{"id":18653,"date":"2024-08-26T16:02:51","date_gmt":"2024-08-26T13:02:51","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=18653"},"modified":"2024-08-26T16:02:54","modified_gmt":"2024-08-26T13:02:54","slug":"xalqaro-huquqda-bepul-yuridik-yordam-va-advokatura","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=18653&lang=kr","title":{"rendered":"Xalqaro huquqda bepul yuridik yordam va advokatura"},"content":{"rendered":"<p>Inson huquqlari bilan bog\u2019liq qator xalqaro hujjatlar insonning yuridik yordam, shu jumladan, bepul yuridik yordam olishga bo\u2019lgan huquqlarini nazarda tutadi.<\/p>\n<p>Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 11-moddasida jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson uchun himoyaning barcha imkoniyatlari ta\u2019minlanishi mustahkamlangan.<\/p>\n<p>Fuqarolik va siyosiy huquqlar to\u2019g\u2019risidagi xalqaro paktda \u201chuquqiy himoya vositalari berilganda, nufuzli hokimiyatlar buni qo\u2019llashni ta\u2019minlasinlar\u201d (2-modda), \u201cjinoiy kilmishda ayblanayotgan har bir kishi&#8230; agar himoyachisi bo\u2019lmasa, unga ega bo\u2019lish huquqi borligi haqida habardor qilinishi; odil sudlov manfaatlari talab qilgan har qanday hollarda unga tayinlangan himoyachiga ega bo\u2019lish, ushbu himoyachiga to\u2019lash uchun yetarli mablag\u2019i bo\u2019lmagan barcha hollarda uning uchun himoyachini tekin berish\u201d (14 modda)\u00a0 lozimligi ko\u2019rsatilgan.<\/p>\n<p>Irqiy kamsitishning barcha shakllarini tugatish to\u2019g\u2019risida xalqaro konvensiyada (1966 y.) inson huquqlari va asosiy erkinliklariga, shuningdek huquqlariga qasd qilinganda irqiy kamsitishning har qanday harakatlari sodir etilgan holda Konvensiya ishtirokchisi bo\u2019lgan davlatlar o\u2019zining yuridik huquqi tarqatiladigan har bir odamga vakolatli milliy sudlar va boshqa davlat institutlari orqali samarali himoya vositalarini ta\u2019minlash majburiyati nazarda tutilgan (6-modda).<\/p>\n<p>Bola huquqlari to\u2019g\u2019risida Konvensiyaga (1989 y.) ko\u2019ra ishtirokchi-davlatlar jinoyat qonunlarini buzgan deb hisoblanayotgan yoki ayblanayotgan har bir bolaga o\u2019zining himoyasini tayyorlash va amalga oshirishda huquqiy va boshqa yordam olishini ta\u2019minlashlari kerak.<\/p>\n<p>Yuristlarning roliga oid asosiy prinsiplar (1990 y., Gavana) hukumatlar qambag\u2019al va boshqa nochor odamlarga yuridik yordam ko\u2019rsatish uchun zarur moliyaviy va boshqa resurslarni ta\u2019minlashi lozimligini, advokatlarning kasbiy assotsiatsiyalari bunday yuridik yordam ko\u2019rsatishni tashkil etish va zarur sharoitlar yaratish uchun huqumat bilan hamkorlik qilishi kerakligini nazarda tutadi.<\/p>\n<p>Asosiy prinsiplar aholini qonunga ko\u2019ra asosiy erkinliklarni himoya qilishda advokatlarning roli va ahamiyati haqida xabardor qilishga yo\u2019naltirilgan dasturlar ishlab chiqish va amalga oshirishga hukumat va advokatlarning kasbiy assotsiatsiyalari mas\u2019ul ekanligini belgilaydi. Bu maqsadlarda o\u2019z huquqlarini o\u2019zlari himoya qilaolmaydigan va advokatning yordamiga muhtoj, kambag\u2019al va boshqa nochor odamlarga alohida e\u2019tibor qaratilishi talab etiladi.<\/p>\n<p>BMT Bosh Assambleyasining 76-yalpi majlisida 1988 yil 9-dekabrda Nyu-York shahrida qabul qilingan Qanday shaklda bo\u2019lmasin ushlab turilgan yoki qamoqqa olingan barcha\u00a0 shaxslarni himoya qilish prinsiplari majmuasi (17-prinsip)\u00a0 ushlab turilgan shaxs advokatdan yuridik yordam olish huquqiga ega ekanligini, o\u2019zi tanlagan advokati bo\u2019lmasa, sud yoki boshqa organ tomonidan tayinlangan advokat xizmatidan, yetarli mablag\u2019i bo\u2019lmasa, bepul foydalanish huquqiga ega ekanligini nazarda tutadi.<\/p>\n<p>Yuqorida keltirilgan va boshqa bir qator inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlar tahliliga asoslangan holda bepul yuridik xizmat ko\u2019rsatish \u2013 bu aholini qonun hujjatlari haqida xabardor qilish va alohida toifadagi fuqarolarga ulardan haq olmasdan yuridik yordam ko\u2019rsatishdir degan xulosaga kelish mumkin.