{"id":18458,"date":"2024-07-20T12:56:36","date_gmt":"2024-07-20T09:56:36","guid":{"rendered":"https:\/\/nor.uz\/?p=18458"},"modified":"2024-07-20T13:03:40","modified_gmt":"2024-07-20T10:03:40","slug":"farzandlikka-olish-tushunchasi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/nor.uz\/?p=18458&lang=kr","title":{"rendered":"Farzandlikka olish tushunchasi"},"content":{"rendered":"<p>Farzandlikka olish tarixan uzoq vaqtlardan ma\u2019lum bo`lib, ko`p asrlik tarixiy rivojlanish bosqichini bosib o`tgan. Ijtimoiy vazifalari katta bo`lgan mazkur huquqiy institut qadimgi Gretsiyada, qadimgi Bobil va Rimda shuningdek, Movarounnahrda ham mavjud bo`lgan. Har bir tarixiy davrda o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turgan.<\/p>\n<p>Farzandlikka olishning ikkita usuli qo`llanilgan. Birinchi usul arrogatio, ya\u2019ni status familiae ega bo`lgan shaxs farzandlikka olingan va ikkinchisi, adoptio bo`lib bunda farzandlikka olinuvchi begona huquqqa tegishli bo`lgan. Farzandlikka olishning birinchi shakli arrogatio &#8212; bu xalq yig`inida farzandlikka oluvchi va farzandlikka olinuvchi ishtirokida ommaviy ravishda amalga oshirilgan. O`z fuqarosini farzandlikka olishni xohlovchi rimliklar bu haqida xalq yig`inida ma\u2019lum qilgan va uning sanksiyasi ushbu maqsad uchun yetarli sanalgan.<\/p>\n<p>Ikkinchi usul-adoptio esa, 12 jadval qonunlari asosida uch marotaba emansipatsiya qilish orqali amalga oshirilgan va bu oila boshlig`i almashganligini anglatgan. Bunday usulda farzandlikka olish avvalgi oila bilan qon-qarindoshlikning uzilishiga va farzandlikka oluvchi bilan qon-qarindoshlik aloqalarining vujudga kelishiga olib kelgan.<\/p>\n<p>Musulmon huquqida farzandlikka qabul qilishning asosiy sababi voqe\u2019lik nuqtayi nazaridan asoslanadi. Bunda, birinchidan, nasl-nasabi begona bolani oilaga qabul qilib mahram bo`lmagan ayollarning mahramligi belgilanmagan; ikkinchidan, farzandlikka olish siri mavjud bo`lmagan; uchinchidan, ota-ona qaramog`idan mahrum bo`lgan bolani asrab olish, uni tarbiyalash va voyaga yetkazish juda mas\u2019uliyatli vazifa bo`lib, uddasidan chiqa olmaslik holatlari ham inobatga olingan.<\/p>\n<p>Farzandlikka olish huquqiy instituti insoniyat tarixiy rivojlanishi bilan birga rivojlanib borgan. Farzandlikka olish oila muhitini yaratishga intilish sifatida ayrim oilalarga muayyan imkoniyat, rag`bat, meros olish va boshqa imkoniyatlarga ega bo`lish huquqini bergan.<\/p>\n<p>Farzandlikka olishdan asosiy maqsad u yoki bu sababga ko`ra o`z ota-onasi bag`rida o`sish imkoniyatiga ega bo`lmagan voyaga yetmagan bolalarni oila muhitida tarbiyalash imkonini bersa, boshqa tomondan farzandlikka oluvchilarga ota-onalik huquq va majburiyatlariga ega bo`lish imkonini beradi.<\/p>\n<p>Odatda, har qanday bola oilada dunyoga keladi, tarbiyalanadi va voyaga yetadi. Biroq hayotda shunday holatlar ham uchrab turadiki, natijada bolalar o`z ota-onalarining qaramog`idan mahrum bo`lib qolishadi. Ushbu holatlarni shartli ravishda obyektiv va subyektiv sabablarga ajratish mumkin. Masalan, obyektiv sabablarga: ota-onaning o`limi, ularning og`ir kasallikka chalinishi, turli xil baxtsiz hodisalar, muomala layoqatini yo`qotishi, favqulodda vaziyatlarda (tabiiy ofatlarda, harbiy harakatlar jarayonida) bolani yo`qotib qo`yishi va h.k. larni ko`rsatib o`tish mumkin.<\/p>\n<p>Bolalarning o`z ota-onalari qaramog`idan mahrum bo`lishining subyektiv sabablari, odatda, ota-onalarning o`z bolalariga nisbatan g`ayri-huquqiy xulq-atvorda bo`lishi bilan bog`liq.<\/p>\n<p>Masalan, bolalar bilan shafqatsiz munosabatda bo`lish (jismoniy kuch ishlatish, do`pposlash, qiynash va h.k.); ota-onalarning tug`ruqxonalardan, tarbiya va boshqa muassasalardan bolalarni olishdan voz kechishi; bolalarni jamoat joylarida yoki begona shaxslarga qoldirishi; bolalarni uyda zarur oziq-ovqatsiz, dori-darmonsiz qoldirishi; farzandiga kiyim-kechak, maktab anjomlari olib berishni xohlamasliklari va h.k.larda ifodalanishi mumkin.<\/p>\n<p>O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining 1998-yil 11-sentabrdagi \u201cBolalar tarbiyasi bilan bog`liq bo`lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo`llash amaliyoti to`g`risida\u201dgi 23-sonli Plenum qarori1da ko`rsatilishicha, bolalar boshqa shaxslar tomonidan farzandlikka olingan va farzandlikka olish bekor qilinmagan yoki haqiqiy emas deb topilmagan bo`lsa, ota-onalik huquqini tiklashga yo`l qo`yilmaydi.<\/p>\n<p>Farzandlikka olishda bo`lajak ota-ona uchun oilaviy-huquqiy munosabat avvaldan mavjud bo`ladi. Ya\u2019ni, ularning o`zaro nikohda bo`lishi oilaviy munosabat vujudga kelganligidan dalolat beradi. Farzandlikka olish natijasida bola uchun yangidan oilaviy-huquqiy munosabat vujudga keladi, xuddi oilada yangidan farzand dunyoga kelgani kabi farzandlikka oluvchi ota-onaga qonun tomonidan bir qator huquq va majburiyatlar beriladi.<\/p>\n<p>Surxondaryo viloyat sudi<\/p>\n<p>sudya katta yordamchisi J.X.Primov<\/p>\n<p><\/p>\n<p><\/p>\n\n\n<p><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Farzandlikka olish tarixan uzoq vaqtlardan ma\u2019lum bo`lib, ko`p asrlik tarixiy rivojlanish bosqichini bosib o`tgan. Ijtimoiy vazifalari katta bo`lgan mazkur huquqiy institut qadimgi Gretsiyada, qadimgi Bobil va Rimda shuningdek, Movarounnahrda ham mavjud bo`lgan. Har bir tarixiy davrda o`ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turgan. Farzandlikka olishning ikkita usuli qo`llanilgan. Birinchi usul arrogatio, ya\u2019ni status familiae ega bo`lgan &hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":18461,"comment_status":"open","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":[],"categories":[9],"tags":[],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18458"}],"collection":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcomments&post=18458"}],"version-history":[{"count":2,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18458\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":18463,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/posts\/18458\/revisions\/18463"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=\/wp\/v2\/media\/18461"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fmedia&parent=18458"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Fcategories&post=18458"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/nor.uz?lang=kr%2Findex.php&rest_route=%2Fwp%2Fv2%2Ftags&post=18458"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}