydo bo\u2018ldi.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em><strong>Surxondaryo viloyat sudi sudiya<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em><strong>katta yordamchishi<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><em><strong>J.X.Primov<\/strong><\/em><\/p>\n<p>\u00a0<\/p>\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Oila munosabatlarini huquqiy tartibga solishning xususiyati tartibga solish predmeti bilan bevosita bog\u2018liqdir. Chunki, oila o\u2018z-o\u2018zicha va bevosita bunday tartibga solishning predmeti bo\u2018la olmaydi. Shu sababli davlat faqatgina oilada vujudga keladigan munosabatlarnigina qonun hujjatlari orqali tartibga soladi hamda Oila kodeksida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarning vujudga kelish shartlari va tartibini belgilaydi. Oila munosabatlarini tartibga solishning ta\u2019sir &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18909,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18905"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18905"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18905\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18910,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18905\/revisions\/18910"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/18909"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18905"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18905"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18905"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}