{"id":18805,"date":"2024-09-27T17:10:13","date_gmt":"2024-09-27T14:10:13","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=18805"},"modified":"2024-09-27T17:10:15","modified_gmt":"2024-09-27T14:10:15","slug":"xalqaro-shartnomaning-shakli","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=18805","title":{"rendered":"Xalqaro shartnomaning shakli"},"content":{"rendered":"<p>Xalqaro huquqda majburiy tusdagi <em>xalqaro shartnoma shakli<\/em> belgilanmagan.<\/p>\n<p>Yuqorida ta\u2019kidlanganidek, xalqaro shartnoma turlicha nomlanishi mumkin, lekin bu uning yuridik kuchiga ta\u2019sir etmaydi. Uning eng keng tarqalgan nomlari quyidagilar: shartnoma, bitim, konventsiya, protokol, pakt, ustav, deklaratsiya.<\/p>\n<p><em>Izoh<\/em> (ogovorka) xalqaro shartnoma tuzish jarayonida izoh beruvchi davlatga nisbatan shartnomaning alohida qoidalari harakatini o\u2019zgartirish yoki bekor qilish maqsadida, shu davlatning bir tomonlama tartibda beradigan bayonoti, demakdir. <em>Izoh shartnomaning maqsad va printsiplariga zid bo\u2019lmasligi va uning asosiy mazmunini o\u2019zgartirib yubormasligi kerak.<\/em> Izoh ratifikatsiya qilish, tasdiqlash va qo\u2019shilish davrida beriladi. Izoh berilishiga yo\u2019l qo\u2019ymaydigan, masalan,<br \/>\nMDH mamlakatlari Iqtisodiy ittifoqini tuzish to\u2019g\u2019risidagi shartnoma kabi shartnomalar ham ko\u2019pchilikni tashkil etadi. Izoh bergan davlat uni istalgan paytda bekor qilishi mumkin.<\/p>\n<p>Agar ishtirokchilarning muayyan qismi, shuningdek shartnomaning maqsad va printsiplari uni barcha ishtirokchilarning yalpi ravishda qabul qilishini talab etsa,<br \/>\nu holda shartnomaga izohlarni ham barcha ishtirokchilar tomonidan qabul qilinishi taqozo etiladi. Boshqa hollarda ishtirokchilardan muayyan qismining izohga nisbatan bildirgan e\u2019tirozlari izoh bergan davlatning shartnomada ishtirok etishiga monelik qilmaydi. Bir yil davomida izohga nisbatan e\u2019tiroz bildirilmasa, uni ishtirokchi qabul qilgan hisoblanadi. Xalqaro tashkilotning ta\u2019sis hujjatiga bildiradigan izohni tegishli davlatning qabul qilishi joizdir.<\/p>\n<p>Izohning yuridik oqibatlari shartnomaga uni tuzgan tomonlar va qabul qilgan tomonlar o\u2019rtasidagi munosabatlarga daxldor o\u2019zgartirishlar kiritishdan iboratdir. Agar ayrim tomonlar izoh beruvchi davlat bilan o\u2019zaro munosabatlariga daxldor izohlarga e\u2019tiroz bildirsa, u holda bunday qoida qabul qilinmaydi. Izoh boshqa ishtirokchilar o\u2019rtasidagi munosabatlarning o\u2019zgarishiga olib kelmaydi.<\/p>\n<p>Izohdan tashqari, davlatlar xalqaro shartnomaga <em>bayonot<\/em> ham berishi mumkinki, bu bilan tegishli davlat shartnomadagi u yoki bu qoidaga o\u2019z nuqtai nazarini bildiradi. Shu bois, aksariyat hollarda ular <em>talqin qiluvchi bayonotlar<\/em> deb ham ataladi. Izohlardan farqli o\u2019laroq, bayonotlar xalqaro shartnoma mazmunini o\u2019zgartirmaydi va unga boshqa ishtirokchilar roziligi talab etilmaydi. U faqat xalqaro shartnomani tayyorlagan davlatgagina majburiyat yuklaydi.<\/p>\n<p><em>Xalqaro shartnomalarga qo\u2019shilish<\/em> boshqa davlatlar o\u2019rtasida tuzilgan shartnomaning majburiyligiga rozilik to\u2019g\u2019risidagi akt sanaladi. Qo\u2019shilish imkoniyati shartnomada ko\u2019zda tutiladi yoki uning ishtirokchilari o\u2019rtasida kelishib olinadi. Qoidaga ko\u2019ra, qo\u2019shilishni ham ratifikatsiya qilish yoki tasdiqlash bilan shug\u2019ullanadigan organlar tomonidan amalga oshiradi.<\/p>\n<p>Vena konventsiyasi og\u2019zaki shartnomalarning yuridik kuchini inkor etmasada, lekin faqat yozma shartnomalarga taalluqli hisoblanadi. \u00abO\u2019zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to\u2019g\u2019risida\u00bbgi qonun ham xuddi shu maqsadga qaratilgandir.<\/p>\n<p>Xalqaro shartnomaning alohida shakli &#8212; ayni mazmundagi <em>notalar almashish<\/em> yo\u2019li bilan o\u2019zaro kelishuvdir.<\/p>\n<p><strong>&nbsp;Surxondaryo viloyat sudi sudyasi <\/strong><\/p>\n<p><strong>I.Abrayev<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalqaro huquqda majburiy tusdagi xalqaro shartnoma shakli belgilanmagan. Yuqorida ta\u2019kidlanganidek, xalqaro shartnoma turlicha nomlanishi mumkin, lekin bu uning yuridik kuchiga ta\u2019sir etmaydi. Uning eng keng tarqalgan nomlari quyidagilar: shartnoma, bitim, konventsiya, protokol, pakt, ustav, deklaratsiya. Izoh (ogovorka) xalqaro shartnoma tuzish jarayonida izoh beruvchi davlatga nisbatan shartnomaning alohida qoidalari harakatini o\u2019zgartirish yoki bekor qilish maqsadida, shu &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18806,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[15],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18805"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18805"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18805\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18807,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18805\/revisions\/18807"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=\/wp\/v2\/media\/18806"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18805"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18805"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz\/index.php?rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18805"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}