<\/p>\n<p>Xalqaro huquqiy hujjatlarda bepul yuridik yordam ko\u2019rsatishga oid quyidagi muhim holatlar mustahkamlangan:<\/p>\n<p>tayinlash tartibida himoyachining bepul yordamidan foydalanish huquqiga ega bo\u2019lgan shaxslar doirasi belgilangan, bular qatoriga kambag\u2019al va boshqa nochor ahvoldagi shaxslar kiradi;<\/p>\n<p>ko\u2019rsatilgan shaxslarga bepul yuridik yordam uchun davlatning yetarli darajada moliyaviy va boshqa resurslar ajratish bo\u2019yicha majburiyatlari belgilangan;<\/p>\n<p>davlat va advokatlarning kasbiy assotsiatsiyalarining aholini fuqarolarning huquq va majburiyatlari, shu jumladan, bepul yuridik yordamga bo\u2019lgan huquq to\u2019g\u2019risida xabardor qilishga oid dasturlarni amalga oshirishga yo\u2019naltirilgan dasturlarga ko\u2019maklashish majburiyati;<\/p>\n<p>tayinlash tartibida huquqiy yordam ko\u2019rsatuvchi advokatlarning zarur malaka va tajribaga ega bo\u2019lishiga oid talablar,<\/p>\n<p>bepul huquqiy yordam olishda advokatning xizmatidan foydalanish tartib-tamoyillari, masalan, yuridik yordam uchun mustaqil haq to\u2019lash uchun yetarli mablag\u2019lari yo\u2019qligini asoslash majburiyatini nazarda tutuvchi normalar.<\/p>\n<p>Xalqaro huquqiy hujjatlar nafaqat ma\u2019lum holatlarda bepul yuridik yordam ko\u2019rsatilishini, balki bu yordamni ko\u2019rsatgan advokatning mehnati davlat tomonidan ajratilgan mablag\u2019lar hisobidan haq to\u2019lanishini nazarda tutadi.<\/p>\n<p>Jahon amaliyotida bepul yuridik yordam ko\u2019rsatishning asosan 6 ta modeli shakllangan. Ularga 1.advokatning tayinlash tartibida ishlashi, 2.jamoatchi yoki davlat advokatlari idorasi, 3.kontrakt tizimi, 4.JUDICARE tizimi, 5.pro bono modeli, 6.yuridik klinikalar.<\/p>\n<p>Jamoatchi yoki davlat advokatlari idorasi tizimida huquqiy xizmat shtatida kambag\u2019allarga yuridik yordam ko\u2019rsatadigan, qancha ishda qatnashganligidan qat\u2019i nazar davlatdan maosh oladigan advokatlar bo\u2019lgan advokatlik tuzilmalari tomonidan ko\u2019rsatiladi.<\/p>\n<p>Kontrakt tizimida odatda mahalliy davlat hokimiyati organlari kambag\u2019al yoki boshqa nochor odamlarga yuridik yordam ko\u2019rsatish to\u2019g\u2019risida advokatlar tuzilmalari, ba\u2019zan esa bevosita advokat bilan shartnoma tuzadi.<\/p>\n<p>Judicare tizimida ma\u2019lum toifadagi fuqarolarini bepul yuridik yordamga bo\u2019lgan huquqi belgilanadi va bunda advokatlarga ko\u2019rsatilgan yuridik yordam uchun haq davlat tomonidan to\u2019lanadi. Judicare tizimida asosiy maqsad protsessda ishtirok etayotgan kam ta\u2019minlangan fuqaroning ikkinchi (qarshi) taraf bilan tengligini ta\u2019minlashdir.<\/p>\n<p>Pro bono tizimida kambag\u2019al va juda kam ta\u2019minlanganlarga yuridik yordam yuristlar va xususiy amaliyot bilan shug\u2019ullanuvchi advokatlar tomonidan ko\u2019rsatiladi.<\/p>\n<p>Yuridik klinikalar odatda oliy o\u2019quv yurtlari huzurida tashkil etilib, fuqaroning qaysi ijtimoiy qatlamga tegishliligidan qat\u2019i nazar yuridik yordam bepul ko\u2019rsatiladi.<\/p>\n<p>Bepul yuridik yordam ko\u2019rsatishning qaysi biri joriy qilinishi yoki ularning aralash shakli qo\u2019llanilishi har bir davlat qonunchiligining o\u2019ziga xos xususiyatlari, bepul yuridik yordam tizimining rivojlanish darajasi, aholining huquqiy madaniyati va daromadi darajasi, jinoyatchilik darajasi va turlarining tarqalishi, davlatning moliyaviy imkoniyatlari va boshqa bir qator omillarga bog\u2019liq.<\/p>\n<p>Maqolada internet manbalaridan foydalanildi.<\/p>\n<p><strong>Surxondaryo viloyat sudi JIB<\/strong><\/p>\n<p><strong>sudlov hay\u2019ati sudya katta yordamchisi\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0\u00a0 J.Mamataliyev<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Inson huquqlari bilan bog\u2019liq qator xalqaro hujjatlar insonning yuridik yordam, shu jumladan, bepul yuridik yordam olishga bo\u2019lgan huquqlarini nazarda tutadi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 11-moddasida jinoyat sodir etganlikda ayblangan har bir inson uchun himoyaning barcha imkoniyatlari ta\u2019minlanishi mustahkamlangan. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to\u2019g\u2019risidagi xalqaro paktda \u201chuquqiy himoya vositalari berilganda, nufuzli hokimiyatlar buni qo\u2019llashni ta\u2019minlasinlar\u201d (2-modda), &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18654,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[8],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18653"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18653"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18653\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18655,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18653\/revisions\/18655"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/18654"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18653"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18653"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18653"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}